May 26, 2025

Marvaridim

1-qism.

Sewrel bu yil 18 yoshga to‘ldi. U chiroyli, aqlli va ko‘plarning havasini tortadigan qiz edi. Har doim yangi narsalarni o‘rganishga qiziqar va o‘zini har tomonlama rivojlantirishni maqsad qilgan edi. Shu sababdan, Angliyadagi nufuzli Vestminster universitetiga qabul qilinishi uni va oilasini benihoya quvontirdi.

Bu kun - Sewrelning birinchi o‘qish kuni edi. Tong otishi bilan u katta hayajon bilan uyg‘ondi. U oʼziga yarshgan zamonaviy libosini kiyib, sochlarini yengil to‘g‘riladi va yuziga tabiiy makiyaj qildi. Ko‘zguga qarab, yuzidagi samimiy tabassum bilan o‘zini tahlil qildi:

—Bugun mening hayotimdagi yangi bosqich boshlanadi!

Sewrel(18 yosh)

Nonushta qilib bo‘lgach, u o‘z sumkasini ko‘tarib, ota-onasi bilan xayrlashdi. Onasi uning peshonasidan o‘pib, gapirdi:

—Sewrel, hech qachon o‘zingga bo‘lgan ishonchni yo‘qotma. Hammasi yaxshi bo‘ladi!

Sewrel boshini qimirlatib tasdiqladi va tashqariga chiqdi. Ertalabki quyoshning iliq nurlari shahar ko‘chalarini yoritib turardi. Sewrelning yuragi biroz tez urayotgan bo‘lsa-da, u o‘zini juda baxtli his qilardi.

Universitet binosi baland va ulug‘vor edi. Qadimiy arxitektura uslubida qurilgan bu joyni birinchi marta ko‘rgan odam hayratga tushardi. Sewrel kirish eshigiga yetib kelganda, chuqur nafas oldi va qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, o‘zini ruhlantirdi.

—Bu faqat boshlanishi, deb pichirladi u o‘ziga.

Eshikni ochib, ichkariga qadam qo‘ydi. Ammo negadir universitet binosi ichida hech kim yo‘q edi. Suvdek sokin bo‘lib turgan bu joy unga bir oz g‘alati tuyuldi. Atrofga alanglab, vaziyatni tushunishga urindi. Shu payt u zalning uzoq burchagidagi bir eshikdan yorqin nur chiqayotganini ko‘rdi.

Sewrel nurga tomon qadam tashladi. Eshikka yetib kelgach, nimadir uni o‘ziga tortayotgandek edi. Yengil titroq bilan eshikni ochdi. Yorqin nur uni o‘rab oldi, ko‘zlari qamashdi va u nima bo‘layotganini tushunmay qoldi. Bir lahza ichida u hushidan ketdi va zulmatga cho‘mdi...

~

Oradan biroz vaqt o‘tib, Sewrel hushamatli yotoqda uyg‘ondi. Ko‘zlarini ohista ocharkan, atrofidagi muhitning go‘zalligi uni lol qoldirdi. Bu joy g‘ayritabiiy edi: devorlari oltin rangda tovlanar, shiftida esa yulduzlar singari chaqnayotgan mayda chiroqlar bor edi. Yotoq juda hashamatli va kattagina edi.

—Bu yer qayer? deya pichirladi u. Sewrel o‘rnidan turib, atrofga qaray boshladi. Biroq bu joy unga notanish va bir oz qo‘rqinchli tuyuldi.

—Men bu yerda nima qilyapman?

Sewrelning hayoliga ming xil savol keldi, ammo javob yo‘q edi. U o‘zini noqulay his qildi, lekin ich-ichida bu joy qandaydir sirli va o‘ziga tortuvchi ekanligini sezdi. Bir lahza o‘tib, eshik ortidan kimningdir qadam tovushlari eshitila boshladi...

1-qism tugadi.

Xato va kamchiliklar uchun uzr.