Transcendent Love | KTH
Taehyung ularni allaqachon payqagan edi. Nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vanessa tomon qadaldi.
So‘ng u lab chetida yengil kulib, to‘g‘ri ularning stoliga qarab yurdi.
Adriano buni ko‘rib biroz qoshlarini chimirdi.
Adriano: menimcha, bu tinch kechki ovqat bo‘lmaydi.
Vanessa: hech qachon bo‘lmagan.
Taehyung stol yoniga kelib to‘xtadi.
Taehyung: qiziqarli. bu yerda ham uchrashdikmi.
Adriano sovuqqonlik bilan unga qaradi.
Taehyung nigohini undan uzmay, lekin javobni Vanessa orqali berdi.
Vanessa orqaga suyanib, sovuq ohangda gapirdi.
Taehyung: baribir o‘zimni tanishtiraman. Kim Taehyung.
Ular qisqa, sovuq qarash almashishdi.
Havo birdan og‘irlashgandek bo‘ldi.
Taehyung yana Vanessa tomon egildi, ovozini biroz pasaytirib.
Taehyung: bugun juda tinchsan. ertalab boshqacharoq eding.
Vanessa: sen bilan gaplashish niyatim yo‘q.
U bir soniya jim qoldi, keyin ataylab atrofga qaradi.
Taehyung: yaxshi joy tanlabsan. lekin kompaniya...
Adriano bu gapdan keyin jilmaydi, lekin bu kulgi sovuq edi.
Adriano: o‘zingiznikidan yomon emas, menimcha.
Ikki erkak o‘rtasida ko‘rinmas chiziq tortilgandek edi.
Vanessa charchagan ohangda gapni kesdi.
Vanessa: yetar. bu yer ish joyi emas.
Taehyung unga yana bir qarab qo‘ydi.
U to‘g‘ri turib, ketishga o‘girildi. Bir necha qadamdan so‘ng to‘xtadi.
Orqasiga qarab:
Taehyung: kechki ovqatdan keyin zeriksang... raqamim senda bor.
Adriano: unda men seni undan uzoqroq tutaman.
Vanessa unga qarab, bir oz yumshadi.
Vanessa: kechikding, allaqachon ichidaman.
Restorandan chiqишganida kech allaqachon shaharni yutib bo‘lgandi. Ko‘chadagi chiroqlar ostida hammasi tinch ko‘rinar, lekin ular orasidagi vaziyat buning aksi edi.
Adriano mashinasi yonida to‘xtab, eshikni ochdi.
Adriano: seni uyga olib boraman.
Vanessa: kerak emas. o‘zim qaytaman.
Vanessa: bugun yolg‘iz bo‘lishni xohlayman.
Adriano kulib yubordi, lekin bu kulgi sovuq edi.
Adriano: yolg‘izmi… yoki kimdandir qochyapsanmi?
Adriano bir qadam yaqinlashdi.
Adriano: 5 yil yoningda yurdim. bir marta ham ochiq gapirmading.
Vanessa: men hech qachon va’da bermaganman.
Adriano: sen o‘zingni juda yuqori qo‘yasan!
Vanessa: men faqat chegaramni bilaman.
Adriano: yo‘q, sen odamlarni ishlatasan.
Adriano: yo‘q, yetmaydi! bugun hamma narsa aniq bo‘ladi!
U qo‘lini ko‘tardi — go‘yo tarsaki tushirmoqchi.
Vanessa ko‘zlarini qisdi, lekin ortga chekinmadi.
Sokin, lekin keskin ovoz eshitildi.
Taehyung biroz narida turardi. Qachon kelgani ham bilinmagan.
Vanessa: menga himoya kerak emas.
Taehyung unga bir qarab qo‘ydi.
Taehyung: senga emas. unga kerak.
Adriano: sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan?
Taehyung yaqin kelib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaradi.
Taehyung: men odatda oxirgi ogohlantirishni bermayman.
Adriano qo‘lini sekin tushirdi, lekin nigohi hanuz keskin edi.
Bu safar Adriano unga qaradi, lekin gap topolmadi.
U orqasiga o‘girilib, mashinasiga o‘tirdi va tezlik bilan ketdi.
Vanessa chuqur nafas oldi, lekin darhol o‘zini yig‘di.
Vanessa: senga aytdim. aralashma.
Vanessa: bu senga o‘yin bo‘lishi mumkin. menga emas.
Taehyung unga yaqinlashdi, lekin bu safar masofani saqladi.
Taehyung: lekin baribir men paydo bo‘ldim.
Vanessa: bu sening odating shekilli.
Taehyung: sen ham tez o‘rganayapsan.
Taehyung: bugun uchun yetar. haydovching kelyapti.
Taehyung: men bilishni xohlagan narsani bilaman.
Vanessa ko‘zlarini olib qochdi.
Vanessa: bu meni qo‘rqitmaydi.
Uzoqdan mashina chiroqlari ko‘rindi.
Vanessa hech narsa demay o‘sha tomonga yurdi.
Taehyung esa joyida turib qoldi.
U ketayotganini kuzatib, past ovozda dedi:
Vanessa eshitdimi-yo‘qmi, noma’lum.
Taehyung Vanessa ortidan qarab turdi. Haydovchi hali kelmagan edi. U biroz o‘ylanib, keyin sokin gapirdi.
Taehyung: men bilan ichmaysanmi?
Vanessa to‘xtadi, orqasiga o‘girildi.
Taehyung: hamkor bo‘lganimizni nishonlaymiz. majburiy.
Vanessa kulimsiradi, lekin bu kulgi charchoq bilan aralash edi.
Vanessa: majburiy bo‘lsa… mayli.
Bir necha daqiqadan so‘ng ular kichik do‘kondan chiqishdi. Taehyung qo‘lida paket — ichida bir nechta soju.
Vanessa: sen buni har doim qilasanmi?
Taehyung: yo‘q. faqat zerikkanimda.
Vanessa: demak bugun zerikding.
Ular mashinaga o‘tirmadi. Piyoda yurishdi. Shahar shovqini asta ortda qoldi. Sohil tomonga burilishdi. Dengiz hidi, salqin shamol.
Vanessa: bu joyni yomon ko‘rmayman.
Taehyung: men esa odamlar kam joylarni yaxshi ko‘raman.
Ular sohil bo‘yidagi skameykaga o‘tirishdi. Taehyung paketni ochib, bir shishani uzatdi.
Taehyung: nihoyat to‘g‘ri gap.
.
.
.
Birinchi shisha tez tugadi. Keyingisi ham.
Gaplar asta-sekin yengillashdi. Ohanglar o‘zgardi.
Vanessa kuldi. Rostdan kuldi — kun davomida birinchi marta.
Taehyung unga qarab turdi, lekin bu safar masxara qilmay.
Vanessa shishani qo‘lida aylantirib o‘tirardi.
Vanessa: bilasanmi… men bunday bo‘lmaganman.
Taehyung javob bermadi. Faqat eshitdi.
Vanessa: yetimxonada… hammasi oddiy edi.
Taehyungning nigohi o‘zgardi. U diqqat bilan qaradi.
Vanessa kulimsiradi, lekin ko‘zlari boshqacha edi.
Vanessa: meni “Vanessam” derdi.
Vanessa: hammaga ketadi. lekin u… qaytaman degandi.
Shamol kuchaydi. Sochlari yuziga tushdi.
Vanessa: men esa ahmoqdek kutdim.
Vanessa boshini orqaga tashlab, kuldi.
Vanessa: uni hali ham eslayman.
Taehyungning qo‘llari sekin qisildi, lekin yuzida o‘zgarish yo‘q.
Vanessa: qiziq tomoni… yuzini aniq eslolmayman. faqat hissini.
Vanessa boshini yoniga egdi, biroz mast, biroz charchagan.
Vanessa: senchi? senga kimdir kerak bo‘lganmi?
Taehyung bir soniya o‘ylanib qoldi.
Taehyung kuldi, lekin bu kulgi chuqur emas edi.
Shamol, dengiz shovqini, yarim bo‘sh shishalar.
Lekin bu jimlik og‘ir emas edi
Dengiz shovqini fon bo‘lib turardi. Shamol biroz kuchaygan, lekin ular joyidan qimirlamadi.
Vanessa qo‘lidagi shishani pastga qo‘ydi.
Vanessa: bilasanmi… men odamlarni tez ishonmayman.
Taehyung yon tomonga qarab turardi.
Vanessa: sezilsa ham baribir urinib ko‘rishadi.
Taehyung biroz o‘ylanib qoldi.
Taehyung: men umuman urinmayman.
Vanessa: qiziq… unda nega men bilan o‘tiribsan?
Taehyung: o‘zim ham bilmayman.
Bir necha soniya ular bir-biriga qarab qolishdi.
Vanessa: demak men istisnoman?
Taehyung: hali erta bunday deyishga.
Vanessa: baribir ehtiyot bo‘lishing kerak. men oson odam emasman.
Vanessa: ba’zida hammasini tashlab ketgim keladi.
Taehyung: seni hech kim ushlab turmayapti.
Vanessa: yo‘q… ushlab turishadi. faqat ular odam emas.
Vanessa: mas’uliyat. qarz. o‘tmish.
Taehyung: o‘tmishni odamlar o‘zi qo‘yib yubormaydi.
Vanessa: yoki qo‘yib yuborolmaydi.
Taehyung: yo‘q. men shunchaki gapirmayman.
Vanessa biroz jim qoldi, keyin past ovozda:
Vanessa: yillar davomida… bir kun keladi deb.
Vanessa kuldi, lekin bu kulgi achchiq edi.
Vanessa: agar kelganida, men bu yerda o‘tirgan bo‘lmasdim.
Taehyung: agar hozir kelsa-chi?
Vanessa bir oz o‘ylanib qoldi.
Vanessa: chunki men endi o‘sha qiz emasman.
Taehyung: balki u ham o‘zgargandir.
Vanessa: odamlar o‘zgaradi. lekin bergan va’dalari o‘zgarmaydi.
Vanessa: senchi? hech kimga va’da berganmisan?
Taehyung bir necha soniya jim turdi.
Taehyung nigohini dengizga qaratdi.
Vanessa: demak sen ham yomon odamsan.
Taehyung: buni yangi bildingmi?
Vanessa: yo‘q. lekin o‘zing tan olganing qiziq.
Bu safar jimlik noqulay emas edi.
Vanessa: baribir… bugun yaxshi bo‘ldi.
Vanessa: yo‘q. gaplashganimiz uchun.
Shamol biroz pasaydi. Dengiz tovushi esa tinmay davom etardi.
Vanessa tizzalarini quchoqlab, yon tomonga qaradi.
Vanessa: seni tushunish qiyin.
Vanessa: sen.
Qanday odam ekaning.
Vanessa darhol javob qaytardi.
Vanessa: sen… odamlarni uzoq tutasan. lekin o‘zing yaqinlashasan.
Vanessa: yo‘q. faqat kuzataman.
Vanessa: lekin baribir eshitishni xohlaysan.
Vanessa yengil nafas chiqardi.
Vanessa: sen kimnidir yo‘qotgansan.
Bu gapdan keyin havo biroz og‘irlashdi.
Taehyung nigohini chetga oldi.
Taehyung: hammamiz yo‘qotganmiz.
Vanessa: lekin hamma bunday bo‘lib qolmaydi.
Taehyung bir necha soniya jim turdi.
Vanessa: demak to‘g‘ri topdim.
Vanessa: yo‘q…
(Biroz toʻxtab)
tushunmoqchiman.
Taehyung kuldi, lekin bu kulgi sovuq emasdi bu safar.
Taehyung: meni tushunib bo‘lmaydi.
Vanessa: men ham oson emasman.
Vanessa biroz yaqinroq o‘tirdi, lekin masofani saqladi.
Taehyungning yuzi yana jiddiylashdi.
Vanessa: “bor” deganing yaxshi degani emas.
Taehyung: otam bilan… munosabat murakkab.
Taehyung: u uchun odamlar — vosita.
Taehyung bir oz o‘ylanib qoldi.
Taehyung: men ham shunaqa bo‘lib qoldim.
Vanessa: chunki sen bu yerda o‘tiribsan.
Taehyung bu safar o‘zi savol berdi.
Taehyung: sen-chi?
Nega hammani uzoq tutasan?
Vanessa: chunki yaqin bo‘lganlar ketadi.
Vanessa: men ko‘rganlarim — ketganlar.
Taehyung: balki kimdir qolishni xohlagandir.
Vanessa ko‘zlarini yumdi bir lahza.
Vanessa: g‘alati…
Bugun seni yomon ko‘rishim kerak edi.
Vanessa: lekin hozir unday emas.
Shamol salqinlashib, kecha chuqurlashgan edi. Stol ustida bo‘shagan shishalar yotardi.
Vanessa qo‘lini peshonasiga qo‘ydi.
Taehyung unga qaradi, bu safar jiddiy.
Taehyung: men o‘rganib ketganman.
Vanessa yana bir shishani oldi, lekin qo‘llari biroz bo‘shashgan edi. Qopqog‘ini ochishga urinib, sekin kuldi.
Vanessa: qara… oddiy narsani ham qila olmayapman.
Taehyung shishani uning qo‘lidan oldi.
U qopqog‘ini ochib, unga uzatdi.
U bir necha yutdi. So‘ng ko‘zlarini qisdi.
Vanessa: g‘alati… juda tez ta’sir qilyapti.
U asta yon tomonga og‘di. Muvozanatini yo‘qotay dedi.
Taehyung darhol uni ushlab qoldi.
Vanessa uning yelkasiga suyandi. Ovozi pasaygan.
Vanessa: men… uxlab qolsam kerak.
Vanessa qarshilik ko‘rsatmadi. Ko‘zlari sekin yumildi.
Bir necha soniya ichida u butunlay tinchib qoldi.
Taehyung: juda ishonuvchansan.
U asta Vanessa sochlarini chetga surdi, yuziga qaradi.
Taehyung: yoki shunchaki charchagansan.
Taehyung chuqur nafas oldi, keyin ehtiyotkorlik bilan uni ko‘tarib oldi.