⛰️ Tog'dagi sarguzasht: Paltau sharsharasiga sayohat va Obi-Rahmat g'ori ⛰️
Paltau sharsharasi – aql bovar qilmas go‘zallikdagi tabiat mo‘jizasi. Bu sershovqin, jilovlab bo‘lmas darajadagi shiddatli suv oqimi 38 metr balandlikdan shitob bilan pastga tushadi. Uning manbayi tog‘ soyi - Chotqol daryosi bo‘lib, u baland tog‘lardan, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan Ko‘ksuv tog‘ tizmasidan boshlanadi.
Shahar shovqinini unutib, musaffo tabiatga sho'ng'ishni istaysizmi?** 🌿 Unday bo'lsa Paltau sharsharasiga sayohatimiz aynan siz uchun!
- 🌄 09:20 - 09:30 Hujjatlarni tekshirish (pasport talab etiladi!).
- 🌄 09:40 🚶♂️Sayohatning boshlanishi!
G'or - Paltau daryosi vodiysidagi Obi-Rahmat g'ori 1962-yilda, Chorboq suv ombori qurilishidan oldin arxeologik qidiruv ishlari olib borilganda topilgan. Topilmaning taxminiy yoshi kamida 50 ming yil. Yodgorlik ochiq holatda topilganida, 500 ta tosh qurol boʻlgan. Oʻrta paleolit qatlamida neandertal va kromanon odamiga oʻxshash 9-12 yoshli bolaning bir nechta tishlari va bosh suyagi boʻlaklari topilgan.
- 🌄 16:00 - 16:15 Eng chiroyli joyda fotosessiya.
- 🌄 16:30🚶♂️ Avtobusga qaytish.
- 🌅 18:45 - 19:00 Toshkentga kelish.
Narxga quyidagilar kiradi✅
🚐borib-kelish transport,
🥷yo'lboshqaruvchi,
📸fotosurat,
💶ekosbor
📜tashrif uchun ruxsatnoma (milliy bog'ga davlat boji)
O'rtacha murakkablikdagi yo'nalish, yo'l uzunligi bir tomonga 4 km✅
🎒 O'zingiz bilan oling:
Yegulik, adyol, qulay kiyim va poyabzal
Shaxsiy foydalanish uchun dorilar
Pasport (majburiy)
* Sayohat o'rtacha qiyinchilikda va bu sayohat yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega insinlar uchun.
* Ko'tarilish va tushishda yordam bo'lishi uchun hassa olish tavsiya etiladi.
* Oldindan aytib bo'lmaydigan tog' ob-havosiga tayyor bo'ling.
* Chivin va chaquvchi hashorotlarga qarshi vositalarni olib keling.
* Iltimos, tabiatni hurmat qiling va axlat qoldirmang.
📞 Ma'lumot uchun:
📲 94-0696310