Kogon tuman YXKM boshlig'i tomonidan PQ-1-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan o`tkazilgan huquqiy targ`ibot tadbiri
O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati mas’ullarga batafsil tushuntirildi hamda ushbu mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun ma’muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro’yxatdan o’tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo’yicha xulosa ijroga qaratilishi, “mahalla yettiligi” va ko’maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanishi, har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o’rnatilishi bo`yicha tushuntirish berildi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoniga asosan joylarda aholi tomonidan ko`tarilayotgan dolzarb muammolarni ko`rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda "Adliya kuni" tadbirlarini o`tkazishi, hamda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko`rsatib borishi, shuningdek, uyma-uy yurish va "Huquqiy ko`mak" aksiyalarini o`tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlashi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida mahalla xodimlariga ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko’nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o’quv kurslari tashkil etilishi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.