"You and me"
Park Miele bolaligidan boy va nufuzli oilada o‘sib kelayotgandi. Uning otasi, Janob Park, mamlakatdagi eng yirik kompaniyalardan biriga asos solgan tadbirkor edi. Uning rahbarligi ostida kompaniya gullab-yashnadi, bozorda mustahkam o‘rin egalladi va Parklar oilasi butun jamiyatda obro‘ qozondi. Ammo hayot doim ham rejalashtirilganidek davom etavermaydi.
Bir kuni Janob Park boshqarayotgan kompaniyaning moliyaviy holati birdan yomonlasha boshladi. Dastlab kichik muammolar sifatida ko‘ringan narsa qisqa vaqt ichida katta muammoga aylandi. Yirik investitsiyalar qaytarilmay qoldi, aksiyalar qadrsizlandi va mijozlar ishonchini yo‘qota boshladi. Bu voqealar natijasida kompaniya o‘zining moliyaviy halokat yoqasida ekanligini his qildi. Janob Park buni oilasidan sir saqlashga urindi, ammo uydagi zo‘riqish va noqulay muhit bu sirni oshkor qildi. Miele oila a‘zolarining so‘zsiz nigohlaridan nimadir noto‘g‘ri ketayotganini sezdi.
Moliyaviy tanazzulning oldini olish uchun Janob Park yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. U mamlakatdagi eng badavlat va ta‘sirli insonlardan biri – Kim Taehyungga murojaat qildi. Taehyung, oilaviy biznesni katta muvaffaqiyat bilan boshqarib kelayotgan edi. U biznes olamida nafaqat boyligi, balki sovuqqon va hisob-kitobli xarakteri bilan ham tanilgan edi.
Kim Taehyungning otasi va Janob Park bir vaqtlar yaqin biznes sherik bo‘lishgan. Shu bois, Janob Park unga ishonib, katta miqdorda qarz olishga qaror qildi. Bu qarz Parklar oilasi uchun yagona najot yo‘li edi. Taehyung, boshqa imkoniyatlarni hisobga olmagandek, bu taklifni qabul qildi va kerakli mablag‘ni taqdim etdi. Ammo bu yordam oddiy bir moliyaviy kelishuv emas edi. Taehyungning bu qarz ortidagi haqiqiy niyati vaqt o‘tishi bilan oshkor bo‘lishi kerak edi…
Tae: Janob Park, biz ikkinchi marta uchrashamiz,Siz mendan juda katta qarz oldingiz. Endi esa vaqt tugadi. Sizning kompaniyangiz men uchun muhim emas. Lekin bu qarzni qanday qilib qaytarasiz?
Janob Parkning qo'llari titray boshladi. U boshini ko'tarib, duduqlanib gapira boshladi:
Janob Park: Taehyung janoblari, men... hali vaqt kerak. Men sizga barchasini qaytaraman. Faqat yana ozgina imkoniyat bering.
Taehyungning lablari tabassumga o'xshash bir qiyofaga kirdi, ammo bu tabassum sovuq va rahmsiz edi. U sekin o'rnidan turib, derazaga yaqinlashdi va tashqariga tikildi.
Tae:Imkoniyat? Sizning kompaniyangiz qanday ahvolda ekanligini o'zingiz bilasizmi? Faqat o'zingizga ayting. Bu yerda men bilan gaplashayotganda, sizning raqobatchilaringiz kompaniyangizni qo'lga kiritish uchun harakat qilishmoqda. Siz esa hali ham umidvor ko'rinasiz.
Janob Park indamadi. U Taehyungning har bir so'zida haqiqat borligini bilardi. Ammo bu gaplarni eshitish undan yuragini siqayotgan edi. Taehyung uning sukutidan foydalanib, yana davom etdi:
Tae:Bu kompaniya o'lmoqda, Janob Park. Faqat men uni qutqara olaman. Lekin bu sizga qimmatga tushadi. Sizga bitta taklif bor. Agar siz qabul qilsangiz, kompaniyangiz tiriladi. Agar rad etsangiz, men sizni halokatga olib boradigan so'nggi bosqichni boshlayman.
Jaob Park ovozi titrab so'radi:
nob Park ovozi titrab so'radi:
Nima qilmoqchisiz, Taehyung? Shartlaringizni ayting...
Taehyung yuzini unga o'girib, ohista gapirdi:
Qizingiz, Miele. Uni menga bering,men umga uylanaman. Bu qarz evaziga men sizni va kompaniyangizni qutqaraman.
Bu gapni eshitib, Janob Parkning ko'zlari keng ochildi. U nima deyishini bilmas edi. Bu shunchaki ish bitimi emas, balki uning qizi Miele uchun yomon taqdirning boshlanishi edi. Lekin boshqa yo'l yo'q edi.
Janob. Park: Miele hali 16 yoshda... Bu... adolatdan emas.
Tae: Adolat? ovozi keskinlashdi. — Bu dunyoda adolat qanchalik kuchsiz ekanligini bilishingiz kerak edi. Men sizga tanlov qoldiryapman: kompaniyangizni tiriltirish yoki uni o'zingiz bilan birga halokatga tortish. Qanday qarorga kelasiz, Janob Park?
Uzoq jimlikdan soʼng Janob park chuqur nafas oldi. chunki Bu qaror judayam ogʼir edi va....