December 31, 2025

2025 Sarhisob

by Javohirbek Xaydarov

  • Bu yil yangi texnologiyalar o'rganmadim
  • Atiga 2ta kitob o’qdim (Dunyoning ishlari , 2x2=5)
  • Mashina haydashni urgandim
  • haydovchilik guvohnomasini oldim
  • Bakalavr diplomini oldim
  • Oldingilariga nisbatan ko’proq sayohat qildim (Shahrisabz, Urgut , 2marta Toshkent).
  • Atiga 6 dona sayt yasadim undan 4tasi productionga chiqdi 2tasi chiqmadi.
  • Bazi kunlari tonggi soat 3-4gacha ham kod yozdim.

full description kimgadir qiziq bo'lsa , go down )))


|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|

Endi esa to'liq qaysi oy nima ish qilganim bo'yicha Nimadir bo'rttirib yozmoqchi emasman borini yozaman)

Yanvar:
-BAA dan keldim 2024-yil chala qolgan bazi proyektlarni tugatdim .
-Shahrisabzga do'stlar bilan sayohat qildim .
-Mahalliy companydan ish chiqgandi intervyudan yiqildim o'tolmadim Intervyu reactjs da bo'ldi menda tajriba yetarli bo'lmadi yiqildim , bo'sh qolib ketdim , lekin bo'sh qolgnimda ham kod yozdim va westdev.uz saytimni yasadim.
-STYX degan loyiha ham davom etardi

Fevral: -Bu oy men uchun bir tomondan depressiya bir tomondan yaxshi bo'ldi kworkdan Dmitry degan brat yozib qoldi wildberries dagi savdoni avtomatlashtirish uchun tizim yasayapti ekan loyiha nomi BBZ u bilan ishlagan dasturchisi rus yoki ingliz tilini bilmas ekan muloqot qilolmayapti ekan , matn bilan muloqot qilish esa qiyinchilik tug'dirayapti ekan . sayt da buglar bor va featuerlar qo'shish kerak . kodni ko'rib adashib qolgan edim. props props props props bo'lib ketgan componentlarni nomi bir xil , xullas juda qiynaldim , xullas u aytgan featurelarni qo'shib berdim ishimdan ko'ngli to'ldi birga ishlab boshladik.
-Haydovchilik darslariga borib boshlagandim
-Latviyadan bir loyiha chiqgandi kuchuklarni saqlash bo'yicha ekan u ham dasturchi ekan meni kodimdan ko'ngli to'lmadi birga ishlamadik.
-STYX degan loyiha ham davom etardi

Mart:
-O'zimcha soqqa qilaman dedim birovdan ish olib boshqa dasturchiga berdim. dasturchi ishni boshladi va kelishilgan summani yarmini so'radi men clientdan so'radim client ertaga ertaga deb shunchaki meni bloklab tashladi . dasturchiga cho'ntagimdan pul berdim.
Crypto bo'yicha bir loyiha chiqdi nuxt 2 da uni qilib boshladim
-BBZ loyihasi davom etardi ,yangi featurelar qo'shilib borardi
-STYX degan loyiha ham davom etardi

Aprel -Har yili ananaga aylanganidek bu yil ham do'stlarim bilan tog'ga keyin oilam bilan Urgutga sayohat qildim.
-Telegram gifts bo'yicha twitrs_bot loyihasini qildim .
-Oracle loyihasi ham davom etardi
-Aprel oxirida westdev.uz saytimni ko'rib bir else digital kompaniya egasi yozib qoldi bizga biznes korparativ sayt kerak deyishdi saytni ko'rdim o'zimga yoqdi narx va muddatlarni kelishdik aprelni oxirida ishni boshladik.
-Toshkentga aylanib keldim Sirojiddin Xursandlarni oldiga . bundan tashqari o'zimni yangi yo'nalishda sinab ham ko'rmoqchi bo'ldim cabin crew likda . imtihonidan o'tolmadim. lekin o'zimdan siqildim sabab bilimim kamligidan lekin kirolmaganimga achinmadim keyinchalik bu aviakompaniya o'z faoliyatini o'zbekistonda to'xtatdi.

May

-BBZ loyihasi davom etardi ,yangi featurelar qo'shilib borardi
-Oracle loyihasi ham davom etardi
- else-digital.ru ni ham qilib borardim juda qiynalarim animatsiaga bir animatsiani qilish uchun bazida 3 kun vaqtim ketardi . ko'p siqilardim . yegan og'iz uyalar deganidek pulni olib qo'yganman majburman qilib berishimga. u menga ishonch bildirgan .
-May oyi futbol o'ynab oyog'imni pastki qismini sindirib olgandim u aynan tug'ilgan kunimga to'g'ri kelgan edi lekin bu siniq oyoq ishimga tasir qilmagandi)))
-Avtomaktabga darsga ham borardim. Iyun -BBZ loyihasi davom etardi ,yangi featurelar qo'shilib borardi
-Oracle degan loyiha ham davom etardi
-Avtomaktabga darsga ham borardim
-Else degan loyiha ham davom etardi

Iyul -BBZ loyihasi davom etardi ,yangi featurelar qo'shilib borardi
-Oracle degan loyiha ham davom etardi
-Else degan loyiha ham davom etardi
-Avtomaktabga darsga ham borardim . Imtihonlar ham shu oyda bo'ldi .
Imtihonga kirishdan oldin men orginal passportimni yo'qotgandim boshqatdan passport tog'irladim unga 1million ketdi . Nazariy imtihondan oson o'tdim 4 minutda topshirib chiqdim . savollarni yodlab kirgandim. Amaliy imtihonda esa 4 minutda 1million sumni yo'qotdim. yiqildim hayajon sabab juda qattiq alam qilgandi keyin qayta tayyorlanib , juda oson o'tgandim. lekin uni kayfi boshqacha bo'lgandi chunki qiynalib erishgandim.
-Universitetda diplomni ham aynan shu iyul oyi olgan edim.


Avgust

-BBZ loyihasi davom etardi ,yangi featurelar qo'shilib borardi
-Oracle degan loyiha ham davom etardi
-Else loyihasi esa juda cho'zilib ketgandi bu loyihada qolganlariga nisbatan ko'p energiya va depressiya bo'lgandi .

Sentabr

-BBZ loyihasi davom etardi ,yangi featurelar qo'shilib borardi
-Oracle loyihasida biroz to'xtash bo'ldi
-Else loyihasi vanihoyat productionga chiqgandi lekin keyinchalik yana featurelar yangi pagelar static malumotlar bilan to'ldirardim


Oktabr
-BBZ loyihasi pauza bo'ldi . ularning biznes rejalari o'zgaribdi keyinchalik qayta davom ettiramiz dedi.
-Oracle loyihasi nuxt 2da yozilgan unda men Lead edim 6ta odamni kodini merge qilardim. u yerda 6 xil navbar , input , button bor edi va loyiha nuxt 2 da edi , 612ta componentni 60 soat vaqt ichida nuxt 3 ga o'tkazdim AI yordamida albatta , nuxt 3 composition api typescriptga o'tkazdim , loyiha ancha tez va barqaror ishladi.
-Else loyihasiga esa yangi team memberlar contentlar yuklab borardim
-Else ga o'zi ishga kirgan edim u yerdagi dasturchi kasal bo'lib qolgan ekan afrazues degan loyihada multi lang qilib bergandim

Noyabr -Oracle ham to'xtadi
-BBZ ham to'xtadi
-Else da qilinadigan ish qolmadi
-Oilaviy toshkentga sayohatga borib keldim . Sayohatdan keldim eski client bor edi 2024da ko'p loyiha qilgandik u yana yozib qoldi unga SPK exchange , verstka qilib berdim . so'ng Else dagi frontendchi bir loyihaga meni tavfsiya qildi , studfest degan loyihaga Noyabr to'liq shular bilan ishladim.


Dekabr Bu oyni to'liq studfest bilan o'tkazdim bundan tashqari SCADA degan suv nasos tizimini ham urganib boshladim shu bo'yicha bir korxonaga ishga kirdim. bundan tashqari online pizza buyurtma qilish saytini ham qildim.
Shu bilan yil tugadi.


Faqat ishladim desam xato bo'ladi , to'y chiqsa to'yga borardim , bundan tashqari dam olishlar o'rtoqlar bilan eski qadrdon team bilan yig'ilishlar . har hafta futbol .
O'zim uchun ideal tanani qurdim.

Bu yildan xulosalarim:
-Kimni qandayligini bilmoqchi bo'lsang pul bilan oldi berdi qilib ko'r bilasan
-Kimnidir o'rtasiga tushma ayniqsa pul mavzusida
-Kimgadir ish bermoqchi bo'lsang yoki kimdandir ish olmoqchi bo'lsang shu ishga ko'zing yetsa , pulni oldindan ol
-Nimagadir masuliyat bilan yondashsang qila olasan
-Og'zaki kelishuv qilma kelishuvlar yozma va rasmiy bo'lsin.

Bu esa meni 1 yillik githubdagi avtiveligim

https://github.com/javokhirbekkhaydarov?tab=overview&from=2025-12-01&to=2025-12-31

2025da 1300 soat atrofida kod yozdim

https://wakatime.com/@javokhirbekkhaydarov

Rasmlar bilan bo'lishmoqchiman.




Taxtaqoracha dovoni Yanvardagi sayohatdan.
Urgut tumani
Taxtaqoracha davoni

May oyi futbol o'ynab oyog'imni pastki qismini sindirib olgandim u aynan tug'ilgan kunimga to'g'ri kelgan edi
bu rasmni esa do'stim tushirgan edi

tug'ilgan kunim edi)

yana urgut sayohati

Samarqanddagi IT sfera uchun tech activity guruh tuzib unda ham futbol o'yinlari tashkil qilib turar edik.
Avgust oyida o'zimni ideal tanamni qurishga erishdim ) 74kg edim . 178sm
else loyiha productionga chiqgandan so'ng bir muzlashgandik )))

Toshkendagi sayohatdan
doimgidek team bilan ko'rishish)