NEGA BOLA ONASINING OLDIDA O'ZINI YOMON (SHO'X) TUTADI?
Bola kimni yaxshi ko'rsa – shu odam qiynaladi.
Ota-onalarning maslahat so'rab, asosiy murojaat qilishlaridan biri bu: nega bolam mening oldimda o’zini yomon tutadi? U o'zini bog'chada, sinfda yaxshi tutadi o'qituvchilari undan bu borada shikoyat qilishmadydi. Enaga aytishicha: "U bilan hech qanday muammolarimiz yo'q", deydi. Va faqat ona bilan bola o'zini juda qattiq tutadi. Ko'pincha ota-onalar, ayniqsa bu birinchi farzandi bo'lsa, farzandining bunday holatining sababini tushunmaydilar.
Ota-onalarning keng tarqalgan fikrlari: agar biron bir narsa noto'g'ri bo'lsa, demak biz, ota-onalar aybdormiz. Men - ona noto'g'ri ish qilganman, shuning uchun bolam o'zini shunday sho’x tutadi.
Psixologiyada ota-ona va bola orasidagi shunday bir qoida borki: bola o'zini eng yaxshi ko'rgan insonini oldida, u bilan birga bo’lganda o’zini shunday yomon tutadi. Aniqrog’i, eng ishonchli va o’ziga eng yaqin deb bilgan insoni bilan. Agar sizning farzandingiz siz bilan yomon munosabatda ya’ni ko’p sho’xlik qilganida, o’zini o’ta erkalangan singari tutganida - bunday hodisaga duch kelsangiz - xursand bo'ling! Siz farzandingiz ko’z o’ngida o’zingizga nisbatan bo’lgan juda muhim va ahamiyatliishonchni yarata olgansiz. Bu haqiqatan ham ona va farzand orasidagi sog'lom va ahamiyatli munosabatdir.
Agar bola sizning oldingizda o’zini yaxshi tutib, aksincha o’zini yomon xatti-harakatlarini, erkalanishlarini buvisi yoki enagasining oldida qilsa, mana shu holatdan siz havotirlanishingiz kerak aslida. Demak u onasining oldida “o’zini bosib olgan” va onasining oldida aytaylik “ofis kostyumida”. Ammo bu kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunday holatni keltirib chiqarish uchun siz nafaqat ko’p vaqtingizni, umuman hamma vaqt ishda qolib ketishingiz kerak bo’ladi, ya’ni bolani juda kam ko’rish oqibatida shunday holat kelib chiqadi.
Bunday xulq-atvor bolada, har kuni ishlaydigan ikkita enaga bor bo’lganda va ota-onalari uni faqatgina dam olish kunlari ko'rishadigan oilalarda paydo bo'ladi. Mening fikrimcha, xayriyat, O’zbekistonda bunday oilalar unchalik ko'p emas. Odatda bizning odatiy hayot tarzimiz shunday: onasi bolaga eng yaqin odam, bola esa u bilan eng yomon ya’ni sho’xlik munosabatida bo'ladi.
Chaqaloq - bu xameleon
Bolalarning o'zlarini onalarining oldida yomon tutishlarining birinchi sababi shundaki, bola emotsional reaktsiyalar nuqtai nazaridan universal radar va 100% xameleondir. Biz hozir maktabgacha yoshdagi bola, aniqrog'i, olti yoshga to'lmagan bola haqida gaplashmoqdamiz, chunki bu yoshga yaqin bolalarda boshqa mexanizmlar yetilgan bo’lib, bu xatti-harakatlar ikkinchi darajada bo’lib qoladi.
Yana ham aniqroq qilib tushintiradigan bo’lsak, bola kichkina kichkinalik vaqtida, u uchun 80% ta'lim - bu taqlid hisoblanadi: bola o’ziga yaqin bo’lgan kattalarning ayniqsa ota-onaning harakatlarini, o’zlarini qanday tutishlarini, odatlarini taqlid qiladi.
Aytaylik, bola kun bo'yi buvisi bilan birga edi, ularda hammasi yaxshi edi, kun yaxshi o’tdi, bola o’zini yaxshi tutdi. Bu vaqt ichida bola buvisining munosabatiga, uning talablariga, tezligiga, nutqiga, buvisining qanday holatda mamnun bo’lishi va qanday holatda kayfiyati buzilishi va koyishiga va shu uydagi boshqa sharoitga moslashdi. Va natijada o’zini nazorat ostida ekanligini his qilib o’zini qaysidur ma’noda bemalol darajada erkin his qila olmaydi. Shunday ona ishdan keladi va farzand onasini ko’rganidan, nihoyat o’zini bemalol, erkin his qila oladi. Shuning uchun u o’zini xalq tilida aytganda sho’x tutadi ya’ni u erkin.
Shunday ekan, agar farzandlarimiz bizdan uzoqlashib ketishlarini xohlamasak, ularga ko’proq vaqt ajrataylik, ular bilan ko’proq birga bo’lishga harakat qilaylik.