𝗗𝗼𝗺𝗶𝗻𝗮𝗻𝘁
« 𝗡𝗮𝗳𝗿𝗮𝘁 𝗯𝗼𝗿 𝗷𝗼𝘆𝗱𝗮 𝘀𝗲𝘃𝗴𝗶𝗴𝗮 𝗼ʼ𝗿𝗶𝗻 𝘆𝗼ʼ𝗾 𝗹𝗲𝗸𝗶𝗻... »
Agar yonida qiz bo‘lsa… unga tegmang va bu haqida Menga xabar bering.
Jungkook chaqiruv tugashi bilan mashinaga qaytdi.
Yomg‘ir ostida faralar o‘lik ko‘chani yoritarkan, ichidan faqat bitta o‘y o‘tardi.
Pov: Ibura meni tanlamasa ham men uni qo'yib yubormayman
Hech qachon.
Mashinani Taehyungni yo‘ldan topish uchun o‘qdek haydardi...
Jungkook mashinasini shunchalik tez haydar ediki, yo‘lidagi svetafor chiroqlari ham go‘yo unga bo‘ysunmasdi. Qizilmi, sariqmi — farqi yo‘q edi. Uning ko‘z oldida faqat bitta manzil bor edi.
— Kim Taehyung… — dedi u tishlarini qattiq qisib. — Sen men bilan o‘yin o‘ynamasliging kerak edi. Meniki bo‘lgan insonga teginmasliging kerak edi.
Mashina keskin burilib, tanish ko‘chaga kirib keldi. Qora darvoza. Xira chiroqlar. Taehyungning uyi.
Xuddi shu payt hovliga boshqa mashina ham kirib kelib to‘xtadi.
U ham mashinasida uyga yetib kelgan edi. Faralar bir zum yonib, so‘ndi. Tun jimib qoldi, go‘yo ikki yirtqichning to‘qnashuvini kutayotgandek.
Jungkook mashinasini to‘xtatdi. Dvigatel ovozi hanuz yuragidek gumburlab turardi. U rulni mahkam siqdi.
Taehyung Iburaning hushsiz tanasini mashinadan ko‘tarayotgan paytda, orqasidan kelayotgan qadam tovushini ham sezishga ulgurmay qoldi.
Jungkookning mushti yuziga kelib urildi. Zarbaning kuchidan Taehyung orqaga irg‘ib, beton ustiga yiqildi. Qo‘lidagi qiz sirg‘alib ketdi — Jungkook darhol oldinga tashlanib, Iburaning boshini yerga urilishidan saqlab qoldi.
Jungkook uni ehtiyotkorlik bilan yerga yotqizdi. Qizning lablari oqarib ketgan, nafaslari sekin edi.
Taehyung hali ham yerda edi, labidan qon tomchisi oqib tushardi. U kulishga urindi.
Bu so‘z Jungkookning ichidagi oxirgi ipni ham uzdi.
U Taehyungning yoqasidan mahkam tutib, devorga qattiq tirab qo‘ydi.
— Og‘zingni yop. — Jungkookning ovozi past, lekin dahshatli darajada sovuq edi.
— Sen unga qo‘lingni tekkizding. Shu bilan o‘zingga hukm chiqarding.
Taehyung nafasini rostlashga urdi.
— U baribir mendan qochib qutula olmaydi—
Jungkook yana musht tushirdi. Bu safar ogohlantirishsiz.
Taehyungning boshi yon tomonga burildi, tanasi bo‘shashdi.
Jungkook egilib, qulog‘iga pichirladi:
— Uni unut. Nafas olganingcha unut. Agar yana bir marta yaqinlashsang… bu safar seni hech kim topmaydi.
U Taehyungni yerga tashlab yubordi.
Jungkook yoniga cho‘kdi. Uning sovuq qo‘llarini tutdi. Barmoqlari qaltirardi.
— Kechir… — dedi u ovozsizgina. — Men kech qoldim.
U qizni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, mashinasi tomon yurdi. Yomg‘ir hanuz tinmasdi. Ammo Jungkook uchun bu yomg‘ir endi tashqi emasdi.
Pov Ibura:
Ularning ovozlari…
Qattiq. Keskin. Bir-biriga urilayotgan nafratga to‘la.
Men eshitardim.
Jungkookning g‘azabli ovozini ham, Taehyungning sovuq kulgusini ham.
Ular urishayotganini bilardim.
Men uchun.
Lekin jim yotar edim. Tanam menga bo‘ysunmasdi. Qo‘llarim og‘ir, oyoqlarim begona edi. Go‘yo ruhim uyg‘oq, tanam esa allaqachon mendan uzilib bo‘lgandek.
Nafasim sekinlashdi. Quloqlarimdagi tovushlar asta xiralashdi. Ovozlar uzoqlashdi, qorong‘ulik esa yaqinlashdi.
Va men sekinlik bilan…
hushimni yo‘qotdim.
Erta tongda Ibura begona, ammo iliq nafasni sezib ko‘zlarini ochdi. Belidan mahkam, o‘rab olingan qo‘llar uni o‘ziga tortib turardi. Jungkookni quchog‘ida uxlatgan edi.
Bir lahza yuragi g‘alati urdi.
Ibura keskin qimirlandi va Jungkookni itarib yubordi. Erkak uyg‘onib ketdi, ko‘zlarida hali uyquning soyasi bor edi.
— Sen axmoqmisan? — dedi Ibura ovozi titrab. — Nega meni quchoqlab yotibsan? Xo‘kizdak erkaksan, aql yo‘qmi senda?
U o‘rnidan turib ketdi, ko‘kragi tez-tez ko‘tarilib-tushardi.
— Nega men bu yerdaman? — dedi u ko‘zlarini Jungkookdan uzmay. — Bu yerda nima qilyapman?
.
.
Jungkook Iburani yotoqga qaytarib uning bilaklarini mahkam, ushlab, ustiga egildi. Nafaslari bir-biriga urildi. Ibura qochishga urinib qimirlagan sayin, Jungkookning tutqani yanada qattiqlashardi.
— Ibura… — dedi u past ovozda.
Bu ovoz buyruq emasdi.
Bu g‘azab ham emasdi.
Ibura unga tikdi. Nafasi tez, yuragi gursillardi. Jungkookning nigohi uning yuzida, ko‘zlarida, lablarida adashib yurardi, go‘yo u hali ham shu yerdaligiga ishonch hosil qilmoqchidek.
— Sen bu yerdasan, — dedi u sekin. — Chunki men seni olib keldim. Chunki seni qo‘yib yubora olmadim.
Ibura labini pastini tishladi.
Jungkook peshonasini uning peshonasiga engil tekkizdi. Nafasi issiq edi.
.
Jungkook sekin egildi va Iburadan boʼsa oldi. Jungkook shunchalik ehtirosli va hoʼl boʼsalar berar edi. Ibura qancha tipirchilasa ham foydasi yoʼq edi, tanasi unga xiyonat qilayotgan edi. Ibura javob beravermagach Jungkook uning lablarini soʼrishni boshladi.
—Seni lablaring shunchalar shirin, men seni yeyishga ham tayyorman.
Jungkookning qoʼli pastladi. Iburaning koʼylagini koʼtarib barmoqlarnini ichki kiyimi ustidan sekin yurgizdi va sekin ichki kiyim ustidan siladi.
8-qism tugadi.
Muallif : Asar @myvirella guruhidan tashqari hech qayerda bo'lishini istamayman shunday ekan o'g'irlamang!!!