May 16, 2025

Asuka's evil

Yolg'onlaring zulmatingdanda qorong'uroq men uchun..

Asuka's evil

3-BOB

Sen men anglamagan yolg'on haqiqatimsan ~

3 - Etaj balkonidan itarib yuborilgan yoshi taxminiy men qatori qizning jasadini qanday olib ketishayotganini ko'rganimda joyimda tosh qotdim..Qo'llarim qo'rquvdan titrar ekan u qizning qoni hali hamon o'sha yerda sovumagan edi..Uni bagajga shunchaki buyumni otishgandek otishdi..Qolganiga qaray olmay yerga qarar ekanman qo'limda sezgan katta kaftlar meni o'ziga qarashiga majbur qildi..

-Oilamga xush kelibsan..!!! -Jk go'yo meni mazax qilgandek gapirar ekan bu oilada yagona psix Jk emasligi turgan gap edi..

-Xaa aytgancha amakim ham biz bilan yashaydi..Uni aytishni unutibman..! Qo'rqma qo'rqsang bu yerdagilar seni etingdan tortib suyagingacha g'ajib tashlaydi..Orqangda men bor ekanman seni hech kim tegmasligi aniq..Ammo men yo'g'imda o'zingni himoya qila olishing kerak..!

Eshikdan kirib kelar ekanmiz kechlik ustiga chiqanimizni angladim..Katta dasturxon boshida 5 kishi bir birini yeyishga tayyor xolatda ovqatlanar ekan ularni bir-birini yomon ko'rishini ko'zlaridan anglash mushkul ish emasdi..


-Seningcha ular meni qanday kutib olishdi..? -Jkga qarab gapirar ekanman u hattokib pastda ham biron marta rangiz va bo'shliq ifodalagan yuzini o'zgartirmadi..U har doim shunday xotirjam va bu meni asabimni buzayapti..

-Ularga yoqmading ~ Jk bu so'zni shunchalar silliq va oson aytdiki beixtiyor "Nima ? " so'zi lablarim orasidan chiqdi..

-Sen ularga yoqmading , ayniqsa onam va amakimga !

-Endi nima qilaman? -Jk rolex soatini yechish barobarida menga qarar ekan ustidagi oq ko'fta tugmalarini ham yechishni boshladi..

-Asuka ! Senga kichkinagina maslahat beraman! Yashash uchun hamma kurashadi..Kichkinagina quyonchalardan tortib sendek quyon yuraklargacha..! Bu yer sen uchun jang maydonidan farqi nimada bilasanmi?

Jang maydonida dushman qarshingda bo'ladi va sen uni qaysi payt xujum qilishini bilasan..! Ammo bu yerda unday emas.. Hattoki 1 daqiqadan so'ng ham marhuma Jeon xonimga aylanishing mumkin ! Seni kim va qachon qanday o'ldirishi aniq emas..Balki men o'ldirarman seni ammo shuni anglab ol bu yerda shunchaki meni o'z qurolingga aylantr..Mendan qochma ! Men tomon bo'l shunda sen bu o'yinda yutasan !

Uning gaplarini xazm qilib ulgurmay bo'g'zimga nimadir tiqildi..Demak bu uyda u eng yaxshi inson..~

U menga tikilib turar ekan xonaga bostirib kirgan ayol bizni suxbatimizni bo'ldi..U Jkning onasi men kelishimga katta syurpriz bilan kutib olgan o'sha mashxur ayol !

-Oyii endi keliningiz ham bu xonada yashaydi ! Sizdan iltimosim va talabim eshikni keyingi safar taqillatib kiring ! -Jk qatiy gapirar ekan bu xotining sovuqligi va menga boshdan oyoq qarab jirkanishi meni g'ashimga tegishni boshladi..

-Yoqsachi ? Nima o'z uyimdagi xonaga ham taqillatib kiramanmi? -Ayol past ketmay gapirar ekan Jkning qo'llari qo'llarimni ushlaganini sezdim..U men tomon boshini burdi va bexayo oxangda..

-Agar shunday kiraversangiz nevarani olib kelolmaymiz deb qo'rqaman oyijon~

Uning gaplaridan qizarib nigoximni qaynonamga tikar ekanman u gapirishga gap topolmay shaxdam qadamlar bilan xonadan chiqib ketar ekan endi meni yanayam yomon ko'rishi aniq edi..

-Nega unday deding..? Endi mendan aniq nafratlanadi..

-Uni nafratlanmaydigan odami yo'q sen birinchisi ham oxirgisi ham bo'lmaysan..!!!

Jkning yuziga qarar ekanman u javongga ishora qildi

-Kiyimlar u yerda dushga kirib chiq tozalan !

-Nima..? -U nima demoqchiligini chunib yutinar ekanman u oldimga bir qadam tashladi

-Men bolam suniy yo'l bilan bo'lish fikridan qaytdim ! Men tabiiy yo'llarni ham sinab ko'rmoqchiman !

Uning gapidan tanam o'sha yerda muzladi..Bu xona bu uy va bu odamlarning orasiga qanday qo'shilib qoldim men o'zi..?

@vinslandiya kanali uchun #vinsent tomonidan yozildi !

Davomi uzun uzun fikrila va ko'pgina kamentlardan so'ng!