May 13, 2025

Qora ko'zlar

"Agar menga sevgi nima deyishsa, men shunchaki latareya degan bo‘lardim. Nega bunday deyman? Xato… buni javobini o‘zim ham bilmayman. Bunga sabab ko‘p, lekin shu sabablarni eslaganim sari ruhim bo‘laklarga bo‘linadi. Bular o‘tmishda qolgan hislar va men bu latareyada g‘olib bo‘lmagan edim. Hozir ko‘z o‘ngimda o‘sha onlar gavdalandi. O‘sha tim qora ko‘zlar."

1-qism

Salqin havoda sayr qilayotgan qiz sovuq tushgani sabab uyga qaytishga qaror qildi. Hali uzoq joyga ketmagani uchun tezda uyga qaytib keldi. Uyga kirishdan avval biroz turganida osmondan tomchi yomg‘irlar tusha boshladi.

~ Ko‘nglim sezgan ekan.

Qiz yuzida ajoyib tabassum tarqadi. Salqin va musaffo havo sayr qilishga arzirli edi. Seulda asosan ko‘p qavatli uylar bo‘lgani sabab qiz ham alohida ko‘p qavatli uyda turardi. Qiz bino ichiga kirib, liftga qaradi. Lift band ekan. Buni ko‘rib, qiz yengil xo‘rsindi.

~ Menimcha, bu menga ham mashq, ham sabrli bo‘lish uchun yana bir ajoyib usul bo‘ladi.

Noiloj qiz sumkasini qattiqroq siqib, zina bo‘ylab chiqishni boshladi. 3-qavatga chiqti-yu kuchi qolmaganini sezdi. Uning yo‘lida esa hali 6 ta qavat bor! Qiz hansirab, devorni ushlagancha 4-qavatga chiqqan onida yonidan yugurib tushgan yigit qo‘lidagi narsalar bilan qizni turtib yubordi.

~ Yo xudoyim!!!

Yigit qizga tegib ketganini sezib, to‘xtadi. Ko‘rinishidan shoshgan yigit qizning e’tiborini tortdi. Bejirim qora ko‘zlar, hayratda turgan yuz ifodasi va mukammal tana qizning e’tiborini tortmay qolmadi. Yigit ham qizga tikilib turardi. Lekin birdan kamqonlik sabab kuchsiz bo‘lgan qizning oyoqlari bukilib, yiqilib tushay deganda yigit narsalarini tashlab, qizni tutib qoldi.

~ Hoy, xonim, sizga nima bo‘ldi?

~ Men...

~ Uyingiz qayerda? Men sizni olib chiqaman. Bu ahvolda siz chiqa olmaysiz!

~ Yo‘q, shart...

Qiz yana gapirmoqchi edi, lekin birdan holsizlanib, yanada bo‘shashib ketdi. Buni sezgan yigit qizni qo‘liga ko‘tarib oldi.

~ Xotirjam bo‘ling, hammasi mening nazoratim ostida!

Qiz gapira olmay qoldi. Chindan ham kamqonlik sabab qattiq hansirab, juda holsizlanib qolgandi.

~ Ismingiz nima?

Yigit qo‘lida kichik jussasi bilan titrab turgan qiz yuziga qaradi.

~ Miizumi...

~ Juda chiroyli ism ekan.

Yigit qizga kulaman deb tirjayib qo‘ydi, keyin buni tushunib, yuzini jiddiyroq tutishga urindi.

~ Aa, haligi, bu xushomad emas. Yana meni noto‘g‘ri tushunmang.

~ Yo‘q, hechqisi yo‘q. Tirjaysangiz ham chiroyli ko‘rinasiz, bachkana emas.

~ Aaa, rostanmi?

~ Ha.

~ O‘zi oyim ko‘p aytardi “Meni o‘g‘lim eng kelishgan,” deb.

~ Ha.

~ Yana bilasizmi, oyim “Sen pazanda, kuchli, kelishgan, aqliy yigitdansan,” derdi.

~ Ha.

~ Faqat “ha” deb javob berish sizga odatmi?

8-qavatga chiqqan yigit yurishni to‘xtadi.

~ Aytgancha, hech bo‘lmasa shu savolimga javob bering, yaxshi qiz! Nechinchi qavatda turasiz?

~ Men 9-qavatda turaman.

~ O‘o‘, men bilan bir joyda turasizmi? Men bugun ko‘chib keldim.

~ Demak, yangi qo‘shni siz ekansiz-da?

Miizumi ancha hansiramay qolganini sezdi. Qornidagi sanchiqlar ham kamaygandi.

~ Sizni ismingiz nima? - dedi Miizumi yigitga.

~ Mening ismimmi? Mening ismim Kim Taehyung. Meni shunchaki Tae deb chaqiring. Sizdek go‘zal qizlarga ismimni erkalab aytishi yarashadi.

~ Nima?

~ Hech nima!

~ Hmm.

~ Mana, keldik.

Tae Miizumini kerakli qavatga olib chiqqanidan so‘ng yerga qo‘ydi. Oyoqlari yerga tekkani zahoti Miizumi birdan ko‘z oldi qorong‘ulashgani sabab yigitga suyanib qoldi.

~ Hoy-hoy, nima bo‘ldi sizga, Miizumi!?

Zaif, oppoq, kichik jussali qiz qarshisida titrab turganini ko‘rgan Tae o‘zini g‘alati his qildi.

~ Issiq choy ichib, shokolad yesam, o‘tib ketadi. Kamqonlik bu.

~ Ha, kamqonlik yomon, zaif qilib qo‘yadi odamni.
Tae kulib, boshini yerga qaratib, oyog‘i bilan yer tepindi-yu bir nima esiga tushgandek hovliqib yuzini qizga qaratdi.

~ Jin ursin, meni narsalarim pastda qolibdi.

~ Nega liftdan foydalangansiz?

Endi ketaman degan Tae Miizumining savolidan to‘xtadi.

~ Shunchaki… pastdagi bir xola “Narsalaring ko‘p ekan, liftni band qilib foydalama, zinadan tushib-chiq,” dedi.

~ U xola qaysi qavatda edi?

~ 1-qavat?