2024 Sarhisob
Bular qisqa katta katta gaplar , to’lig’i pastda 👇
-2ta companydan chopishdi ,yaxshi xulosa qildim 1-da 2 oy 2-da 10kun ishladim
-1ta companyga ishga kirdim , ba'zi sabablarga ko'ra ishlamadim.
- Tillarni urgandim ingliz , rus lekin rus tilidagi bilimimdan o’zim qoniqmayman
- React , Redux ni takrorladim , next js ni urgandim.
- Sertifikat oldim ingliz tilidan B2 , lekin hali uni qayerga ishlatishini o’ylab ko’rmadim
-20+ websaytlar yasadim . Ko’plab tanishlar orttirdim , uzoq muddatli hamkrolar
- 2 marta pulimni ololmadim 1) oldindan kelishmasdan ish boshlavorganim 2) vazifani vaqtida bajarmaganim uchun yarmini bergan edi
- Sayohat qildim BAA ga ✈️
- Bazi jihatda o’zimga achinaman 1ta ham badiy kitob o’qib tugatmadim
Hech qanday narsa oshirib yoki kamaytirilib yozilgan emas barisi shu yilda bo’lib o’tgan voqealar.
Odamlar ishini 4-5 yanvardan boshlashgan bo’lsa men 2-yanvardan boshlagandim). Structura.uz degan loyihani ogandim shuni to’g’irlash bilan boshlagandim yilni Undan so’ng Husan Mamasaidovning my life planner loyihasi uchun oddiy sayt qiberdim . Biroz o’zimni bo’sh qolgandek his qildim astro ni urganishni boshladim uzoqqa obormadim yangi ish chiqib qolgandi. Ish shunday ediki kwork.ru dan kelgan threejs yordamida user saytni scroll qilganda qayiq aylanishi kerak edi , men qildim lekin client bergan model bilan threejs kelishmadi , ish muvaffaqiyatsiz yakunlandi kworkdan buyurtmani rasmiylashtirib qo’ygandik unga aytdim sen qabul qil men pulingni tashlab beraman deb mujik ekan shunde qilib berdi ) . Undan so’ng kworkdan unique.web degan saytga inputlarga validatisiya qo’yib berdim. So’ng Muhammadamin bilan bir loyihada ishladik u loyiha kata edi biz bir qism qisim qilib yasab berib uni qo’yib berardik bahonada chart, socket dagi bilimlarimni yaxshilab oldim . Yanvar oxirlab qolganda kworkdan birov yozib qoldi quasar'da avtobuslarni beletini sotadigan sayt qilish kk ekan. Qildim ishim yoqmadi unga kelishilgan pulni berdi lekin ish to’liq davom etmadi . Umuman olganda meni ishim unga yoqmadi.Bu esa mening yanvar oyidagi githubdagi activeligim
Yanvarda faqat ish emas eski jamoa bilan ko’rishish ham bo’ldi) + universitet darslari ham boshlangandi . Umuman olganda yanvarda maza qilgandim )
Fevralni structura bilan boshladim iphone devicelarda muammo bo’ldi nimalardir o’xshamay qoladimiye ). Keyin eng zo’r sarguzashtlar boshlandi
citron devs degan companydan yozishdi , men apply qilganman ular yozishdi , jamoa zo’r proyekt men uchun katta ko’rib vay b*a devorgandim boshida , keyin moslashib ketdim , ular shu paytgacha ko’rgan kodlarimni orasida chiroyli arxitektura bilan yozilganlaridan biri edi , maza qilib ishni boshladim ish yaxshi ketayapti lekin men tilni bilmayman. Google translate qilib yozishish mumkun lekin gaplashish emas , shunde meeting boshlanib qoldi o’lay agar nimanidir tushunsam yoki nimanidir ayta olsam onalarini emsin devordim o’z o’zimdan narfatlanib ketdim chunki men 10-yil rus tilida she’r yozish darajasiga chiqisam bo’lar edi . Nima bo’lsa bo’ldi dedim rus tili kursiga borishni boshladim. Darslarni 18 fevraldan boshladim. Ingliz tili kursiga ham borishni boshladim maqsad til urganish edi ingliz tilidan fundament bor edi qiynalmadim boshidagi 3-4 oy. Ingliz tilini 15-fevraldan boshladim B1 daraja bilan . endi shu paytlar o’zimga o’zim hayron qolib yuborardim
1) Yangi team bilan ishlayman ular mendan aaancha kuchli tajribali dasturchilar ularga yetishishim kk , norm kod yozishim kk
2) Rus tili darsiga boraman
3) Ingliz tiliga
4) bazida 1 vaqtda 3ta proyektda kod yozishimga to’g’ri kelardi miyam stop berib qolardi . Fevral shunday o’tdi yangi jamoa til urganish. Minde op qarasa yashashga vaqtim qolmagan oy bo’ldi )
Joyi kelardi 16 soatlab kod yozardim.
Novicom.ru degan saytni MuhammadAmin bilan olgandik o’zi birga olmaganmiz 1ta client 1 xil sayt bergan 2ovimizga biz jo’ralar uni nima qildik 1ta saytni ikkovimiz yozib topshirib berdik endi javobini kutayapmiz. Client yozdi nima men tushunmadim sayt bir xil lekin silarning xatolaring ham bir xil. Endi kulayapmiz kulayapmiz bir birimizga . Uniyam fevralni oxirida olib martda topshirgandik. Martda kworkdan bir o’qituvchi yozib qolidi onine maktabi bor ekan ingliz tilidan sayt qilib berish kerak ekan 1 haftada qilib bergandim kworkdan zo’r sharh yozib ishimdan ko’ngli to’lgandi . Mart oxirlab bordi Men rus tili ingliz tili darslarida o’zimdan 10 yosh kichiklar bilan o’qib yurardim bazida alam qilib ketardi. Citron bilan ishni aprelgacha tugatdik men ularning talablariga mos kelmaganim aniq
1) tilni bilmayman
2) yaxshi arxitekturada kod yozmayman , lekin 2 oy ishlab o’zimga zo’r tanishlar va tajriba ogandim , 2 oy 1ta loyihada ishlab )
Yana eng qizig’i men martda dam olishgayam vaqt topganimda borku ) . TEAM bilan iftorlik , har hafta futbol, til kurslari.
Aprelni boshida novicom saytini 2 versiyasini qilib berdim. Bo’ldi shu bilan eee 15 aprelgacha bekor bo’ldim . shu paytiyam structura.uz tugamagandi bazi joylarini bug fix qilib berdim
15 apreldan keyin Moldavada webdev global degan company bilan ishlashni boshladim
ishni 18 yoki 19-aprellarda boshladim . Ko’p ishlamadim
-sababi yaxshi arxitektura bilan kod yozmaganim
- to’liq vaqt sarflamaganim
-kodimni birov tushunmagani
- jamoaga mendan kuchli frontendchi kelgani men tan olaman u mendan ancha kuchli edi bahonada undan FSD (arxitekturani urgangandim)
shu davrda ishim 8 soat full time , Universitetim boshlangan. Menda yana 2ta til kursi bor. Yo Xudoyim devorardim ). + Futbolga ham borardim.
Odatda kunim qanday o’tardi ertalab 6da turaman dars 8da yetib borib , til kurslarini darsini qilaman, so’ng ishlayman . keyin dars tugab kursga boraman undan kechga kelib ujndan keyin ishlayman 11-12gacha yana 6da turib ketishim kerak.
Aprelda o’zimga ham vaqt ajratganmane 🤣
Jo’ralar bilan tog’ga borgandik 2kunga)
O’qishdan chiqib bazida Registonda turistlar bilan ham gaplashardim
May:
May oyini depressiya bilan boshlaganman)
ish , o’qish , kurs , hayot
May..........
Esiz, bolalikni qoldirib ortda, Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda. Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda, Umr o‘tmoqdadur, umr o‘tmoqda.
webdev global companyasi ochiqchasiga aytdi coding menga yoqmadi men buni yangi kelgan dasturchiga beraman. Seni kodingni ishlatmayman lekin 10 kunlik ishlagan pulingni beraman , men xo’p deyishdan boshqa variant qolmagandi
xulosa shuki
Sen zo'r kadr bo'lmasang seni o'rningni sendan zo'ri kelib egallaydi
May oyida Husan Mamasaidovni pulni boshqarish ilmiga oddiy sayt yasab berdim so’ng eski client da telegram web-app qilib berdim UI ni yasadim uni o’zi api ulagan. Keyin may oxirlashganda Ozarbayjonlik brat yozib qoldi qoq abetda endi uxlayman deganimda kworkdan notification keldi zing zing etib . 30 minutlar muhokama qilib saytni htmldan nuxtga o’tkazib berishni kelishdim 7kun edi adashmasam muddat keyin o’tkazib bergandim client xursand )
Mayni oxirida dam oldim ) yani eski qadrdonlar bilan ko’rishdim , har hafta futbol mayni oxirlarida Dima degan rus brat yozib qoldi hali qilib ko’rmagan o’yinimni aytdi yani user sharga click qilsa u animatsiya bilan yorilishi kerak. Dangal aytdim qilib ko’raman lekin qo’rqayapman oldin qilmaganman may shunchaki u bilan gaplashish bilan o’tdi ish iyunda boshlandi.
Iyun:
Iyun uxlashlar oyi bo’ldi 2marta uxladim )
aniqrog’i 1tasida uxladim 2-sini talabini vaqtida bajara olmadim summani yarmini berdi
bu oyda bubble games bilan ishladik zo’r bo’ldi kutganimdan yaxshi natija chiqdi Yanvar oyida tez pay companyasiga ishga topshirgandim Iyunda interview bo’ldi interviewdan o’tdim keyingi masalalarda biroz kelishuv to’g’ri kelmadi ishlamadim , interview zo’r bo’ldi kamchiliklarimni shartta shartta aytdi maza qildim. Tavfsiya berdiki nimanidir urgansang chuqur urgan ich ichiga kirib urgan.
pro-code.tech saytiga yana o’zgartirishlar kiritib berdim . structurani ham bug fix qildim yangi featurelar qo’shdim shu bilan oyni yakunladim.
Iyul
bu oyda olgan saytimni tugatdim trendvi.ru ni xatolarimdan xulosa qildim . Bubble gamesga o’zgartirishlar kiritdim. Rus tili va ingliz tili darslari yuqori darajaga chiqgandi brogan sari qiyin bo’lib borardi
eski client saytida bug bor ekan shuni bugfix qilish uchun soat tungi 3gacha ishlagandim )
bazida shunde bo’lib tayyorlanardim darsga )
Rus tili darslarini to’xtatdim , sabab => ko’p vaqt ajratmayapman , ulgurmayapman. Domlam o’zimdan kichik , yosh taqsimoti , karochchi bahona to’la)
Iyul da structura.uz ni 8 oy deganda topshirdim
Avgust
o’zimga o’zim yilni yarmi allaqachon o’tib ketdi endi norm ish qilishim kerak deb , kworkdan bir kishi yozib qoldi turar joy web-sayti htmlda yozilgan uni nuxtga ko’chirib api ulash kerak seo qilish kerak deb davay qilaman deb oldim kelishdim qilib berdim saytim o’zimga yoqdi
https://investments-anapa.ru/
So’ng feentv degan web-appni yasab berishni boshladim undan oldinroq my family degan sayt shunde qilib avgust ham tugab qo’ydi dam olishgayam vaqt topilgan )
men kinolar ham ko’rardim inglizcha bir kinodadan mativatsiyalanib ketib trenerofkani boshlagandim aniqrog’I comeback )
24 avgustda boshladim o’zimga o’zim limit qo’ydim mashetgacha deb
deyarli har kuni mashq qilardim oxirgi patxotlarda 3-4 da o’lib qolardim charchab boshlanishi shunday bo’lishini bilardim va davom ettim
Sentabr Darslar brogan sari qiyinlashib borayapti ) vaqt kam sertifikat olib qo’yish kerak ko’ngilni tinch qilish degan hayol bor endi sentabr oktabr ishlamayman ingliz tilimni kuchaytiraman degan men , pul o’lsin deyarli har kuni ishladim ). 3-4 t sayt qildim lekin bittasidan client aniq mamnun emasligini bilardim saytni rostdan trash yasaganman o’zimgayam yoqmaydi. Uyam ochiqchasiga aytdi norm ishlamayapsan men bo’ldi tushundim deb fikrni bir joyga qo’yib yaxshilab topshirgandim . keyin eski client yana bir web-app yasab berishimni so’radi uni yasadim shunde qilib oyni tugatdim bahonada 1 hafta univerda ham o’qidim. Trenerofka qilishda davom etardim nagruska bo’layotganini sezardim vazn tashavordim rement eng oxiriga kelib qolgandi ). Baribir to’xtatmadim shunde qilib oyni yakunladim
Endi rostakamiga so’zimni ustidan chiqdim ishni kamaytiraman dedim shu bilanam ishladimu ) kam
shu paytlar abu-dhabiga ticket olib qo’ygandim 4-dekabr uchun 15-oktabrda ticket olingan xD
sertifikatga tayyorlanishni kuchaytirdim trenerofka qilishni davom ettirdim )
Body history bo’lgani uchun yaxshi natijaga erishdim deb o’ylayman 42-kunda shu result bo’lgandi.
Bu resultga hech qanday fitness zalsiz erishdim )
4 yoki 5 set (подход)
Tilni kuchaytirish maqsadida debatelarga bordim
bu rasmga tushmaganman aytmasdan olingan rasm debateda qarama qarshi tomonni fikrini eslab unga qarshi fikrlar aytish kk edi , o’zimni diqqat bilan eshitayotgandek tutishga harakat qiganman )
oktabr o’tdi imtihonlar topshirildi . ishlar yakunlandi endi o’qish kerak oktabr oxirida univer darslari boshlandi
shu bilan noyabr keldi. Ingliz tilini to’xtatdim shu oyda
Yil tugayapti ticket allaqachon op qo’yganman bu yil IT da hech narsa tayinlik urganmaganman fokusni urganishga qaratdim
reactni takrorladim , reduxni urgandim next js ni urgandim cefr sertifikatni natijasi chiqadigan kun. O’sha kun rostakamiga omadsiz boshlangan kun edi soat 10da imtihonim borligini 9da bildim imtihonga kirolmadim kechikdim asabim buzildi ataylab kirgizmadi soat abetdan keying 3da javob chiqadi deyishgan men javobni kutayapman chiqmayapti soat 5lardan o’tdi men avtobusdaman mygovdan sms keldi linkka bossam o’lsin telfonda ochilmas ekan app download qil dedi e nax deb shartta laptopni ochdim bir akaga ushlab turishini so’radim saytdan tekshirdim minde qarasam B2 level uxx dedim shinde xursand bo’p ketdim ) , keyin yo’lda davom etdim oddiy kundek uyga kirib keldim uydagilarga natijani aytdim , max 1 soat xursand bo’ldim. Keyin kun odatiydek o’tib ketaverdi , bu oyda ishladim fullstack proyektda frontini yozib berdim keyin 1ta web-app qilib berdim shu bilan oy tugadi lekin trenerofka davom etardi ) , o’qish ish deb bazida pauzalar bo’ldi lekin natija yomon bo’lmadi.
Rasmim o’zimga yoqmaydi passportdan olgan, 16 yosh edim)
max ball 75 edi , 65 va undan yuqori C1 level bo’lardi
Uchib ketishimga 4 kun qolgan men soqqa dardida yuribman )
dekabrda ham ishladim 2-3kun tugamagan ishlarni tugatdim , kontraktlarni yopdim , kreditlarni yopdim, hammasini 0 qilib endi chiqib ketaman desam 1-2 kursdagi qarzdor fanlar bor u chiqib turibdi vay b*aaa deb asabim buzildi , keyin uni yopdim . ready to fly bo’lgandan so’ng uchib keldim )
BAA ga keldim aylandim sayohat qildim
rasmlar shu kanalda @javohirbeks_travel
, keyin ishlarga topshirib boshladim , ular chaqirmasa ham companylarga borardim ishga topshirdim keldim interviewga tayyorman deb bezday offislarga kirib borardim. Ular ham bezdek o’zimiz chaqiramiz derdi) bazida 14km lab yurib companylarga borardim abu-dhabi kichik shahar maydoni albatta ) , piyoda shaharni aylanardim new adventure , rasmlar , tanishlar , shaharni urganardim, Dubayga bordim uyoqni ko’rdim.
next js da video call yasadim , umuman olganda dam olishda dam olishga harakat qildim lekin kod yozardim baribir ))
Aqary groupda 3 kun trainee qildim , ularga senior react developer kerak ekan meni darajam unga yetmadi shunchaki 3 kun jamoa bilan ishlab maza qildim va keying yil yurakka tugib qo’ydim , hali qarab tur deb.
o’tkazgan yilimdan mamnunman kutganimdan ortig’ini berdi.
Yil bo’yicha xulosalarim
-urganishdan to’xtama
-qo’shimcha qobiliyatlarni ko’paytir
-ishni sifatli qil
-til urganaverish kerak, tilga bo’lgan nafrat doim minusga ishlaydi
-muomala yaxshi bo’lsa zo’r
-juddayam zerikib ketsang tez yozishni kuchaytir
-sog’liq 1-o’rinda , ko’zni asrash kerak
-har narsaga tayyor turish kerak hatto omadga ham
Bu esa meni 1 yillik githubdagi avtiveligim
2024da 1300 soatdan ko'proq kod yozdim
Bu yil men ko'p narsani o'zimga isbotladim
-uyda shug'ullanib ham natijaga erishsa bo'ladi
-o'zingdan 10 yosh kichiklar bilan o'qisang ham dars qilaverasan
-miya bilan pul topsa bo'ladi
-bu yil bir nimalar topdim , Xudoga shukur
- Qilgan ishlarimni bu yerda topishingiz mumkun @javohirbek_portfolio