Ikki Kunlik Samarqand afrosiyob poezdi bilan
Sayohat dasturi -
(sahar - vaqt ishtirokchilar guruhida ko'rsatiladi) - Vokzalda uchrashuv
(sahar - vaqt ishtirokchilar guruhida ko'rsatiladi) - Samarqandga ketish
09:10 - 09:30 - Manzilga yetib kelish va ekskursiya boshlanishi
Tashrif buyuramiz -
Goʻri Amir O'rta Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etiladi. Maqbara qurilishi Amir Temur buyruʻgiga asosan 1403-yilda boshlanib, Mirzo Ulugʻbek davrida tugallangan hamda temuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Maqbara, oʻrta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi Muhammad Sulton tomonidan, XIV asrning oxirida bino qildirgan majmua qoshida tiklangan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyo qirgʻoqlariga uzoq safardan qaytayotib, toʻsatdan vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga keltirilib, ansamblning janubiy peshtoqidagi ayvon orqasidagi daxmaga dafn etiladi. Amir Temur shahzoda nomi bilan atalgan maqbara qurishni buyurdi. Shundan soʻng, kulbada sakkiz burchakli bino quriladi. Tarixchi Shoʻrqa Sharafiddin Ali Yazdiy binoni „baland gumbazi osmondek, devorlarining pastki qismi marmardan yasalgan, oltin va lapis lazuli bilan bezatilgan“ deb taʼriflaydi.
10:30 - 11:50 Registon maydoni
12:10 - 12:40 Bibixonim
12:45 - 13:10 Hazrat Hizr
Hazrati Xizr masjidi Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir. U Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me'moriy obidasi sifatida e'tirof etiladi. Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan atalgan. Ma'lumotlarga ko'ra, dastlab sajdagohi mavjud bo'lgan. VIII asrda arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu tepalikdagi ibodatxona o'rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi.
13:30-14:15 - Tushlik
14-30-15:30 - Rusiy Samarqand
15:30 - Mehmonxonaga joylashish
Bo'sh vaqt
Kechki ovqat ixtiyoriy (narxga kiritilmagan)
2 kun
07:00-07:45 Nonushta (shved stoli)
09:00 yo'lga
09:30 -10:30 - Konigil «Meros» qog'oz fabrikasi
Bugun Samarqand ostidagi Konigil qishlog‘ida “Meros” qog‘oz fabrikasi faoliyat ko‘rsatadi. Fabrika asoschilari dong‘i ketgan aka-uka hunarmand Muxtorovlardir. Ularning mehnati tufayli mahalliy fabrikada qadimiy an’ana, ya’ni qadimiy samarqandcha texnologiyalar asosida qog‘oz ishlab chiqarilishi vujudga kelgan. Shunisi qiziqki, ishlab chiqarish butunlay qo‘lda bajarilib, fabrikada tashrif buyuruvchi har bir mehmon ushbu jarayonni kuzata oladi.
11:00-11:30 - Gilam fabrikasi
12:00-12:45 - Tushlik
13;00-13:30 - Ulug'bek rasadxonasi
Ulugʻbek rasadxonasi – Samarqanddagi 15-asr me'morchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. 1420-yillarda temuriylar davri astronomi Ulugʻbek tomonidan barpo etilgan. Rasadxonada Al-Koshiy, Ali Qushchi va Ulugʻbek kabi musulmon astronomlar ishlagan. Rasadxona 1449-yilda vayron qilingan va 1908-yilda qayta kashf etilgan.
13:45-14:15 - Xo'ja Doniyor
14:30-15:00 - Shohi Zinda
Shohi Zinda ansamblining shakllanishi eramizning XI asrlaridan boshlangan. Shohi Zinda so‘zining ma’nosi “tirik shoh” bo‘lib, qariyib ming yildan buyon bu nom xalq o‘rtasida yashab kelmoqda. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, tirik shoh-Muhammad payg‘ambarimizning amakivachchasi Qusam ibn Abbosga berilgan unvondir. Samarqandlik tarixchi Abul Hakimiyning yozishicha, Qusam ibn Abbos payg‘ambarimizning muborak yuzlarini ko‘rgan oxirgi kishidir. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, Qusam ibn Abbos VIII asrlarda arab lashkarlari tarkibida Samarqandga kelgan va bu yerda dini islomni targ‘ib qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bir kuni Qusam ibn Abbos namoz ibodati bilan mashg‘ul bo‘lib turganida kofirlar hujumiga uchragan va uzilgan boshini qo‘liga olib g‘or orqali yerning tagiga tushib ketgan.
18:30 - Vokzal
18:50 - Toshkentga jo'nash
21:10 - Toshkentga kelish
Narxga quyidagilar kiradi:✅
🚄 Afrosiyob chiptalari
🏨 Mehmonxonada yashash
🚐 Qulay sayyohlik avtobusi
🥗 Tushlik va nonushta asosida ovqatlanish
💳 Ob'ektlarga kirish chiptalari
🙍♀️ Sertifikatlangan professional gid va yo'lboshqaruvchi xizmatlari
Ekskursiya davomida biz quyidagilarni ko'ramiz:✅
-Registon asosiy maydoni
-Amir Temur Maqbarasi (Gur Amir)
-Bibixonim-Sharqdagi eng katta masjidlardan biri
-Siab bozori
-Hazrat Xizr Masjidi
-Shohi Zinda yodgorlik majmuasi
-Xoji Doniyor Maqbarasi
-Mirzo Ulug'bek rasadxonasi
-19-asrda qurilgan Rosiy Samarqand
Ekskursiya davomida siz eng ulug'vor shaharlardan birining tarixini bilan tanishasiz