𝗚𝗢𝗟𝗗 𝗕𝗘𝗔𝗨𝗧𝗬
1 -qism.
Bugun yilning eng kutilgan voqealaridan biri — “Dunyo go‘zali 2025” (Miss World , 2025) tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu tanlov uchun dunyoning eng mashhur eng go‘zal va eng iste’dodli qizlari bir joyga to‘planishgan. Har biri o‘z mamlakatining go‘zallik nafislik va madaniyat timsoli.
Zal ichida yaltirab turgan chiroqlar sahnani o‘rab turgan oltinrang dekorlar orqa fonda esa hashamatli musiqaning yumshoq ohanglari — barchasi sehrli muhit yaratgan.
Tomoshabinlar orasida mashhur aktyorlar modelyerlar va jurnalistlar joy olgan. Har bir nigoh sahnaga qadalgan hamma eng go‘zal eng o‘ziga xos qiz kim bo‘lishini kutmoqda.
Bir-biridan farqli liboslar nafis yurishlar tabiiy tabassumlar har bir ishtirokchi o‘z jozibasini namoyon etmoqda. Ularning orasida kimdir osmon ko‘kidek sokin kimdir esa yong‘in kabi jazavaga to‘la. Har birining yuragida esa bitta orzu — “Dunyo go‘zali” tojini ega boʼlish.
Zalda havoda hayajon aralash hushbo‘y atir hidi suzib yurardi. Kameralar chaqnaydi olqishlar yangraydi. Sahnaga moderator (Sahna boshlovchisi) chiqayotgan payt tomoshabinlar bir zum jim bo‘lib qoladi bu kecha tarixda eng go‘zal kechalardan biri sifatida esda qolishi aniq edi.
Tanlovga dunyoning turli burchaklaridan 100 dan ortiq go‘zal qizlar kelgan edi — har biri o‘z mamlakatining nafisligi va jozibasini namoyon etishga tayyor.
Sahnada hakamlar stolida nufuzli shaxslar o‘tirishgan edi. Ularning orasida dunyo modasi va biznes olamining yirik nomlari bor edi:
Anna Wintour moda olami ikoni, o‘z o‘tkir qarashlari bilan har bir ishtirokchining uslubini baholaydi;
Lionel Messi, sport olami vakili, qat’iy va adolatli baholar berishga tayyor;
Selena Gomez, san’at va musiqaning yulduzi, tabassumi bilan har bir qizga ilhom baxsh etadi;
Virgil Abloh, moda va dizayn mutaxassisi, yaratganlik va stil jihatidan baho beradi;
Bella Hadid, jahonga mashhur supermodel. U qizlarning yurishlari va sahnadagi o‘zini tutishlarini kuzatardi;
Va eng kutilmagan shaxs — Jeon Jungkook ham hakamlar qatorida o‘tirgan edi.
U boshqalar kabi oddiy hakam emasdi. U bu tanlovga maxsus taklif bilan kelgan edi — chunki u dunyoning eng yirik biznes imperiyalaridan birining egasi edi. Uning kelishning sababi “homiylik” sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da aslida bu tantanali kecha ortida boshqa sir yashiringan edi.
Uning nigohlari sovuq ammo chuqur edi. Go‘yo u bu kechada go‘zallikni emas kimnidir topishni kutayotgandek.
— Hurmatli hakamlar sizning ishtirokingiz uchun minnatdormiz. Endi tanlov rasman boshlanadi!
Musiqa yangradi. Birinchi ishtirokchi sahnaga chiqdi u Fransiyadan edi uzun kumushrang libosda. U ortidan esa dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan qizlar birin-ketin chiqishardi.
Tanlov endi boshlanayotgan bo‘lsa-da kecha allaqachon taqdir bilan yozilgan sirlarga yo‘l ochgan edi.
Jungkook esa qimmatbaho qora smokinda, qo‘llarini chalishtirib har bir chiqishni diqqat bilan kuzatardi. Uning nigohi sovuq edi ammo ba’zida qizlarning biri unga yaqinlashib qarasa — lab burchaklarida bilinar-bilinmas tabassum paydo bo‘lardi.
Bir payt sahnaga uzun qizil libosdagi ishtirokchi chiqdi. U yurarkan nigohini to‘g‘ridan to‘g‘ri Jungkookka qadadi va… unga ko‘z qisib qo‘ydi.
.
.
.
.
Zalda mayin shovqin ko‘tarildi hatto boshqa hakamlar ham kulimsirab unga qarashdi.
Ammo Jungkook jilmaymadi. U faqat sovuqqon nigoh bilan qizni kuzatdi go‘yo bu kichik test uning sabrini sinovdan o‘tkazgandek edi. Qiz sahnadan chiqib ketgach u qo‘lidagi ruchkani stolga ohista urib qo‘ydi.
— Va endi… tanlovdagi oxirgi ishtirokchi...!
Zal jim bo‘ldi. Yorug‘lik biroz pasaydi va sahnaga oq libosdagi qiz chiqdi. U boshqalar kabi yurmasdi — har bir qadami yumshoq ammo ishonchli edi. Uning yuzida beg‘uborlik nigohida esa chuqur sokinlik bor edi.
.
.
.
Barcha nigohlar unga qadaldi. Hatto Bella Hadid ham past ovozda "Bu... Qiz boshqa dunyodan kelgandek " – deb pichirladi.
Jungkook esa joyida qotib qoldi. Uning ko‘zlari keskin o‘zgardi. Yuragida g‘alati hissiyot gup etdi tanish og‘riq, tanish g‘azab…
U boshini biroz egdi, lablari orasidan sovuq tovush chiqdi:
— Senga hali shunday dars beraman...
— Bu yerga kelganingga afsuslanasan.
Zalda hech kim bu so‘zlarni eshitmadi. Lekin Jungkookning yuragida allaqachon bo‘ron boshlangandi — bu tanlov endi oddiy go‘zallik musobaqasi emas edi. Bu kecha taqdir o‘yini boshlanayotgan kecha edi...