May 23, 2025

You and me

3-qism.

To‘y kuni nihoyat yetib keldi. Uy hashamatli tarzda bezatilgan edi. Har yerda oppoq gullar, shamlardan hosil bo‘lgan yo‘laklar va porloq chiroqlar bayramona muhitni yaratardi. Marosim uchun maxsus tayyorlangan zal mehmonlar bilan to‘lgan edi. Ularning yuzida tabassum, lekin ko‘zlarida sirli qiziqish bor edi.

Miele xonasida o‘zini juda yolg‘iz his qilardi. U oppoq libos kiygan, lekin bu libosni kiyish unga hech qanday quvonch bermadi. Qiziqqan ko‘zlar va tabriklar unga begona edi. U oyna qarshisida o‘tirib, bir necha kun davomida yig‘ilgan hissiyotlarni o‘zida bosib turardi.

Eshik taqilladi. Ichkariga Jiwon xonim kirdi. U qiziga bir lahza tikilib qoldi, so‘ng yumshoq, lekin sovuq ohangda dedi:

Jiwon.X: Hamma seni kutyapti, Miele. O‘z o‘rningni bil va bizni sharmanda qilma.

Miele sekin bosh silkidi. Ich-ichidan qaynab turgan norozilikni jilovlab, og‘irlik bilan o‘rnidan turdi. Uning qadamlari zalga olib boruvchi yo‘lak bo‘ylab eshitilar edi.

Zalda esa Janob Park va Janob Min hayajon bilan kutib turishardi. Janob Minning yuzida mamnunlik ifodasi aks etgan edi. Uning nazarida bu to‘y, faqatgina ulkan boylik va qudratni mustahkamlash uchun bir qadam edi.

Marosim boshlandi. Miele mehmonlarning olqishlari ostida yo‘lak bo‘ylab yurib bordi. Uning ko‘zlari yerga qaragan, yuragi esa qattiq urardi. Bu safar u bir narsani aniq bilar edi – bu to‘y uning taqdiri edi.

~

Imzolar qo‘yish va so‘nggi so‘zlarni aytish vaqti yetib keldi. Miele qog‘ozga ko‘z yugurtirar ekan, qalbi bo‘shliq bilan to‘lgan edi. U qalamni qo‘liga olib, bir lahza ikkilanib qoldi. Ammo uning ongida otasining qattiq nigohlari va onasining sovuq ovozi yangradi. Ular uchun bu to‘y oila sha’ni va biznes manfaatlari uchun juda muhim edi.

Nihoyat, Miele chuqur nafas oldi va qog‘ozga imzo chekdi. Zaldagi mehmonlar olqishladi, Janob Min esa mamnunlik bilan jilmayib, qizning qo‘lidan ushladi.

J.Min:Endi sen meni xotimsan Miele, Hozirdan hayoting butkul oʼzgaradi.

Miele imzo qo‘yayotgan paytda yuragi qattiq urar edi, ammo yuzidagi ifoda sovuqligicha qoldi. Bu uning taqdiri edi va u bunga rozi bo‘lishga majbur edi. Marosim tugaganidan keyin hamma ular uchun qo‘llarini chalar ekan, Miele ichida chuqur hislar to‘lqini bilan o‘tirib qoldi. Endi nima bo‘lishini faqat vaqt ko‘rsatardi...

~

To‘y tugagach, Janob Park va Jiwon xonim Miele bilan xayrlashishdi. Jiwon xonimning ko‘zlarida sovuq nigoh aks etar, lekin u qiziga asta-sekin quchoq ochdi.

Jiwon.X:Miele, biz uchun to‘g‘ri qaror qabul qilding.

Ammo uning ovozida samimiyatdan ko‘ra, o‘z manfaatlariga mos kelgan qarorning mamnunligi sezilardi.

Janob Park esa faqatgina bosh silkib qo‘ydi. U doimo o‘z his-tuyg‘ularini yashirishni yaxshi ko‘rar edi. U uchun qizi endi boshqa bir dunyoning odami edi.

J.Park: O‘zini yaxshi tut, qizim. Bu oila bizning o‘rnimizni mustahkamlaydi.

Miele esa faqat boshini egib, hech qanday javob bermadi. Ichida qo‘rquv va norozilik bilan qaynab turardi, lekin o‘zini tutishga harakat qildi. Janob Min uni o‘zining hashamatli avtomobiliga yetaklab olib bordi. Uning yuzida mamnunlik aks etgan edi.

Mashina ichida Miele xayollariga berildi. U yangi hayotga qadam qo‘yayotganini tushunardi, lekin bu hayot unga nechog‘lik mos kelishini bilmasdi. Janob Min esa qizga bir nazar tashlab qo‘yib, o‘ziga xos bir qat’iyat bilan mashinani boshqarar edi.

Ular uzoq yo‘l bosib, Janob Minning ulkan, saroyga o‘xshash uyiga yetib kelishdi. Uyning oldida xizmatkorlar saf tortib, yangi kelinni kutib olishga tayyor turishardi. Miele mashinadan tushar ekan, atrofga bir nazar tashladi. Bu yer, shubhasiz, hashamat va qudratning timsoli edi, lekin unga juda begona tuyuldi.

Uy

Janob Min va Miele ichkariga kirishdi. Uy ichida hashamat va ulug‘vorlik hukmron edi. Marmar zinapoyalar, oltin naqshli devorlar, ulkan qandillar... Bu manzara go‘yoki ertakdan olingandek edi. Lekin Miele uchun bu faqat sovuq va begona dunyo edi.

Janob Min qadamini sekin bosib, Mielega qaradi. Uning nigohi sovuq, lekin bir oz yengillashgan ko‘rindi. Bir lahza sukutdan so‘ng u past, lekin qat’iy ovozda gapira boshladi:

J.Min: Miele qizim, sen bugun ko‘p narsani o‘ylagandirsan. Lekin men senga haqiqatni aytishim kerak. Sen aslida menga qiziq emassan. Mening xotinim va o‘g‘lim bor, va bugun men senga uylanmadim.

Miele ko‘zlari katta-katta ochilib, unga tikilib qoldi. Uning yuragi tez-tez ura boshladi.

Miele: Nima?

Janob Min esa kulimsirab davom etdi:

J.Min: Senga bugun mening o‘g‘lim Kim Taehyung uylandi. Sababini bugun aytmayman qizim, hammasini oʼzing tushunib yetasan.

Fleshback:

J.Park: Ishonchingiz komilmi, Janob Min? Bu reja amalga oshadimi?

Janob Min boshini sekin qimirlatib, qat’iy ohangda javob berdi: Ha, albatta. Faqat qizingiz rozi bo‘lsa bo‘ldi. Park, o‘g‘limni bilasan. 30 yosh, lekin hanuz uylanmagan. Har xil fohisha qizlar bilan yuradi. Bu faqat mening emas, butun oilamizning obro‘siga dog‘ bo‘lishi mumkin.

Janob Park hech narsa demadi. Janob Min davom etdi:

O‘g‘lim Taehyung bir fohisha qizni sevib qolgan. Uni sevayotganini bilaman, va qiz ham undan ko‘z uzmaydi. Lekin men o‘g‘limning fohishaga uylanishini xohlamayman. Bu mening uchun haqorat. Shuning uchun, Park, sendan yordam so‘rayapman. Faqatgina qizingiz Miele bu nikohga rozi bo‘lsa, men Taehyungni bu botqoqdan olib chiqib ketaman.

Janob Park hech narsa demadi. Janob Min davom etdi:O‘g‘lim Taehyung bir fohisha qizni sevib qolgan. Uni sevayotganini bilaman, va qiz ham undan ko‘z uzmaydi. Lekin men o‘g‘limning fohishaga uylanishini xohlamayman. Bu mening uchun haqorat. Shuning uchun, Park, sendan yordam so‘rayapman. Faqatgina qizingiz Miele bu nikohga rozi bo‘lsa, men Taehyungni bu botqoqdan olib chiqib ketaman.

Janob Park bir lahza sukut saqladi, keyin asta bosh irg‘adi.

J.Park: 30 yillik do‘stligimiz haqqi uchun yordam beraman, Min. Lekin Miele... Uning roziligi oson bo‘lmaydi.

Janob Min jilmayib, yon cho‘ntagidan sigaret chiqarib, uni yoqdi.

J.Min: Men uchun faqat natija muhim. Sen qizingni ishontirishning yo‘lini topasan. Mening oilamni qutqarishim kerak.

Bu reja ikki do‘stning uzoq davom etgan do‘stligini sinovdan o‘tkazadigan nozik bir pakt edi. Janob Park og‘ir bir nafas olib, bosh irg‘adi.

Comeback:

J.Min:Bilaman bu holat sen uchun gʼalati tuyulishi mumkin ammo, men senga bu haqda hozir ayta olmayman, vaqti kelganda hammasini aytaman.

Miele javob qaytarishga ulgurmadi, chunki zinapoyadan oyoq tovushlari eshitildi. Taehyung sekin pastga tushib kelar, har bir qadami bo‘shliqda aks-sado berardi. Uning yuzida beg‘am tabassum, ko‘zlarida esa qiziquvchanlik bor edi.

Kim Taehyung (30 yosh).

Zinapoyadan pastga tushgan Taehyung sovuq ohangda gap boshladi:

Taehyung:Dada, bu kim?

Janob Min xotirjam javob qaytardi: Bu seni xotining, tanish. Ismi Miele. Yoshi 16 da.

Taehyung Mielega boshdan oyoq qarab chiqdi. Bir lahzalik sukutdan so‘ng, u jilmaymasdan dedi:

Taehyung: Yaxshi, lekin meni sevganim bor, dada, bilasiz-ku.

Janob Min qoshlarini chimirgan holda gapni keskin ohangda davom ettirdi: U fohisha haqida gapirma. Bu qizning oldida uning nomini tilingga olma. Miele haqida gapirganda hurmat bilan gapir. Shuni yodingda tut.

Taehyung esa kulib javob berdi:

Taehyung: Xotinim juda yosh ekan va chiroyli.Xoyna xoy bokira qiz boʼlsa kerak.

Uning so‘zlaridagi masxara ohangi hammani biroz noqulay vaziyatda qoldirdi. Taehyung qadamini oldinga tashlab, Mieleni birdan ko‘tardi. Miele hayrat va dahshat bilan uni ko‘zlariga tikildi, lekin biror so‘z aytolmadi.

Taehyungning qilig‘ida biroz beparvolik, biroz dangalchilik sezilardi. U qizni ko‘tarib, zinapoya tomon yurib ketdi.....

3-qism tugadi.

Xato va kamchiliklar uchun uzr.