September 17

Qopqon 2-qism

Bu gaplarni eshitganimdan so'ng tanam qotib qoldi ichimda qattiq qo'rquv paydo bo'ldi,

qo'llarim qaltiragan xolda shoshilib eshik tutquchiga yopishdim men tutquchni tortgan paytimda u barmog'i bilan tugmaga bosib eshikni qulflagandi

" Kimsan nega bunday qilyapsan? Menga nima qilmoqchisan o'zi! "

Qo'rquv to'la titragan ovozim bilan baland ovozda shunday dedim

Va shu zaxotiyoq o'zimni yo'qotdim bo'ynimda qattiq og'riqni xis qildim xuddi igna sayilgandek edi, u meni bo'ynimga igna sanchdi! Bu xushdan ketkizuvchi ukol bo'lsa kerak

Oxirgi ko'rgan narsam uni jilmayyotgan lablari edi..

.........

Ko'zimni ochganimda yumshoq devanda ustim yopilga xolda yotgandim, boshim biroz aylanardi ko'zlarimni pirpiratib qo'lim bilan boshimni ushlab o'tirdim kegin esa barchasi esimga tushdi atrofga xavotirlik nigoxlarim bilan qaradim

Men qandaydir uyda keng xonada edim menimcha bu yotoqxona bo'lsa kerak bunchalik katta xonani ko'rmagandim devandan turib atrofni kuzatdim xona boy insonga tegishlik ekanligi bilinardi juda did bilan bezatilgan klasik stilda edi

" Shoshma noxotki men boyagi erkakni uyida bo'lsam ?! "

Qo'rquv bilan ortim shoshilib ortimga qaradim va u yerda ko'rgan narsam badanimni uyushtirib yubordi spalniyni yuqori qismida devorga katta qilib meni rasmim ilingandi

" Bu..bu nima axir bu meni rasmimku "

u meni yashirincha kuzatib rasimga olganmi?

" Bu sog' insonning ishi emas! U xaqiqiy psixku "

Bu gapni jaxl bilan baland ovozda aytardim va ortimdan usha yo'g'on ovoz keldi

" Kim? Menmi? "

Darxol ortimga o'girildim u menga shunchalik yaqin turgan ekanki o'girilganimda yuzim uning tanasiga tegay derdi ( yaxshiyamki u mendan baland edi )

Men uni kelganini sezmadim uni qadam dovushlarini eshitmagandim

U meni gaplarimni eshitibdi men ortimga qadam tashladim men ortga chekinganim sari u menga yaqinlashardi..

Va oxiri men devorga qadaldim u meni devorga siqishtirib qo'ydi u yaqin kelib menga bo'ynini egdi men boshimni yon tarafga burib oldim va uning nafasi mening bo'ynimga urilardi...

U qulog'imga shunday pichirladi

" Men psix emasman... Sen meni aqldan ozdirgansan "