November 6

Buxoro 7 pir 3 kun va 2 kecha (kechki poezd)

Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-me'moriy obidalarga boy go'zal shaharlaridan biri bo'lib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo'lgan. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko'plab tarixchilar, tilshunoslar fikricha, Buxoro so'zi qadimgi hind – sanskrit tilidagi “vixara” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, “qal'a” ma'nosini anglatadi. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb ham atalgan. Bu shaharning har bir go'shasida – boy tarixga ega minoralari, osori- atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o'tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. SHuningdek, u SHarqu G'arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko'zgusi” nomini olgan. VIII asrda mintaqaga islom dini kirib kelishi ortidan Buxoro asta-sekin eng muhim diniy markazga aylanib, islom olamida sharif sanaladigan to'rtta shahardan biriga aylangan. Buxoroi sharifdan butun jahon tan olgan buyuk olimlar, mutafakkir va donishmandlar etishib chiqqan.

Sayohat dasturi -

1 kun -

18:45 da yig'ilish
Kechki soat 19:45 da poezdda jo'nab ketish
Shimoliy vokzalda yig'ilish
Buxoroga 02:14 da kelish
Mehmonxonada turar joy
Dam olish

2 kun -

Nonushta 09:00-09:45
Soat 10:00 da ekskursiyaga chiqish - "Buxoroning Muqaddas 7 Pir"

- Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy

- Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgariy

- Xo‘ja Maxmud Anjir Fag‘naviy

- Xo‘ja Ali Romitaniy

- Xoja Muhammad Bobo Samosiy

Tushlik 13:00 14:00

- Bahouddin Naqshbandiy

- Said Amir Al gumbaz maqbarasi

  • Bo'sh vaqt
So'ngra ixtiyoriy ravishda Buxoro bo'ylab sayr.

Kechki ovqat erkin (narxga kiritilmagan)

3 kun -

Nonushta 08:00-08:45
Ekskursiyaga buyumlar ketish vaqti 09:00
Labi xovuzga tashrif
Somoniylar Maqbarasi
Mohi Xosa Qarorgohi
Sharqiy bozorga tashrif buyurish
Chashma Ayub
Tushlik - 14:00 (palov)
Turning oxiri!)
16:41 da Toshkentga chiqish
Toshkentga yetib kelish vaqti 23:30

Narxga kiritilgan:✅

🏘 Buxoro markazidagi mehmonxonada yashash
🥙 Nonushta, tushlik asosida ovqatlanish
💳 Barcha kirish chiptalari!
🚐 Transport!
👬 Gid va yo'lboshqaruvchi xizmatlari!
🎫 "Sharq" poezdiga chiptalar

Tashrif:✅

Buxoroning Muqaddas 7 Pir
🏰Buxoroning so'nggi amirining yozgi qarorgohi
1000 yildan ortiq I. Samaniy maqbarasi
Muqaddas buloq
Labi xouz ansambli
Nodiradevonbegi Madrasasi
Ko'kaldash Madrasasi
Karvonsaroy
Magoki Attari XII asr masjidi
Ark Qal'asi
XVI asr savdo gumbazlari:
Tim, Abdullaxon, XVI asr yopiq gilam bozori
Buxoroning yuragi Poi Kalon ansambli
Kalyan Minorasi