Doctor...
Bugun men uchun muhim kun. Nihoyat, orzuyim amalga oshadi! Dadam meni nihoyat men xohlagan shifoxonaga olib bordilar va u yerda shifokor bo'lishimni aytdilar. Ochig‘i, bu mening bilimim yoki tajribam tufayli emas edi. Dadam boy va ta'sirli odam, shifoxona boshliqlari bilan gaplashib, meni bu lavozimga olib kirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Men bolaligimda ham shifokor bo‘lishni o‘ylamagandim, lekin dadamning orzusi menga ko‘chdi. Bu sohada men tajribasizman, lekin o‘zimni juda ishonchli va har narsaga qodir his qilaman. Axir, kim menga qarshilik qila oladi? Dadam orqamda turganda, har qanday qiyinchilikni yengishim mumkin.
Ertalab uyg‘onib, oynaga qaradim. “Bugun birinchi ish kunim,” deya o‘zimga kulib qo‘ydim. Oynadagi aksimga bir qarashda, men o‘zimning qanchalik go‘zal ekanligimni his qildim.
Men hech qachon sevgiga ishonmayman. Mening uchun sevgi degani faqat o‘zimni yaxshi ko‘rishdir, boshqalarning hissiyotlari esa meni qiziqtirmaydi. Lekin shunga qaramay, do‘stlarim juda ko‘p. Ularning orasida har doim diqqat markazida bo‘lishni yoqtiraman. Hammani hayratda qoldirish, hammani boshqarish men uchun odatiy hol. Bu mening hayotimning bir qismi.
“Men albatta hammasini uddalayman, Axir shifokor boʼlish uchun ham bir oy tayyorlandim.”. "Uff telefonim qayerda edi".Har doim biror narsa yo‘qotib yuradigan odatim yana yuzaga chiqdi. Nihoyat topdim va xonamdan chiqib, nonushta qilish uchun oshxonaga tushdim.
Dadam oshxonada nonushta qilayotgan ekan, meni koʼrib tabbassum qildi"Mening doktor qizim qani kel'' deb meni ham nonushta qilish uchun taklif qildi.Va gap boshladi:
“Qizim, hammasi yaxshi bo‘ladi. Sen hammasini uddalay olasan,” bu gaplarni dadam menga ishonch bilan aytdi. “Axir men borman. Shifokor bo‘lish senga yarashadi.”
Dadamning bu gaplari menda o‘ziga xos bir ishonch uyg‘otdi. U har doim menga shunday ilhom bag‘ishlagan va o‘zimni dunyoning eng kuchli qizi his qilardim.
Men dadam bilan gaplashib bo‘ldim. Hamma narsa aniq edi: men bu lavozimga loyiqman, chunki dadam shunday dedi. Mashinada shifoxonaga qarab ketayotib, yuzimda g‘alati tabassum paydo bo‘ldi. "O‘ylashlariga yo‘l qo‘ymayman, men faqat chiroyli qiz emasman, bu yerdagi eng ta’sirli odamning qiziman!"
Shifoxonaga yetib kelganimda, ulkan eshiklar oldida xodimlar bizni kutib olishdi. Har kim tabassum bilan qarar, yo‘q, tabassumning ortida ehtirom yashiringan edi. Bu ehtirom menga emas, dadamga atalgan bo‘lsa-da, menga taalluqli edi. Chunki men ularning oldida shunchaki shirin tabassum qilardim va ular yana ham ko‘proq ehtirom ko‘rsatar edi.
Dadam menga qarab qo‘ydi va asta qo‘limni siqib dedi: “Qizim, sen bunga loyiqsan.” Bu gaplarni eshitib, faqat ichimdan jilmaydim: "Albatta, loyiqman!" Bu yer mening o‘zimni ko‘rsatish joyim edi va men hech kimga imkoniyat bermasdim."
Ichkariga kirib, shifoxonaning keng va yorqin zallarini kuzatdim. Har bir burchak mukammallik bilan yaratilganday tuyulardi. Hamma menga qarab jilmayardi. "Ular meni qanchalik hurmat qilishayotganini ko‘rib turibsizmi? Bu shunchaki tabassum emas, ehtiromning o‘zi," deb o‘zimga ichimdan pichirlab qo‘ydim.
Dadam xotirjam bir ohangda: "Hamma joyni o‘z ko‘zing bilan ko‘r. Bu yer senga endi begona emas," dedi. Bu so‘zlar men uchun juda ham ma'noli edi. Axir, bu shunchaki ish joyi emas, bu mening yangi bosqichim edi.
Men bu shifoxonani ko‘zdan kechirdim. Binoning har bir burchagida o‘ziga yarasha bir nafosat bor edi. Hamma narsa zamonaviy, toza va tartibli edi. Shifoxona boshlig‘i menga yaqinlashib, mehmonlarni qarshi olish uchun shifokorlarni yig‘ishayotganini aytdi.
O‘sha zaldagi hamma shifokorlar birma-bir yonimga kelishdi. Ular mendan iliq so‘zlarini ayamay, hurmat bilan qarashardi. Ba'zilari hattoki juda shirin gapirib, g‘oyat muloyim edilar. Ichimdan jilmayib qo‘ydim: "Albatta, hurmat qilishadi-da. Axir kimman men? Dadamning qiziman va bu yerda men uchun har narsa tayyor!"
Ammo menga bo‘lgan diqqatning orasida bir shifokor alohida e'tiborimni tortdi. U boshqalardan butkul boshqacha edi. Ko‘zlarimni undan olib qocholmasdim. U erkak edi, baland bo‘yli, qaddi-qomati bejirim, sochlari esa oltin rangda yaltirardi. Qandaydir maftunkor bir joziba bilan o‘rindiqda o‘tirardi.
Men ichimdan: "Kim bu odam? Bu yerda barchaning ko‘zi menda, lekin men faqat uni kuzatyapman," deb o‘zimga pichirlab qo‘ydim. U o‘zgacha edi. Qandaydir befarqlik bilan atrofga qarardi, go‘yo dunyo uni unchalik qiziqtirmayotgandek. Shunday bo‘lsa-da, u meni qiziqtirdi. Qanday qilib, nega bunday ekanligini bilmasdim, lekin o‘sha lahzada faqat uni o‘ylardim.
Men hamma bilan tanishib bo‘lganimdan so‘ng, dadam kutilmagan bir taklif bilan chiqdi — hammani katta ziyofatga chaqirdi. Bu ziyofat mening shifoxonada shifokor sifatida ish boshlashimni nishonlash uchun edi.
Hamma bayramona kayfiyatda, xonalar bezatilgan, dasturxonlar turli mazali taomlar bilan to‘lib-toshgan edi.
O‘zim ham bir oz hayajondan yuragim tez urardi. Shu kuni men uchun yangi davr boshlandi. Lekin shuncha odam orasida menga eng ko‘p ta’sir qilgan — bu erkak kim ekanligiga qiziqar edim. U boshqalardan farqli ravishda men tomon tinch, ammo qiziqqan nigoh bilan qarar edi.
“Jimin,” dedi kimdir uning ismiga ishora qilib, “u bu yerda yaxshi nom qozongan shifokor.”
Men esa uni ko‘proq ko‘zdan qochirmaslikka harakat qilardim. U menga o‘zgacha ta’sir qilardi — qiziqarli, sirli, hatto biroz o‘ta jiddiy. Ammo ichimda bir nimadir, buni anglash qiyin edi, meni unga yaqinlashtirar edi.
Dadam yig‘ilganlarni ko‘zdan kechirar ekan, meni silkitib dedi: “Bugun sening kuning, SoMin. Yangi hayotga qadam qo‘yding.”
Shu paytda Jimin yonimga kelib, boshini egib salom berdi. “SoMin, siz bilan tanishishdan xursandman,” dedi u.
Men esa jimjimador ohangda javob berdim: “Men ham siz bilan tanishganimdan mamnunman, shifokor Jimin.”
Ichimda esa shunday o‘ylar bo‘lar edi: “Bu yil juda o‘zgaruvchan bo‘ladi, albatta.”
Ziyofatga do‘stlarim ham kelishgan edi. Ular orasida har doim yonimda bo‘ladigan yaqin odamlar bor edi — men uchun ishonchli, samimiy do‘stlar. Lekin bugun ularni yangi bir odam bilan tanishtirishim kerak edi — Jimin bilan.
Ichimda biroz hayajon bor edi, chunki Jimin boshqalar kabi oddiy shifokor emas, u juda o‘ziga xos edi. “Agar do‘stlarim ham uni yaxshi qabul qilsa, men uchun yanada oson bo‘ladi,” deb o‘yladim.
Shunday qilib, men Jiminni do‘stlarim safiga qo‘shmoqchi bo‘ldim va ularni tanishtirdim. “Bu — Jimin,” dedim, “yangi hamkasbim va umid qilamanki, yaxshi do‘st bo‘lamiz.”
Do‘stlarim ham uni iliq qarshi olishdi, ba’zilari kulib salomlashdi, ba’zilari esa qiziqib unga savollar berishdi. Jimin ham o‘z navbatida samimiy edi, ular bilan tezda suhbatlashib ketdi.
Ichimda shunday bir ishonch paydo bo‘ldi — balki Jimin nafaqat hamkasb, balki haqiqiy do‘st bo‘lar. Shunday qilib, bu ziyofat mening uchun yangi do‘stliklar va yangi hayotning boshlanishi bo‘ldi.
Ziyofat ham o‘z nihoyasiga yetdi. Mehmonlar asta-sekin tarqala boshlashdi, lekin hamma mendan: “SoMin, yangi ishingda omad tilaymiz,” deb tabriklarini aytishdan charchamas edi. Bu e’tibor va hayratlarga allaqachon o‘rganib qolganman. Axir men SoMinman, hammadan alohida va boshqalardan yuqoriman.
Dadam yonimga kelib, yelkamdan qo‘lini qo‘ydi:
Bugun hamma narsani zo‘r uddalading, qizim. Endi dam olish vaqti.
Men dadamga xotirjam qarab, bosh irg‘adim. Ichimda esa bir fikr aylana boshladi: “Bu faqat boshlanishi. Men bu yerda o‘z o‘rnimni topaman va barchaga SoMin kimligini ko‘rsataman.”
Bugun shifoxonada hammaning og‘zida bitta gap: chet eldan mashhur shifokor J-Hope keladi! U dunyoga taniqli shifokor bo‘lib, o‘zining zamonaviy davolash uslublari va o‘ziga xos ishlash tarzi bilan mashhur. Men bu yangilikni eshitib, ichimda qiziqish va hayajonni his qildim.
"Bu ajoyib imkoniyat," deb o‘yladim. Axir kim biladi, balki men u bilan yaqindan tanishib, ko‘p narsalarni o‘rganarman. Lekin eng muhimi, men o‘zimni unga ko‘rsatib, qanchalik iste’dodli ekanligimni isbotlashim kerak.
Shifoxona bugun odatdagidan ko‘ra tirband edi. Har yerda harakat, tayyorgarlik, tozalash ishlari olib borilardi. Ko‘rinib turibdi, bu odam kelishini barchasi katta voqea sifatida qabul qilgan. Men esa har doimgidek o‘zimni tamosha markazida his qilardim.
SoMin, J-Hope bilan tanishib, yaxshi taassurot qoldirishing kerak. U bilan suhbatlashib, qandaydir foydali narsalarni o‘rgan. Bu sening martabang uchun juda muhim, — dedi.
Men esa dadamga xotirjam javob berdim:
Albatta, dada. O‘zingiz ham bilasiz, men hech qachon imkoniyatni qo‘ldan boy bermayman.
Ichimda shunday o‘yladim: “J-Hope keladi degani, yana bir mashhur odam meni tan oladi degani.” O‘zligimga bo‘lgan ishonchim yanada ortdi. Bugun mening kunim bo‘ladi!
Shifoxonaga J-Hope kelganida, butun bino hayajon va intizorlik bilan to‘ldi. Men ham uning kelishini kutib, yuragim bir oz tezroq urardi. U haqiqatan ham o‘zining yorqin, ishonchli tabassumi bilan eshikdan kirib keldi.
U bilan tanishish imkoniyati menga nasib etdi. J-Hope meni ko‘zdan kechirdi, so‘ng shunday dedi:
Siz bilan ishlash menga yoqadi, SoMin. Sizda kuchli iroda va iste’dod bor.
Men ich-ichimdan g‘ururlanib, javob berdim:
Rahmat, janob J-Hope. Siz bilan birga ishlash men uchun sharaf.
Shifoxonada uning borligi hammani ruhlantirdi. Har bir shifokor uning yonida yangi bilimlar olishga intilardi. Men ham u bilan birga o‘sishni, o‘z mahoratimni oshirishni orzu qilardim.
Xullas, o‘sha paytda shoshilinch bemor olib kelishdi. U juda qattiq jarohatlangan edi, holati og‘ir edi. Barcha shifokorlar darhol harakatga tushishdi. J-Hope hech ikkilanmasdan bemorga yordam berish uchun aperatsiya xonasiga ketdi. Men ham ortidan ergashdim — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerak edi.
Aperatsiya xonasi tayyorlash uchun shifokorlar shoshildi. Men ham o‘z vazifamni — bemorga narkoz uchun dori yuborishni — tez va aniq bajardim. J-Hope bilan ko‘zlarimiz uchrashdi, u menga kichik bir tabassum bilan boqdi, va biz birgalikda ishni boshladik.
Bu men uchun o‘z mahoratimni ko‘rsatish uchun katta imkoniyat edi. Yuragim tez-tez urardi, lekin ichimda kuchli ishonch bor edi — men buni uddalashim kerak. Har bir harakatim aniq va puxta bo‘lishi kerak edi.
J-Hope bilan birga ishlash menga yangi bilimlar olib keldi, va shu payt ichimda bir narsa aniq bo‘ldi: bu shifoxonada men faqat mashhur shifokor emas, balki chinakam professional bo‘lib o‘saman.
Ammo birdaniga kutilmagan holat yuz berdi — bemorning yuragi to‘xtab qoldi. Yuragim bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ichimda xavotir va vahima paydo bo‘ldi, chunki men bilardim: men bemorga noto‘g‘ri narkoz bergan ekanman, ya’ni uning ta’siri yetarli bo‘lmagan.
J-Hope darhol vaziyatni boshqarishga kirishdi, unga qarab, qandaydir o‘zgarish qilishim kerakligini his qildim. Yuragim ichida og‘ir yuk bor edi, lekin tashqariga hech narsa ko‘rsatmaslikka harakat qildim.
J-Hope qat’iy va tinch ovozda.
Lekin J-Hope juda ko‘p harakat qildi, hammasini amalga oshirdi, lekin afsuski, bemorni asrab qola olmadi. Yurak to‘xtashi ortidan ham kurashdi, ammo hayot o‘z qonunlariga ega edi.
Ichimda chalkashlik va achchiq tuyg‘ular paydo bo‘ldi. Men o‘zimga kelishga harakat qildim. "O‘lgan odam o‘ldi," deb o‘yladim ichimda. Bu voqea uchun ko‘z yosh to‘kishga majbur emasman. Bu mening aybim emas, va uni men o‘ldirmadim.
J-Hope menga qaradi, lekin hech qanday ayblov ko‘zlari yo‘q edi, faqat og‘ir vaziyatni qabul qilish bor edi. Men ham o‘z o‘rnimgacha qaytdim, boshimni baland tutishga harakat qildim.
Bu – hayot, bu – shifoxona. Biz har doim yengib chiqa olmaymiz, lekin har doim sinovlarga tayyor turishimiz kerak.
Biz tashqariga chiqib, bemorning otasiga xabar berdik. U prokuror ekanligini bilardim, yana juda boy biznesmen ham. Hamma bizdan javob kutardi. Yuragim siqildi, lekin yuzimda sovuq yuz ifodasi bor edi.
Bemorning otasi gapni eshitib, birdan J-Hopega yopishib ketdi. Uning ko‘zlarida nafrat va g‘azab yongan edi.
Sen o‘ldirding o‘g‘limni! — deb qichqirdi u. — Men seni yo‘q qilaman! Ishon, seni yo‘q qilaman!
J-Hope barqaror turishga harakat qildi, lekin men uning yuzidagi taranglikni ko‘rib turdim. Ichimda esa qattiq qo‘rqish va g‘azab aralashdi.
Men esa jim turdim, chunki bu gaplar na menga, na unga emas, balki butun shifoxonaga zarar yetkazardi.
Ertasi kuni shifoxonada butun vaziyat yanada taranglashdi. J-Hope’ni qamab qo‘yishdi, uning so‘zlari hech kimga ishonmadi. Men esa o‘zimni oqlash uchun bor kuchimni sarfladim, dadam yordam berdi, lekin bu yetarli emas edi.
Bemorning otasi sudga murojaat qildi va barcha hujjatlarni yig‘ib, ishonch bilan o‘zining g‘alabasini nishonladi. Sudda J-Hope aybdor deb topildi va unga 9 yilga qamoq jazosi berildi.
Men ich-ichimda charchagan, lekin bundan mustahkamroq bo‘lishni o‘rgandim. Dadam yonimda edi, bu menga biroz tinchlik berdi.
Hayot davom etadi, men esa kuchliroq bo‘lishim kerak.
O‘sha mudhish kundan keyin, dadam meni Amerikaga jo‘natib yubordi. U meni yangi hayot boshlashim uchun imkoniyat sifatida ko‘rdi. Yuragim og‘riqli edi, lekin bilardimki, bu yangi boshlanish uchun kerak.
Amerikaga yetib kelganimda, hamma narsa yangi edi — til, odamlar, muhit... Lekin ichimda kuchli iroda bor edi. Men o‘z oldimga maqsad qo‘ydim: oldingi xatolarni unutib, yangi sahifa ochish.
Bu yerda men o‘zim uchun haqiqiy shifokor bo‘lish yo‘lida harakat qilaman. Yangi bilimlar olaman, yangi do‘stlar orttiraman, va albatta, o‘zimni isbotlayman.