July 30, 2025

Step mommy

1-qism.

Hayot hech qachon hech kimga rahm qilmaydi xoh u yosh bo‘lsin xoh qari. Bu ibora Jeon Yujinning hayot falsafasiga aylangan edi. Uning yuragida hech qanday mehr qolmagan u atrofdagi har bir insonni faqat qudrat va qo‘rquv orqali boshqarishni bilardi. Yujin ko‘pchilik uchun itdan battar manyak ayovsiz qotil edi.

Uning uyi hech qachon osoyishta bo‘lmagan. U qorong‘i sovuq va qo‘rquvga to‘la edi. Ayniqsa bugun... U g‘azab bilan xonasiga bostirib kirdi. Ko‘zlarida yovuzlik chaqnab turardi. Xotini esa devorga suyanib qo‘rquvdan titrardi. Uning ko‘zlari ko‘kargan lablari qonga belangan tanasida ko‘plab ko‘karishlar... Ammo eng og‘iri yuragidagi og‘riq edi.

Yujin bir og‘iz gap so‘zsiz unga tarsaki tushirdi. Xotin qichqirib yubordi. Lekin bu qichqiriq bu devorlar orasida o‘chib ketadigan hech kim eshitmaydigan qichqiriq edi. Bu har doimgidek edi.

Ularning kichkina o‘g‘li Jungkook eshik ortida bo‘layotgan voqealarga befarq qaray olmasdi. U hali juda yosh bo‘lishiga qaramay onasini himoya qilishni o‘ziga burch bilgan edi. U tezda xonaga yugurib kirdi va otasining qo‘liga yopishdi.

— Dada. Iltimos bas qiling.

Ammo Yujin o‘g‘lining ovozini eshitmadi ham. Uning g‘azabi hozir tog‘ni ag‘darishga tayyor edi. U o‘g‘lini bir siltab tashladi kichkina Jungkook esa yerga quladi. U og‘riqdan ilqillardi.

U yana Yujinga intildi. Onasi esa hushidan ketayotgan edi. Uning sochlari taralgan nafas olishi og‘irlashgan ko‘zlari sekin yumilayotgan edi.

Jeon Yujin lablariga sigaret qistirib qattiq nafas chiqardi. Uning ko‘zlarida g‘azab ham nafrat ham hatto pushaymon ham yo‘q edi. Faqat sovuq odamiylikdan mahrum bo‘lgan bo‘shliq. U og‘ir nafas oldi va telefonini oldi.

— Kelinglar... hoziroq.

Oradan bir necha daqiqa o‘tmay qora kiyimdagi ikki yigit uyga kirib keldi. Ular hech qanday savol bermadi. Chunki Yujinning har bir buyrug‘i qonun edi. Xonadagi ayanchli manzara qarshisida Lura xonimni qo‘llaridan tortib sudradi. Ayol ojiz edi. Ko‘zlari ochiq edi.

— Yo‘q... iltimos...
deb zorlandi Lura. Ovozi esa zaif edi. Ko‘kragini bosgan qo‘rquv unga hatto to‘g‘ri nafas olish imkonini bermayotgan edi.

– Oyi.

Birdan xonadan otilib chiqqan kichkina Jungkook dod soldi.

– Oyimni olib ketmanglar OYIJON.

U yugurib kelib onasining beliga yopishdi. Yig‘lay-yig‘lay ovozi bo‘g‘ildi. Uning titragan qo‘llari onasining yirtilgan kiyimlariga yopishgan edi.

— Oyijon iltimos... meni tashlab ketmang...

Ammo Yujin hech narsani sezmasdi. U o‘g‘lini yoqimsiz bir qahr bilan tortib oldi. Jungkook to‘pig‘idan yiqilib tushdi ammo o‘rnidan turib yana onasiga intildi. Yujin esa uni baland ko‘tarib xonasiga olib bordi va eshikni qattiq yopdi. Kalitni buradi.

— Qol bu yerda. Oʻrgan hayot qanday boʻlishini.

Xonada faqat yig‘i qoldi.

Bu orada Lura xonimni avtomobilga sudrab olib chiqishayotgan edi. Uni hozir fohisha bozoriga olib ketilayotganini bilmas edi.

Fohisha bozori bu nafrat va ifloslikdan qurilgan dunyo edi. Lura xonimni qora binoga olib kirishganda uning yuragi go‘yoki to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Bu yerda hech qanday insoniylik yo‘q edi. Bu yerda faqat pul istak va zo‘ravonlik bor edi.

U hali ham umidvor edi. Balki uni olib kelishgan odamlar adashgandir. Balki Yujin hali kechirishga qaror qilgandir. Ammo oradan bir necha daqiqa o‘tmay Yujin o‘zi eshikdan kirdi.

U bir stol ortida o‘tirgan badavlat keksa bir erkakning qarshisiga Lurani itarib yubordi. Erkak og‘ir kuldi va Luraga bir necha daqiqa termulib qaradi. So‘ng Yujinga qarab pul to‘la sumkani uzatdi.

Yujin sumkani olib uni og‘ir tortganday ko‘zdan kechirdi.

Yujin

So‘ng bir qadam tashlab past ovozda:

— Oramiz ochiq. Mana sen xohlagan ayol. Endi u seniki. Lekin... kelishuvimizni unutma. Uzoq yillardan keyin yana uchrashamiz. Va o‘sha kun keladi.

Yuzida muzdek tabassum bilan orqaga burildi. Lura esa ko‘zlaridan yosh to‘xtamay tomayotgan holda orqaga tisarildi. Bu dunyoda u endi hech kim edi. Faqat pul uchun sotilgan ayol.

Bu orada Jungkook xonada yuragini changal qilib eshikni taqillatardi. Uning kichkina mushtlari yog‘och eshikka urilar lekin ovozi hech kimga yetmasdi. Ko‘zlari qizargan burni oqayotgan ovozi bo‘g‘ilgan edi:

— Oyi… meni olib ketma… men yolg‘izman… eshitinglar...

U charchagancha orqaga yiqildi. Titroq tanasini yig‘lab bosolmadi. Yuragida esa o‘sha savol aylanardi: Nega? Nega onamni mendan olib ketishdi?

Ko‘p o‘tmay eshik ochildi. Yujin sokin sovuqqon qadamlar bilan ichkariga kirdi. Ko‘zlarini pastga yerda yig‘layotgan o‘g‘liga tikdi. Ammo bu nigohda otalik yo‘q edi.

— Unga hammasini tayyorlab qo‘ying. Bugun Amerikaga jo‘naydi — dedi u orqasidagi odamlariga.

Jungkook beixtiyor orqaga chekinib dedi:

— Yo‘q... ketmayman... bu mening uyim...

Ammo u hech nima o‘zgartira olmasdi. Yujinning odamlari uni mahkam ushlab mashinaga olib chiqishdi. Jungkook qarshilik ko‘rsatishga urind lekin yuragidagi qo‘rquv otasiga bo‘lgan dahshat uni tilsiz qildi. U faqat jim yig‘ladi.

U endi hech narsaga ega emas edi. Onasiz muhabbatsiz, o‘z yurtidan yiroq bir yo‘lovchi edi. Yuzida esa bitta savol: Qachon qaytaman? Onamni yana qachon ko‘raman?..


Yillar... bu yillar unga na tinchlik na kechirim bergan edi. Har bir tong har bir kecha har bir nafas faqat bitta maqsad atrofida aylanar edi: qaytish. Qasos bilan qaytish.

Jungkook oynadan tashqariga termulgancha chuqur nafas oldi. U endi o‘sha kichkina titrab yig‘lagan bola emasdi. Endi uning tanasi to‘liq mushaklardan iborat kuch ko‘zlari sovuq yong‘in, yuragi esa muzdek o‘t edi. O‘zi pichirladi:

— Mana... oradan yillar o‘tdi dadajon.

So‘zlar og‘zidan chiqqani zahoti orqasidan iliq yalang‘och qo‘llar uning mushakli tanasini quchdi. Qizning lablari yelkasiga tegib xuddi mehr bilan uni tutib olgandek bo‘ldi.

— Xayrli tong, sevgilim... — dedi Luna shivirlab uning bo‘yniga yuzini bosib.

Jungkook jilmaymadi. U hech qachon endi chin yurakdan kulmasdi.

— Xayrli tong Luna. Tayyorlan... Bugun Koreaga — uyimga qaytamiz.

Luna (20 yoshda professional fohisha)

Jungkook esa hech nima demadi. Tanaffussiz qattiq yurishda davom etdi. Qiz esa asta sekin yotoqdan turdi. Va kiyinishni boshladi.


Ular Koreyaga etib kelganida osmonda quyosh botayotgan shahar chiroqlari yonib bo‘lgan edi. Aeroportda ularni qora libosdagi quloqchin taqib olgan ko‘zoynakli erkaklar kutib turardi. Ular saf tortib sadoqat bilan bosh egishdi.

— Salom janob. Koreyaga xush kelibsiz.

ularning yetakchisi chuqur hurmat bilan.

Jungkook boshini sal qo‘ydi. Uning yonida turgan Luna esa bu salomda hech qanday samimiyat yo‘qligini bilardi bu qo‘riqchilar unga butunlay itoat qilar edi. Chunki Jungkook endi oddiy bola emas. U jinoyat olamining qorong‘u hukmdorlaridan biri edi.

Ular qora, oynalari qoraytirilgan mashinaga chiqishdi. Mashina yurishni boshladi. Har bir burilish, har bir ko‘cha — Jungkookning xotirasida o‘sha eski og‘riq izlarini uyg‘otardi.

Mashina ichida jimlik edi. Jungkook o‘ziga xos sukunatda, oynadan tashqariga termulgancha past ovozda dedi:

— Dadamning uyi... yana qaytaman. Lekin bu safar boshqa Jungkook bilan...

Uning ko‘zlari qorong‘ulikda yanada sovuqroq chaqnadi. Bu safar u faqat tomoshabin emas edi. U sahnaga chiqqan aktyor edi. U o‘z tarixining davomiga nuqta qo‘yish uchun kelayotgandi.

Qoraytirilgan derazalar ortidan tanish manzara ko‘zga tashlandi o‘sha eski uy. Hali ham mukammal holatda tashqi tomondan zamonaviy ko‘rinsa-da Jungkook uchun bu yer do‘zaxdan boshqa narsa emas edi.

U sekin eshikni ochdi va mashinadan tushdi. Tana tili jimgina o‘q bilan to‘la yurakni yashirardi. Qadamlarida og‘irlik bor edi. Uzoq yillik g‘am alam va yillar davomida yig‘ilgan qasos shu yerga qaytib keldi.

Ammo birdan eshik ochildi. Uy ichkarisidan bir qiz yugurib chiqdi ko‘zlarida vahima yurishida shoshilish bor edi. U orqasiga ham qaramay yugurayotgan edi va... to‘satdan Jungkook bilan to‘qnash keldi.

— Ahh...

1-qism tugadi.
Xato va kamchiliklar uchun uzr.