November 28, 2025

𝕾𝖎𝖓𝖋𝖚𝖑 (18+)

1- 𝐪𝐢𝐬𝐦.

Kechqurun shom tushishi bilan Mielening hashamatli uyining hovlisi asta-sekin nurga to‘lib bordi. Daraxtlar shoxlari orasiga osilgan mayda yorug‘ chiroqlar butun bog‘ni yulduzlardek yoritardi. Oppoq gilam bilan qoplangan yo‘lak mehmonlarni kutar, shamol esa gul yaproqlarining hidini havoga taratar edi. Bu oddiy tug‘ilgan kun emas — bu Mielening 18 yoshga kirayotgan Malikadek yoshi uning hayoti oʼzgaradigan kecha edi.

Miele zinadan tusharkan uning libosi chiroqlarda yengil jilvalanib turar yuzida esa beg‘ubor tabassum bilan chuqur, sirli o‘ylar aralashgan edi. Hovlidagi hamma nigoh bir zumda unga qadaldi.

Jimin uning qarshisiga chiqdi.

— Miele bugun biz kutgan mehmon keladi — Miele bir zum Jiminga qaradi, ko‘zlari bir zumda jiddiylashdi.

— Jimin… u kim o‘zi?

— Kelganida ko‘rasan. — Jiminning ovozida nimadir yashiringan edi. Sir, ehtiyot, yoki ogohlantirish ajratish mushkul.

Miele stol yoniga yetib borgach, Jimin yana ohista gap boshladi:

— Miele, tergov… qanday ketayapti? — Mielenning tabassumi shu zahoti so‘ndi.

— Bilmayman, Jimin. Lekin ota-onamning o‘limi… tabiiy emas. Bu… tasodif bo‘lmagan. Bu — uyushtirilgan.

Hovlidan o‘tgan shamol shu so‘zlarni eshitgandek daraxt barglarini qattiqroq silkitib o‘tdi. Jimin bir zum boshini egdi.

— Miele… ular juda ko‘p vaqtdan beri bu ish bilan band. Bu juda xavfli.

— Jimin, men bu ishni yarim yo‘lda tashlab qo‘ymayman. Hech qachon.

— Politsiya buni baxtsiz hodisa deyapti, — dedi Miele past ovozda. — Lekin men bunga ishonmayman.

Jimin boshini qimirlatdi, uning yuzida jiddiylik namoyon bo‘ldi.

— Miele, men senga ishonaman. — U bir zum to‘xtab asta davom etdi:
— Bugun Kim amakim keladi. Biz undan yordam so‘rashimiz mumkin.

Shu payt tashqarida yirik faralarning yorug‘i hovlini kesib o‘tdi. Eng qimmat, qop-qora mashina darvoza oldida to‘xtadi. Motorning past, kuchli tovushi hamma narsadan ustun eshitildi.

Eshik ohista ochildi va mashinadan qimmatbaho kostyum-shimda, sokin qadamlar bilan bir erkak tushdi. Nigohi sovuqqina, o‘ziga ishongan, odamlarga pastdan qaraydiganlardan edi. Uning atrofida go‘yo ko‘zga ko‘rinmas hukmronlik halqasi bor edi.

Lekin Miele va Jimin ichkarida suhbatini davom ettirar tashqarida kim kelganidan hali bexabar edi.

Jimin chuqur nafas oldi.

— U yoshligidan Osiyoni qo‘lga olgan hukmdor edi. Uning qoʼlida eng xavfli odamlar agentlar ishlaydi. Uni oʼlmas odam deb ham atashadi.

Bu orada tashqaridagi mehmon zinapoyadan ko‘tarilib, to‘g‘ri balkon tomon yo‘l oldi. U yoshi unchalik katta emas edi, lekin har bir qadamida tajriba, kuch va sovuqqina nazorat sezilib turardi.

Balkonga chiqib, u to‘xtadi. Hovlidagi chiroqlar uning yuziga yarim soyali nur soldi.

— Janob, ana u yerda turgan yigit — Jimin.
Yordamchi boshini engashtirib, pastdagi yig‘ilgan mehmonlarga ishora qildi.
— Mielening tutungan akasi. Uni akangiz Minho asrab olgan.

(Jimin 20 yoshda)

Erkakning nigohi bir lahzaga sovuq yalt etib qo‘ydi.

— Bu qiz-chi?
— Bu Kim Minho janoblarining yakkayu yagona malikasi — Miele.

Erkakning ko‘zlari toraydi. Go‘yo u nihoyat nimanidir yopiq doiradan topgandek.

— Demak… biz qidirgan chip unda.

Yordamchi sekin bosh irg‘ab tasdiqladi.
— Ha shunday, janob.

Erkak labining bir cheti yengil siljidi sekin tabbassum qildi.

— Yaxshi… unga uchrashuv sovg‘asini beraylik.

(Miele)

Shu paytda balkonda kimningdir sharpasi birdan paydo bo‘ldi. U odam go‘yo kimdir uni itargandek, to‘satdan muvozanatini yo‘qotdi va hech qanday ogohlantirishsiz pastga mehmonlar turib turgan hovliga — qulab tushdi.

Pastga tushgan zahoti tanasi bir necha bor qimirlaydi, so‘ng to‘xtab qoldi. Og‘zi ochilib, bo‘g‘iq nafas oldi va lablaridan qizil qon oqib chiqdi — shu bilan uning oxirgi nafasiga nuqta qo‘yildi.

Hovli ichida qichqiriq bo‘lmadi. Aksincha, vahima, ammo keskin tarzda yoyildi. Mehmonlar orqaga bir-ikki qadam chekindi, yuzlari oqarib ketdi. Kimdir qo‘lini og‘ziga tutdi, kimdir qotib qoldi. Hammaning ko‘zida bir xil savol yonib turardi:

"Bu… nima bo‘ldi?"

Miele yuragi gursillab urib ketdi. U qulagan odamni ko‘rdi, lekin hech narsa ayta olmadi. Nafasi qisildi, qo‘llari sovuqlashdi.

Jimin yoniga yaqinlashdi, ovozi past edi.

— Miele… amakim shu yerda.

— Xonim, Muomo bor.

Xodimning bu so‘zi Mielening o‘ylarini kesib tashladi. U birdan o‘zini yon tomonga burdi.

— Men ketdim, Jimin.

Jimin unga yetib olishga urindi:
— Boss? Buncha tez qayerga? To‘xta, men ham boraman—

Lekin Miele allaqachon burilib, zinapoya tomon yugura boshlagan edi. Uning oyoqlari o‘zidan oldin ketayotgandek, yuragidagi savollar uni tezlikka majbur qilardi.

Zinaga yaqinlashganida ikki nafar qora kiyimdagi qo‘riqchi uning yo‘lini to‘sib chiqdi.

— Xonim, bu yerga chiqish mumkin emas.

Miele to‘xtamadi. Nigohi qattiqlashdi, ovozi esa sovuq va hukmron ohangda chiqdi:

— Sen menga nima mumkin, nima mumkin emasligini o‘rgatmoqchimisan?

Qo‘riqchilar bir zum ikkilanib qoldi — Mielening gap tarzi ularga kim bilan gaplashayotganini eslatib qo‘ydi.

Shu payt zinaning yuqori qismida boshqa kimdir paydo bo‘ldi.

Taehyungning eng ishonchli yordamchisi Kai.

— Xonim, — dedi Kai bosh egib, — Sizni Amakingiz kutyapti.

Miele bir zumda tinchlandi ichidagi g‘azab o‘rnini sovuq kutish egalladi. U sekin zinadan yuqoriga ko‘tarildi. Yuragi asta-sekinroq ura boshladi.

Balkonga chiqqach, shamol uning sochlarini ohista hilpiratdi. Balkonda turgan odam orqasida turardi — keng yelka, sokin turish, hech kimga o‘xshamaydigan vazminlik.

Shu u bo‘lsa kerak…

Pov Miele:
“O‘sha vahshiy, psix deb atashgan lekin bir vaqtning o‘zida chiroyli deb aytishgan amakim… shu insonmikan? Qiziq, u meni tanirmikan?”

U bir qadam oldinga yurdi.

Balkonga suyanib turgan erkak sekin orqasiga qaradi. Nigohi sovuq, tanib bo‘lmas, juda chuqur edi.

Miele lablarini sekin qimirlatdi.

— Salom…

---

Taehyung qo‘lidagi qonni artayotib, Mielega nazar soldi.

— Salom, kichkina Malikam.

U sekin qadam tashlab yaqinlasha boshladi. Miele esa joyida qotib turardi.

Taehyung uning oldida to‘xtadi. Uning soyalari qizning yuziga tushdi, o‘rtadagi masofa esa xavfli darajada qisqa edi.

— Yoqimlisan, mitta malika.
So‘ngra u asta masofani tiklab, orqaga bir qadam chekindi.

— Men haqimda bilasanmi?

— Ha, albatta bilaman— Dadam siz haqingizda aytgan. Siz… dadamning biznesini o‘g‘irlagansiz.

Taehyung jilmaymadi. Uning yuzida faqat sovuqqina jiddiylik bor edi.

— Miele… dadang senga noto‘g‘ri gapiribdi. Men — dadangning eng yaqin do‘stiman.

— Lekin siz…

— Seni tug‘ilganingda quchogʼimga olganman.
U shunchaki faktni aytgandek, bemalol gapirdi.
— Malika, bugun tug‘ilgan kuning ekanligini bilmagan edim. Keyingi safar buni o‘rnini to‘ldiraman.

— Kerak emas, — dedi Miele keskin ohangda.

U orqasiga burilib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo shunda Taehyung Mielening bilagidan ushlab qoldi.

Miele to‘xtab qoldi. Taehyung uni oʻziga tortdi, belidan ushladi va — shunchaki unga qarshi turish imkonsiz bo‘lgan hukmron nazari bilan tikildi.

— Malika.
Ovozi past, qat’iy, buyruq ohangida edi.
— Men bilan gaping hali tugamadi.

1- qism tugadi.

(Xato va kamchiliklar uchun uzr.🥂)