Seven
Hayot har doim ham go‘zal bo‘lavermaydi. Hayot bu shirin yolg‘on o‘lim esa achchiq haqiqat.
Bu so‘zlarni Raya birinchi marta otasidan eshitgan edi. U otasini doim aqlli va dono inson deb bilardi. Axir uning otasi mamlakatning eng boy odami dunyodagi eng yirik oltin konlaridan birining rahbari edi.
Raya o‘z oilasi haqida har doim faxrlanib gapirardi. Uning oilasi nafaqat boyligi balki butun mamlakatdagi nufuz va ta’siri bilan ham mashhur edi. Ularning ulkan saroyi shaharning tepaligida joylashgan atrofida hashamatli bog‘lar ichida esa ajoyib xonalari bor edi. Bu joy xuddi ertaknamo dunyoni eslatardi.
Bugun – 10-iyun. Raya uchun alohida kun. Uning 10 yoshga to‘lgan kuni edi. Tongdan boshlab saroyda tayyorgarlik boshlangandi. Raya maxsus bayram libosida hovli bo‘ylab yugurib yurdi.
– Bugun sen chinakam malikasansan!
Otasi esa kun bo‘yi band edi. U bog‘ning orqa tomonida nimanidir tayyorlash bilan band edi. Raya bilardi: bu katta sovg‘a uning tug‘ilgan kuni uchun edi.
Raya ichida hayajon va qiziqish bilan kutardi. Nihoyat kechga yaqin otasi uni yoniga chaqirib:
– Qizalog‘im sovg‘angni olishga tayyormisan?
– Malikam hovli ortida seni bir ajablanarli sovg‘a kutyapti. Yugurib bor qani.
Raya zavqlanib otasi ko‘rsatgan yo‘lga qarab yugurdi. Bog‘ning orqa tomoniga yetib borgunicha yuragi hayajondan qattiq urar boshida minglab o‘ylar aylana boshlagandi:
– Nima bo‘lishi mumkin? Otam bu safar nimani tayyorlagan ekan?
Ammo u sovg‘aga yaqinlashib ulgurmasdan birdan kuchli portlash ovozi butun saroyni titratdi.
Ovoz shunchalik dahshatli ediki Raya qo‘rqinch bilan joyida qotib qoldi. Portlashning zarbasi uni bir necha metr nariga uloqtirdi. Saroyning ulkan peshtoqlari oltin bilan bezatilgan zinapoyalari bir zumda yer bilan yakson bo‘ldi.
Havo tutun va qum bilan qoplandi. Raya yerda yotib quloqlari ostida tinimsiz gumburlashni his qildi. Uning yuziga chang va tuproq to‘kilgan qo‘llari esa titrardi. Ko‘zlarini ochishga urindi lekin ko‘rgan birinchi narsasi – qulab tushayotgan baland devor bo‘ldi.
O‘sha portlashdan so‘ng bir oy o‘tdi. Raya hayotning barcha quvonchlarini o‘sha kuni yo‘qotgandek edi. U hushiga kelganida o‘zini begona joyda oppoq devorlar bilan o‘ralgan kichik palatada ko‘rdi. Uning har bir qismi og‘rir ko‘z oldiga o‘sha portlash lahzalari yana qayta-qayta kelaverar edi.
Raya qancha vaqt o‘tgani bu yerga qanday kelib qolgani haqida hech narsa bilmasdi. Uning barcha yaqinlari ularning ovozlari va hatto o‘z uyi haqida eng kichik esdaliklar ham endi faqat tushlarday edi. U yonida hech kimni ko‘rmadi. Hatto otasi va onasini ham.
Biroq tez orada unga haqiqatni aytib berishdi. Shifokor unga sovuq ohangda:
– Qizaloq sening oilang endi yo‘q...
Raya bu so‘zlarni eshitgach ichidagi barcha his-tuyg‘ular birdan so‘ndi. Uning ko‘zlaridan yosh to‘kilmadi ovozi titramadi. U bir zumda ulg‘ayib qolgandek hayotni endi hech qachon avvalgiday ko‘rolmasligini tushundi.
Saroy portlashidan so‘ng otasining oltin koni ko‘chmas mulklari va bankdagi hisoblari oila a’zolarining bir nechtasi uchun katta boylik manbaiga aylandi. Rayaning amakilari va boshqa qarindoshlari boylikni qanday bo‘lishishni muhokama qilish bilan band edi. Ularning nigohida Raya – faqat qiyinchilik.
– U qizni qarash uchun vaqtimiz yo‘q.
– Qandaydir mehribonlik uyiga topshirsak bo‘ladi. Biz boshqa narsalar bilan shug‘ullanishimiz kerak.
Boylikni bo‘lishib olish jarayonida ular o‘sha kichkina qizning hissiyotlari haqida umuman o‘ylamadilar. Bir oy ichida ular otasining konlarini hovlisini va hatto oilaviy meros bo‘lgan san’at asarlarini ham bo‘lib oldilar. Raya esa go‘yoki ularga begona odamdek ortiqcha yukday tuyuldi.
Bir kun Rayaning amakilaridan biri shifoxonaga kelib qizni ko‘rdi. Lekin uning nigohida hech qanday mehr yo‘q edi. Faqat sovuq va befarq ohangda:
– Biz seni yaxshi joyga topshiramiz. U yerda seni boqishadi.
Raya bu gaplarga javob bermadi. Endi hech narsa unga qiziq emas edi. Portlashdan keyin uning ichidagi bolalarcha beg‘uborlik o‘ldi. Saroy qulagan kabi uning qalbida ham o‘sha kunda sevgi va mehrning so‘nggi izlari yo‘q bo‘lib ketgandi.
Nihoyat Raya mehribonlik uyiga jo‘natildi.
Bu joy – kichkina bolalar yig‘lab o‘ynaydigan sovuq va qo‘pol muhit edi. Uning yangi "uy"i to‘rtta tor o‘rindan bir necha eski stollardan iborat edi. Bu yerda hech kim unga "malikam" demasdi hech kim uning sochlarini ehtiyotkorlik bilan taramasdi. U endi oddiy bir qiz edi hech kimga kerak bo‘lmagan qiz.
Raya uchun hayot o‘sha mudhish kunda tugagandi. Endi bu dunyo unga hech narsani anglatmas edi.
Bir kuni kechga yaqin mehribonlik uyi ostonasiga bir nechta qora mashina kelib to‘xtadi. Bu oddiy avtomobillar emas edi – har biri hashamatli va e’tiborni jalb qiluvchi edi. Mashinalardan tushgan bir nechta erkak va ayollar atrofni kuzatib ichkariga qadam tashladilar. Ularning ko‘rinishi boshqacha edi. Ular yosh va kelishgan ammo nigohlarida sovuqlik va salobat bor edi. Har bir harakati xuddi qat’iyat va maqsad bilan bajarilayotgandek edi.
Bu “Mafia Sevens” edi. Butun mamlakat ulardan qo‘rqar ular haqida turli-tuman mish-mishlar tarqalgan edi. Ba’zilar ularni boylik ortida hech narsadan qaytmaydigan qotillar desa boshqalar ularning aql bovar qilmas darajada aqlli va strategik ekanini aytardi. Har qanday holatda ham ular butunlay boshqa dunyodan kelgandek tuyulardi.
Ular mehribonlik uyining rahbarini oldiga chaqirtirmadilar. Aksincha ular o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning xonasiga yo‘l olishdi. Yo‘lakdan o‘tish jarayonida bolalar ularning ortidan hayrat va qo‘rquv bilan qarab turishdi.
Kimdir bu odamlarga shunchaki boy va badavlat mehmonlar deb o‘yladi boshqalar esa bunday odamlardan faqat xavf kutish kerakligini his qildi.
Mehribonlik uyi rahbari ularning kutilmagan tashrifidan sarosimaga tushdi. U bu qadar qudratli odamlarning u yerga kelishidan biror yaxshi ma’no chiqara olmas edi. Ularning rahbariyati bo‘lgan yosh erkak xona eshigini ochib kirarkan rahbarning yuragi qattiq urib ketdi.