Business and Finance
January 8, 2021

Eng boy insonlarning eng katta muvaffaqiyatsizliklari

Barchamizga ma'lumki, sayyoramizning eng boy odamlari o'z kompaniyalarini yaratish, ixtirolar qilish va sarmoyalar kiritish orqali milliardlab daromad olishgan. Ularning natijalari har doim televideniya va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etiladi va yuksaklarga ko'tariladi. Odamlar ko'pincha u insonlar muvaffaqiyatga erishish uchun yutqazgan narsalariga emas, balki erishgan narsalariga e'tibor berishadi. Keling, dunyodagi eng boy 10 kishining hayotini batafsil ko'rib chiqaylik, ular muvaffaqiyatsizlikka uchraganida, parda ortida nima bo'lganini, qanday qiyinchiliklarni yengib o'tishlariga to'g'ri kelganini bilib olamiz.

Pikachu


1. Elon Musk
Elon Mask 2021 yil 7-yanvarda dunyoning eng boy odamiga aylandi, chunki uning boyligi 185 milliard dollardan oshdi. Siz bilan biz kishi qanday qilib bunday katta miqdordagi pulga ega bo'lishini tasavvur qila olmasak ham, Musk necha marta inqirozni boshdan kechirganini o'zi biladi.

2008 yilda, atiga 13 yil oldin, uning Tesla nomli elektromobil kompaniyasi hech qanday foyda keltira olmasdan oldin ishini to'xtatib qo'ydi. Buning sababi maxsulotlarning yuqori narxi va elektromobillarni ishlab chiqarish uchun uzoq vaqt talab qilingani edi.Kompaniya belgilangan majburiyatlarini bajara olmadi va bu uning obro'siga putur etkazdi. Hamma kompaniyaga pul tikishdan bosh tortdi va banklar kompaniyani davom ettirish uchun hech qanday qarz berishmadi, shuning uchun Elon Maskning o'zi barcha boyliklarini so'nggi tiyinigacha sarf qildi va bankrot bo'ldi.

Hozir Tesla elektromobillarni eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Elon Musk


2. Jeff Bezos
Faqat bir kun oldin u dunyodagi eng boy odam edi, u bu o'rinda uch yildan ko'proq vaqt davomida turib kelar edi. U bu pullarni o'zining Amazon kompaniyasidan ishlab topadi. Bezos ko'pincha boshqa odamlarning hayoti davomida qilgan xatolaridan ko'ra ko'proq xatolarga yo'l qo'ygan shaxs sifatida ta'kidlanadi.

Jeff Bezos o'z garajidan kitoblar, musiqa va filmlarni sotishni boshlagandan so'ng, Amazon bozorini kengaytirish uchun o'yinchoqlar sotib olishga 120 million dollar sarfladi. U narxi 50 million dollardan oshadigan o'yinchoqlarni sota olmadi. Bu u duch kelgan millionlab dollarlik muvaffaqiyatsizliklardan faqat bittasi.

Amazon hozirda elektron tijoratda hukmronlik qilmoqda va shubhasiz, kelajakda ko'p yillar davomida hukmronlik qiladi.

Jeff Bezos


3. Bill Geyts
Microsoft asoschilaridan biri uning trillioner bo'lishiga to'sqinlik qiladigan xatolarga yo'l qo'ydi.

U androidni yaratishga urinib ko'rdi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Google imkoniyatdan foydalanib, uni yaratdi va milliardlab daromad oldi. Bundan tashqari, u Apple kompaniyasiga qiyinchilik vaqtida sarmoya kiritgan va kompaniyaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini kam baholagan. Apple bir necha yil ichida Microsoft-dan o'zib ketdi.

Yuqoridagi dalillarga qaramay, u dunyodagi eng boy insonlar safida 3-o'rinda turadi va aslida ular orasida eng saxiy odamdir. U boyligining 99 foizini xayriya ishlariga sarflaydi.

Steve Jobs and Bill Gates


4. Bernard Arnault
LVMH bosh direktori o'zining sabrsizligi tufayli yillar davomida qilgan son-sanoqsiz xatolarini tan oladi.

Bernard Arnault Forbes-ga bergan so'nggi intervyusida, o'zini yaxshi foyda keltirmagan makiyaj kompaniyasini sotish uning eng katta xatosi ekanligini aytdi, chunki keyinchalik u hozirda milliardlab dollar ishlab topadigan, ammo bundan oldin foyda keltirmagan ko'plab kompaniyalarni sotib olib ularni muvaffaqiyat cho'qqisiga olib chiqdi.

LVMH dunyodagi eng katta hashamatli tovar korporatsiyasi bo'lib, Arnault ga umumiy miqiyosda 114 milliard dollar foyda keltirgan.

Bernard Arnault


5. Mark Tsukerberg
O'zini eng yosh va eng boy 5-milliarder sifatida tanigan Mark Tsukerberg vaqtni yutqazmasdan, hech qanday xato qilmasdan shunday boyib ketgan yagona insondir. Yosh tadbirkorlar Tsukerberg bilan bir xil yo'ldan yurib shunday omadga ega bo'lishni orzu qilsada, uning xatolari hali oldinda edi.

Facebook va Instagram eng yirik ijtimoiy tarmoq dasturlari bo'lganligi sababli, Mark Tsukerberg ko'pincha noto'g'ri ma'lumotlarning tarqalishining oldini ololmaydi va u doimo ijtimoiy tarmoqlar odamlarga etkazayotgan psixologik zararlar uchun aybdor va mas'ul qilinadi.

Katta kuch bilan katta mas'uliyat keladi.

Mark Zuckerberg


6. Zhong Shanshan
Bizning ro'yxatimizdagi yagona osiyolik milliarder Zhong Shanshan 93 milliard dollarlik boyligi bilan Xitoyning eng boy odami va dunyodagi eng boy odamlari orasida 6-o'rindan joy oldi.

Uning qiyinchiliklari dastlabki hayotida ota-onasi hukumat tomonidan ta'qibga uchragan va u 12 yoshida maktabni tark etishi kerak bo'lgan paytda boshlangan. U oliy ma'lumot ham ololmagan, faqatgina dehqonchilik bilan shug'ullangan va qo'ziqorin sotgan.

Shanshan hayotdan olgan saboqlaridan foydalangan holda farmatsevtika kompaniyasini tashkil etgan va endilikda bu o'z sohasida eng muvaffaqiyatli kompaniyaga aylandi.

Zhong Shanshan


7. Warren Buffet
Sayyoradagi eng muvaffaqiyatli investor sifatida tanilgan Uorren Baffet dunyoning eng boy odamlari orasida 7-o'rinni egalladi. Uning boyligi 87 milliard dollardan oshadi va Bill Geyts bilan birgalikda, u o'z boyligining 99 foizini muhtojlarga beradi.

Buffetning o'zi, hatto eng zo'r investor ham muvaffaqiyatga erishishdan oldin muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan oladi va Dexter poyabzal kompaniyasiga sarmoya kiritgandan so'ng yo'qotgan 3,5 milliard dollar pulni eng katta xatosi deb biladi.

Warren Buffet


8. Larri Peyj va Sergey Brin
Amerikalik kompyuter olimlari Lourens Edvard Peyj va Sergey Brin Google asoschilari bo'lib, ularning boyliklari mos ravishda $ 82 mlrd va $ 79 mlrdni tashkil etadi.

Larri professional bo'lmaganligi bilan tanilgan va barcha menejerlarini ishdan bo'shatib, muhandis bo'lmaganlar muhandislarni boshqara olmaydi degan g'oyani isbotlash uchun yangi tizim tashkil qilgan. Yangi tizim tez orada muvaffaqiyatsizligini isbotladi va Peyj o'z xodimlari orasida yaxshi obro'sini yo'qotdi. Bu uni bosh direkrtor lavomizimidan voz kechishga majbur qildi. U 10 yil davomida ko'p mashaqqat chekib yana Google kompaniyasining bosh direktori lavozimiga qaytdi.

Endi Larri Peyj Google aktsiyalarida eng katta ulushga ega.

Boshqa tomondan, Sergey Brin pitssaga buyurtma berish uchun faksdan foydalanishga urindi, bu darhol muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo bu uni do'sti Peyj bilan birga Google-ga asos solishga olib keldi.


9. Larri Ellison
O'zining Oracle kompaniyasini dastlabki kunlarida noto'g'ri daromadlar to'g'risidagi hisobotlarni e'lon qilib, deyarli bankrot qilgan shaxs, Ellison o'zining muvaffaqiyatsizligini aql bovar qilmaydigan biznes xatosi deb ta'riflaydi.

Oracle-ni bankrotlikdan qutqarish uchun unga 7 yil kerak bo'ldi, ammo u ancha yaxshi jamoa bilan kuchliroq bo'lib qaytdi. Oracle Corporation ko'p yillar davomida AQShning texnologik gigantlaridan biri bo'lib kelmoqda.

Larri Ellison


10. Uolt Disney
Ushbu ro'yxatdagi oxirgi odam eng badavlat odamlarning o'ntaligiga kirmasligi mumkin, ammo u quvonch olib kirmagan uy yo'q. Walt Disney Production asoschisi, Mikki Mous otasining muvaffaqiyatini pul bilan o'lchab bo'lmaydi. Milliarder bo'lmasligiga qaramay, u o'z orzulariga erishish uchun ko'plab qiyinchiliklarni yengib o'tishiga to’g’ri kelgan.

Unda hech qanday ijodkorlik yo'qligi va u ishlab chiqarish kompaniyasini boshqarolmaganligi aytib ishga olishmagan. Ijara haqini to'lay olmaganligi sababli u hatto itlarning ovqatini yeb, ko'chalarda yashaydigan paytlar bo'lgan. U yaratgan obrazlar bir-ikki marta undan tortib olinib, uni yanada muvaffaqiyatsiz qilgan.

Hozrda, uning karikaturalari 36 ta "Oskar" mukofotiga sazovor bo'ldi, u shuncha "Oskar" mukofotlarini yutib olgan yagona odam.

Walt Disney

Muvaffaqiyat - bu muvaffaqiyatsizliklar to'plami va bir necha bor omadsizlikka uchrashiga qaramay, qayta va qayta boshlay oladiganlargina eng katta orzulariga erishishini doimo yodda tutishimiz kerak!