Transcendent Love | KTH
Vanessa hech nima demadi.
Faqat Taehyungga bir necha soniya qarab turdi.
Ko‘zlari hali ham aralash edi. Ishonchsizlik, charchoq, qo‘rquv.
Taehyung asta yaqinroq keldi. Bu safar tegmadi.
Taehyung: kechagi ish uchun o‘zimni oqlamayman.
Vanessa kulimsiradi, lekin achchiq edi.
Vanessa: lekin baribir oqlayapsan.
Xona jim bo‘lib qoldi. Tashqarida mashinalar ovozi eshitilib turardi. Oddiy tong. Go‘yo hech nima bo‘lmagandek.
Vanessa karavot chetiga o‘tirib oldi.
Vanessa: men seni boshqacha deb o‘ylagandim.
Taehyung: men ham o‘zimni boshqacha deb o‘ylagandim.
Taehyungning yuzida odatdagi masxara yo‘q edi bu safar. Juda jiddiy ko‘rinardi.
Yaxshi aktyor edi. Juda yaxshi.
Taehyung: seni ishlatmoqchi bo‘lganimda bunchalik qiynalmasdim.
Vanessa yuragi tez urib ketganini sezdi.
Nega bilmaydi, lekin bu gap ta’sir qildi.
Vanessa: sen har doim shunaqa gapirasanmi?
Taehyung: yo‘q. Odatda odamlar bilan bunchalik ovora bo‘lmayman.
Vanessa ko‘zlarini olib qochdi.
Taehyung esa uni kuzatishda davom etdi.
Ichida esa boshqa gaplar aylanardi.
“Yaqinlash.”
“Ishontir.”
“Uylan.”
Otasi ovozi miyaga mix bo‘lib kirib qolgan edi.
Lekin yuzida buni bilib bo‘lmasdi.
Taehyung: hozir ketmoqchimisan?
Taehyung: boshingda ogʻriq ham hali o‘tmagan.
Vanessa beixtiyor kulib yubordi.
G‘alati tomoni, bu safar u qadar og‘ir emasdi.
Taehyung stol ustidagi kofeni olib unga uzatdi.
Taehyung: ichib ol. Yuzing oqarib ketgan.
Vanessa stakanni oldi. Qo‘llari hali ham biroz titrardi.
Taehyung buni sezdi, lekin indamadi.
Vanessa: kecha aytgan gaplaring rostmidi?
Taehyung bir soniya ham ikkilanmadi.
Va eng yomoni, Vanessa bunga ishonishni xohlab qolgandi.
Vanessa kofeni asta stolga qo‘ydi.
Taehyung deraza yonida turar, vaqti-vaqti bilan unga qarab qo‘yardi.
Vanessa: men odatda bunaqa emasman.
Vanessa: bir kechada birovga ishonadigan qiz emasman.
Taehyung: sen odamlarni devordan narida ushlaysan.
Vanessa indamadi. Chunki bu to‘g‘ri edi.
Bir necha soniya sukut bo‘ldi.
Keyin Taehyung telefonini olib kimlargadir yozdi.
Taehyung: yo‘q. Haydovchiga yozdim.
Vanessa: meni haydab yuborishga shoshilyapsanmi?
Taehyung: qol desam qolasanmi?
Yuragi yana g‘alati urib ketdi. Asabiylashtiradigan tomoni esa shu edi. Taehyung nimadir desa, ta’sir qilardi.
Bu safar oradagi masofa juda yaqin edi.
Taehyung: kecha aytgan gapim rost edi.
Taehyung ko‘zini undan uzmadi.
Vanessa: odamlarni shunday ilintirasanmi?
Vanessa beixtiyor yana kulib yubordi.
Taehyung ichida esa boshqa narsa o‘ylardi.
Vanessa kulsa, unga yaqinlashish osonlashardi.
Ishonishi kerak edi. Juda qattiq ishonishi kerak edi.
Chunki oxirida nikoh bo‘lishi kerak.
Va Taehyung yutishi kerak edi.
Lekin negadir hozir bu o‘yin avvalgidek qiziq tuyulmayotgandi.
Vanessa: seni yomon odam deb o‘ylashim kerak.
Vanessa bir soniya jim qoldi. Keyin ko‘zini chetga olib qochdi.
Vanessa: men kechikkan bo‘lsam-chi?
Taehyung bu savolga darrov javob bermadi. Odatdagidek ishonchli ko‘rinishga urindi, lekin ichida biroz to‘xtab qoldi.
Taehyung: unda men ham kechikaman.
Taehyung yelkasini qisdi. Oddiy, deya ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
Taehyung: hamma narsa kech bo‘lgan bo‘lsa ham, ba’zi narsalar baribir davom etadi.
Vanessa kulimsiradi, lekin bu kulgi to‘liq emas edi.
Vanessa: sen juda oson gapirasan.
Taehyung: oson emas. faqat o‘rganib qolganman.
Xonada yana jimlik tushdi. Tashqarida mashina signallari, uzoqdan shahar shovqini eshitilib turardi. Ichkarida esa hamma narsa sekinlashgandek edi.
Vanessa sekin o‘rnidan turdi. Boshini biroz ushlab turdi, hali ham to‘liq o‘ziga kelmagan.
Vanessa: men o‘zim ketaman dedim.
Taehyung unga to‘liq qaradi. Bu safar to‘xtatishga urinmadi.
Vanessa biroz hayron bo‘ldi. U qarshilik kutgandi.
Taehyung: seni ushlab qolishim kerak emas.
Bu gap Vanessani bir lahza jim qilib qo‘ydi.
U eshik tomon yurdi. To‘xtab, ortiga o‘girildi.
Vanessa: kecha nima bo‘lganini eslay olmayman.
Bu javob juda tez keldi. Juda silliq.
Vanessa: g‘alati odam ekansan.
Vanessa endi ortiq gapirmadi. Eshikni ochib chiqib ketdi.
Eshik yopilgach, xona yana jim bo‘lib qoldi.
Taehyung bir necha soniya o‘sha joyga qarab turdi.
Keyin sekin telefonini oldi. Ekranga tikilib qoldi.
“hammasi shu yo‘nalishda ketmoqda. davom et.”
Taehyung ekran yorug‘ligiga qarab turdi.
Yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi.
Lekin ichida bir fikr aniq bo‘lib borardi:
Vanessa buni bilmasligi kerak. hali erta.
Vanessa eshikni yopib chiqib ketdi.
Koridorda bir lahza to‘xtab qoldi. Nafasi hali ham to‘liq joyiga tushmagan edi. Miyasi esa kechagi va bugungi gaplarni aralashtirib yuborardi.
“Men seni sevaman.” “Men senga tegmayman.” “Eslolmayman ham.”
Hamma narsa bir-biriga yopishib ketgan, lekin hech biri aniq emas.
U chuqur nafas oldi va lift tugmasini bosdi.
Yuqorida, penthaus ichida Taehyung eshik yonida qoldi.
Bir necha soniya harakat qilmadi.
Telefonini oldi. Ekran yorishdi.
“Davom et. Hissiyot aralashsa ham to‘xtama.”
Lekin ichida o‘zgargan narsa bor edi. Juda kichik. Juda xavfli.
Vanessa esa pastda lift ichida turardi.
O‘zi ham o‘zini tanimayotgandek edi.
Lift pastga tushardi. Har bir qavat bilan hammasi yanada og‘irlashayotgandek.
Shahar yana oldiga keldi. Oddiy, shovqinli, tirik.