Ex marriage | KNJ
Yarim Final | Writer Vanessa Pentagon
Ular ovqatlana boshlashdi soʻngra birga idishlarni yuvishdi va birga kino koʻrishga qaror qilishdi
Vanessa: balki horror yoki Detective
Vanessa: balki.... aslini olganda bilmayman
Taehyung: unda men tanlay qolaman hozir qarab koʻray qanday kinolar bor ekan
Taehyung telefonini olib sekin qanday kino koʻrsak ekan deya oʻylay boshladi
Biroz qidirgandan song oziga kerakli kinoni topdi
Soʻngra televizordan kinoni qoʻydi soʻngra sekin kino ham boshlandi
Taehyung va Vanessa sekin divanga joylashib birga koʻra boshlashdi kino ham ajoyib edi ham detective ham melodrama
Bosh roldagi yigit sevgan qizini dugonasini oʻldiradi soʻngra qiz ham qotilni qidira boshlaydi
Vanessa yigʻlab koʻrar edi chunki yigit qizni bemalol aldab yurar edi qiz ham sevgani uchun unga ishonar edi
Koreyada yana bir osoyishtalik bilan qarshi olingan tong...
Odamlar ishlariga oʻqishlariga yana kimdir mashgʻulotlariga juda shoshilgancha harakatta edi
Soat millari 9:25ni koʻrsatar ekan Selvyna koʻzlarini ochdi javonda turgan soatga qarar ekan soat allaqachon tong oʻtganini eʼlon qilardi
Selvynam sekin astalik bilan koʻzlarini ishqalab oʻrnidan turdi va sekin yuvinish xonasiga kirib ketti birozdan song ishdan yengil suv oqayotgan tovush eshtila boshladi
Selvynam suv tagida turar ekan kecha boʻlgan voqealarni tahlil qilar edi hayollarida Jungkook Namjoonga hech nima qilmasinda degan gaplar aylanar edi
Yuvinish xonasidan chiqqan Selvynam toʻgʻri oshxonaga bordi va oʻzi uchun kofe qilib yotoqxona ayvonidan Seoul shahrini kuzata boshladi
Seoul.. bir paytning oʻzida dunyodagi eng rivojlangan va eng oʻlim soni koʻp qayt etilgan shaharlardan biri boʻlib doim ziddiyat kuchliligi hisobiga odamlar oyiga qanchadir emas balki kuniga olim koʻrsatkichi oshib borayotganini bilib ham raqobatta yengilmaslik hayot kurashlarida shaxtam boʻlish uchun yaxshi yashash och qolmaslik ayrim ehtiyojlar uchun ham doim ishga boʻlardilar
Selvyna ham doim harakatta chunki u advokat doim qandaydir qingʻir ishlar boʻlishini bilar lekin jinoyatchilarni ham oqlab turar edi
Selvyna yoshligidan doim adolat uchun kurashaman derdi ammo adolat? Shunchaki hamma oʻz manfaatlarini ustun qoʻygan zamoning eng katta va ishonarli ertaklaridan biri edi
Selvyna doim nega degan savol bilan ish boshlar edi kimnidir oʻgʻli odam oʻldirgan boʻlsada ozodlikda yana kimdir boylarni oʻrniga qamoqqa kirgani uchun ham pul oladi
Hayot juda qiziq shunday emasmi seni sevaman degan inson aslida oʻz manfaatlarini koʻzlab ularga erishish yoʻlida sendan foydalanayotgan bolishi ham mumkin balki shu tufayli Koreyada turmush qurish yoshi juda ham yuqorilab ketgan
Ayrim Osiyo mamlakatlarida bu yosh 18-22 yosh oraligʻi bolsa bu paytga Koreya xalqi hali ham oʻzini topa olmagan boladi toʻgʻri hammasi ham unday emas kimdir boylikni otadan meros qilib olgan yana kimdir esa shunchaki unga erishish uchun doim harakatta
Shunday hayollar bilan selvyna qahvasini ham ichib yakunladi va kiyinib ishga ketish uchun tayorlandi
Selvyna lifttan chiqib mashinasiga oʻtirdi rulni ushlagancha hayoli yana Namjoonga nimadir boʻlmasa ekan deya oʻyladi soʻngra oshxonaga emas Namjoonni ishxonasiga yoʻl oldi
Ertalabki sokinlik oʻrniga allaqachon mashina ovozlari tirbandlik dagi mashina signallari ovozi egallagan edi Selvyna ham biroz tirbandlikda turgancha Seluldagi markaziy koʻchadan oʻtib ketar ekan katta reklama manitorida katta xabar yangrar edi
Jurnalist kursida oʻtirgancha jiddiy yuz bilan maʼlumotlarni taqdim qilar edi
Selvyna mashinada musiqa ovozlarini baland qoʻygani tufayli deyarli xabar eshitilmas edi ammo birdan jurnalist qiz yonida Namjoonni rasmi paydo boʻldi va Selvyna tezda musiqa toʻxtatar ekan jurnalistga quloq soldi
Jurnalist: Kim oilasining toʻngʻich farzandi Kim Namjoon sodir etgan jinoyatlari va inson huquqlariga qarshi qilgan harakatlari uchun javobgarlikka tortish boʻyicha qamoqqa olinmoqda lekin hali ham uni aybdor ekani aniq maʼlumotlar va dalillar bilan isbotlanmagan boʻlsa-da vaqtinchalik qamoqqa olinganligi bayon qilindi
Selvyna bu gaplarni eshitar ekan quloqlariga chiyillash paydo boʻldi soʻngra yoʻnalishni tezda oʻzgartirib katta tezlik bilan mahkamaga keldi
Qoʻriqchilar Namjoon bilan korishtira olmasligini u soʻroq qilinayotgani aytishsada Selvyna hech tinmas takror va takror uni yaqini ekani haqida aytar edi
Birozdan song mahkamada Namjoonni advokati paydo boʻldi va hech qanday toʻsiqlar siz Namjoonni oldiga kirib ketti biroz vaqt oʻtgach Namjoon qoʻli kishanlangan holda tergov xonasidan chiqdi uni Koʻrgan Selvyna qilgan ishlariga toʻliq pushaymon boʻldi qandaydir nega buni qildim degan savol miyasida aylana boshladi
Namjoon advokati bilan suxbatini yakunlab Selvynaga yaqinlashdi va yuzlarini qoʻllari bilan noqulay boʻlsada ushladi
Namjoon: bu yerda nima qilyapsan
Selvyna: yangiliklarda koʻrdim
Namjoon: allaqachon tarqalib kettim jin ursin
Selvyna: ha shunday bu safar ishlar jiddiymi
Namjoon: biroz meni omborxonam va boshqalarni ham topishibdi ammo yigitlar hammasini yashirishga ulgurishgan ekan
Namjoon: bari bir sudiya sotib olingan
Selvyna hafsalasi pir boʻlganda Namjoonni qoʻllarini siltab tashladi
Namjoon: tezroq chiqsam yoningga boraman gaplashamiz balki...
Selvyna: men yoningga kelib turaman hoʻpmi
Namjoon sekin jilmaydi va sekin egildi Selvyna ham oylab oʻtirmasdan uni oʻpib qoʻydi
Namjoon tushunkiramay qarab turar ekan orqadan ikkita palitsiyachi kelib uni vaqtinchalik kameraga olish ketishardi
Namjoon: buni ham sababini oʻshanda boʻlib olaman
Selvynani kozlari yoshlandi Namjoon eshikdan kameraga kirib ketar ekan Selvyna ham mahkamani tark etti
Maxkamadan chiqgach Selvyna toʻgʻri ishxonasiga bordi va tanishlari orqalari Namjoonga qoʻyilgan ayblovlarni uxlab chiqdi agar bular isbotlansa kamida 15yilga ketishini oʻylab nima va qanday his qilishini ham bilmadi
Pov_Selvyna
Negadir doim uni qonun jihattan javob berishini juda hohlaganman lekin hozir xato qilganimni tushundim
Selvyna Jungkookka qoʻngʻiroq qildi
Jungkook: salom Selvyna nima gap
Selvyna: boya Namjoonni oldiga bordim u Sudiyani sotib olganini aytti
Jungkook: nima boʻlishini istaysan? Qamalmasligi aniq qanday qilib jazolay?
Selvyna oʻylanib qoldi Jungkookni gapida jon bor edi lekin Delvyn yana Namjoonga nimadir boʻlishidan juda qoʻrqib qolgan edi
Selvyna: bilmadim ammo oʻlmasin men usiz yashay olmayman Jungkook
Selvyna oxiri tan oldi necha oy Dan beri yashirib kelgan siri hali ham Namjoonga koʻngli bor edi
Jungkook shunday degancha qoʻngʻiroqni yakunladi Selvyna ham biroz yengil tortdi ammo koʻnglidagi notinchlik hali ham yoʻqolmagan edi
Jungkook Selvynani gaplarini eshitib albatta jahl otiga mindi soʻngra qandaydir odam topib Namjoonni oʻrniga qamalishini taʼminladi
Kutilgani kabi Namjoon oqlanib Jungkook topgan odam oʻrniga qamoqqa yuborildi bu juda oddiy hol edi
Selvyna Namjoonni kutib olish uchun sudga kirdi song chiqargach u bilan quchoqlashdi
Namjoon: yaxshiman senchi yaxshimisan?
Ular birga tushlik qilish uchun kichik kafega borishdi soʻng Selvyna sogʻinganini ham sevishini ham tan olishga qaror qildi
Selvyna: bilasanmi biz haqimizda juda koʻp oʻyladim ammo men sizsiz yashay olmasligimni tushundim balki rostan ham munosabatlarimizga yana bir imkon berib koʻrishimiz kerak
Namjoon bu gapdan juda ham Hursand boʻldi va soʻngra u bilan uzoq vaqt gaplashishdi soʻngra birdan Selvyna Jungkookka Namjoonni qaynatishda yordam berganini tan olib yubordi
Selvyna: aslida seni qoʻymoqqa olinishiga men yordam bergan edim
Namjoon bu gapni eshitgach birdan jiddiylashdi va Selvynani ozidan itarishni boshladi ular mashinada suxbatlashishga bu bois
Author: kafedan soʻng mashinada boʻlishgan mazza bosa kk a mashinada birga hohlagan joyiga borishadi uzoqlarga tezlikni oshirib mayli fanficga qaytamiz
Namjoon mashinani tezlik bilan Selvyna yashaydigan koʻp qavatli bino yoniga haydadi Selvyna ham endi gapirish katta janjalga olib kelishini boʻldi va ortiq gapirmadi
Namjoon: ertaga gaplashamiz hozir uyingga kir va meni sogʻinib tur ertaga qanchalik sogʻinganingni isbotlaysan
Namjoon shunday degancha Selvyna mashinadan tushgach tezda Jungkookka qoʻngʻiroq qildi
Jungkook: oʻzi shu qoʻngʻiroqni kutib turgan edim
Namjoon: gaplashib olishimiz kk nimalar qilib yuribsan sen it emgan meni xotinim bilan a?
Jungkook: manzilni joʻnataman osha yerga kel
Namjoon qoʻngʻiroqni yakunladi va kelgan sms boʻyicha manzil tomon yoʻl oldi
2 hafta davomida Vanessa va Taehyung ideal oila boʻlib yashashdi Canada da yetarlicha dam olishdi ammo Namjoon bilan boʻlgan hodisa yana takrorlanishi mumkinligi va kampnaiy qarovsiz qolishi mumkinligi uchun ular Koreyaga qaytishga majbur boʻlishdi
Vanessa bunga albatta rozi emas edi u tarafda qaytgach Taehyung yana oʻzgarib qolishi mumkinligi haqida oʻyladi chunki oʻzini davlati pul va tanishlar bisyor edi
Taehyung esa bu fikrda emas aslini olganda qaytib yana bu baxtli oila kabi yashashni davom etmoqchi edi akasi yana qandaydir ishga aralashib qolsa imperiyani oʻzi davom etishi kerakligini faxmlab shaxsiy samolyotda yana Koreyaga tomon uchishdi
Samolyot atmosferasi juda ajoyib yon tomonda bulutlar ajoyib Abu havo edi bir necha soatlar davomida davom etgan parvoz Inha Aeroportiga muvaffaqiyatli tarzda qoʻndi soʻngra juftlik oʻz uylariga qaytishdi
Ularni Janob Kim va Kim xonim kutib olishdi Kim xonim bu safar oʻzgargan edi qandaydir iliq momila qilar edi lekin Vanessa buni juda katta maʼnoda qabul qilmadi chunki doim uyni erkaklari oldida Kim xonim shunday edi mehribon rahmdil huddi mexri joʻshqin onalar kabi edi ammo yolgʻiz qolganda eng qiynalgan ham Vanessa edi