January 16

| 𝑵𝑰𝑮𝑯𝑻 𝑰𝑵 𝑷𝑨𝑹𝑰𝑺 " | 𝟏 - ᴇᴘɪsᴏᴅᴇ

* 𝓸𝓫𝓼𝓮𝓼𝓼𝓮𝓭 𝔀𝓲𝓽𝓱 𝔂𝓸𝓾...🪶

••••

| 𝖯𝖠𝖱𝖨𝖲 - 𝟎𝟎:𝟓𝟗

Parij tunlari uyg‘ongan paytda, shaharning yuragida joylashgan sirli tungi klub yorug‘lik va musiqaga to‘ladi. Eshikdan qadam qo‘ygan zahoti neon chiroqlar, chuqur bass va nafis muhit insonni o‘z domiga tortadi. Bu maskan shunchaki raqs maydoni emas — u erkinlik, zavq va zamonaviy hayot ritmining haqiqiy timsolidir. DJ pulti ortida yangrayotgan musiqalar har bir yurak urishini tezlashtirib, mehmonlarni tonggacha harakatda ushlab turadi.

Ichkarida fransuzcha nafislik va zamonaviy dizayn mukammal uyg‘unlashgan: bar ortidagi rang-barang ichimliklar, raqsga tushayotgan odamlar, kulgi va quvonchga to‘la lahzalar bu joyni unutilmas qiladi. Bu klubda vaqt qanday o‘tayotgani bilinmaydi — har bir soniya xuddi san’at asaridek his qilinadi.

Bu tunining jimjitligida yashiringan mashhur tungi klubdaTaehyung sokin, ammo o‘ziga tortuvchi holatda o‘tirardi. Yorug‘liklar sekin almashar, musiqa esa atrofni yumshoq tebranish bilan to‘ldirardi. U stulga divanga suyangancha, atrofni kuzatar, ko‘zlarida esa chuqur fikrlar aks etardi. Shovqin-suronga qaramay, Taehyung bu muhitda o‘ziga xos sokinlik topgandek.

Qo‘lida ichimlik, nigohi esa rangli chiroqlar orasida yo‘qolib borardi. Uning harakati ortiqcha emas, ammo har bir imo-ishorasi e’tibor tortardi. Klubdagi odamlar kulib, raqsga tushib, tun zavqiga berilgan bir paytda, Taehyung o‘z olamiga sho‘ng‘igandek.

» • » • » • » •

Kutilmaganda klub eshiklari qattiq ochildi. Ichkariga sovuq havo bilan birga bir necha politsiyachi bostirib kirdi. Musiqa to‘satdan o‘chdi, chiroqlar bir zumda yorishdi. Avvaliga hech kim tushunmadi, keyin esa vahima boshlandi. Kimdir joyida qotib qoldi, boshqalar esa chiqish tomonga oshiqdi. Klub ichidagi shovqin bir lahzada qo‘rquvga almashdi.

Hamma politsiyachilarni ko‘rsatib, bir-birini sotgandek gapira boshladi — kimdir barmog‘i bilan ishora qildi, yana kimdir o‘zini oqlashga urindi. Raqs maydoni endi tartibsizlik, asabiy ovozlar va tez yurak urishlari bilan to‘ldi. Ammo shu betartiblik ichida Taehyung vaziyatni tez anglab, yon tomondagi tor yo‘lakdan chiqib ketishga harakat qildi.

U eshik tomon yengil qadam tashlab, odamlar orasidan sirg‘alib o‘tdi. Taehyungda qo'rquv hisi sezilmas biroq unda sirli nimadir yashiringan, qochish bu shunchaki vaziyatni yengilroq qilish uchun.Lekin aynan o‘sha payt orqasidan qat’iy, ammo sokin ovoz eshitildi.

— To‘xta !!!

Taehyung orqasiga qaragan zahoti, politsiya formasida qip-qizil yoyilgan sichli ofitser qiz bilan ko‘zlari to‘qnashdi. Uning nigohi qat’iy, ammo sokin ko'rinardi. Atrofdagi shovqin orasida ham u joyida mahkam turardi. Qiz bir qadam oldinga chiqib, yo‘lini to‘sdi. Shu bir soniyada vaqt sekinlashgandek bo‘ldi — klubdagi vahima, chiroqlar, odamlar hammasi ortda qolgandek.

Qiz Taehyuning ro'parasida joy oldi hech ikkilanmay yon tomonidagi qurolni yigitning peshonasiga tiradi buni ko'rgan Taehyung miyig'ida jilmaygan bo'ldi.

- Palitsiya bosh ofitseri Sofi Bella Wilson, eshitishim bo'yicha bu joy qora doriga aloqasi bor ekan... - dedi ohangida sovuqonlik aks etardi.

- Ho'sh buni menga nima aloqasi bor ofitser xonim - qizning yuziga yaqin kelib ko'zlariga uzoq tikildi

- Xm, qochib ketyotgan insoni nega aloqasi yo'q deb o'ylashim kerak ??? - ko'zlarini kosasida aylantirgancha o'zini ortga oldi - meni chalg'itishga urinma.

- Mendak kelishgan inson va qora dori ??? - biroz to'xtalgach so'zlaridan kulib davom etdi - ha, bu joy meniki ammo.... - ohiriga yetib ulgurmagan so'zlari qarshi tomondan kesib tashlandi

- maynavozchilikni yeg'ishtiring kelishgan yigit bizga manashu club qora doriga bog'liq joyi bor deb aytildimi demak bu bor narsa hozir tintuv o'tkaziladi ana o'shanda barini bilamiz - birdan yigitning nigohlari tundlashdi, Sofi va Taehyung clubning markazi tomon yo'l olishdi

» • » • » • » • » • »

- Ho'sh biror bir narsa topildimi ??? - deb atrofdagi to's - to'palon orasidan nimanidir izlaganday yordamchisiga qaradi

- hozircha hechnima xonim ammo qandaydir yirtilgan paketlarni topdik menimcha bu yerdan qochib ketganlar giyohvand moddalarni o'zi bilan olib ketgan ko'rinadi - qo'rquv bilan gapirdi va yonidagi asabi maksimal darajaga ko'tarilgan qizga qaradi

- yaxshi unda sizlar bu yerni yana tintuv qiling eng mohir jinoyatchi bo'lsa ham o'zidan iz qoldiradi men esa manabu - o'zidan sal orqada keng tabbasum bilan to'paloni kuzatyotgan yigitga ishora qildi - eng keraklisini olib ketaman nimadir bo'lsa menga habar bering...

Sofi, Taehyungning bilagidan yengil, ammo qat’iy ushladi. Uning harakati shoshilinch emasdi, lekin qarshilikka o‘rin qoldirmasdi. Klub ichidagi shovqin ortda qolib borar, sirena ovozlari esa tashqaridan eshitila boshlardi. Odamlar yo‘l ochib berishdi, kimdir pichirladi, kimdir hayrat bilan qarab qoldi. Hamma uchun bu oddiy tekshiruv edi, ammo Taehyung uchun tun butunlay boshqa rangga kirayotgandi.

Ular yorug‘liklarga to‘la zaldan chiqib, sovuq Parij kechasiga qadam qo‘yishdi. Klub eshigi ortda yopildi, musiqa bo‘g‘ilib qolgandek bo‘ldi. Ko‘chada politsiya mashinasi kutib turardi. Ko‘k chiroqlar yonib-o‘chib, asfaltga notekis soyalar tashlardi. Sofi Taehyungni mashina tomon yetaklarkan, nigohi oldinga qaratilgan, yuzida esa hech qanday hissiyot bilinmasdi.

Mashina eshigi ochildi. Taehyung ichkariga o‘tirdi, orqasidan qiz ham joy oldi. Eshik yopilgan zahoti tashqi dunyo tovushlari uzildi. Avtomobil harakatga tushdi. Deraza ortida Parij chiroqlari birma-bir ortda qolardi, xuddi tun ham u bilan xayrlashayotgandek.

Yo‘l davomida sukut hukm surdi. Faqat dvigatel ovozi va vaqti-vaqti bilan radiosozlikdagi shovqin eshitilardi. Ofitser qiz bir lahza unga qaradi, so‘ng yana nigohini oldinga qaratdi. Bu qarashda na g‘azab, na achinish bor edi — faqat vazifa va savollar bilan to‘la sukunat.

Politsiya mahkamasi yaqinlashar ekan, Taehyung bu tun oddiy klub kechasi emasligini tushunib yetdi. Bu faqat boshlanishi

Qorong'ulika burkangan tergov xonasi insoni haqadan tashqari siqib qo'yar bu yerga kirgan inson nafasi ortga qaytib ketadi umidsiz va chorasiz, bo'lishga undaydi.
Atrofda faqat sukunat biroq bu sukunatni qora oyna ortida kuzatib turgan insonlar mavjud. Tanganing ikki tomoni bor degandek bu xonani ham ikki tomoni bor biridan qorquv ila qorishib ketgan sukunat birida esa buni tagiga yetish uchun harakat.

Tergov xonasi eshiklari ochildi, Sofi yigitni to'g'risidan joy olib qo'ladiga hujjatlarni to'g'irlab stol usitdan joy berdi.

- Janob kelishgan, yo'q uzur Kim Taehyung - deb tabbasum qildi va so'zlarida davom etirdi - sizning ustingizdan qora dori masalasida shikoyat tushdi - deb ohangini yolg'on achinishga aylantirdi

- buni qarang taqdir har doim biz bilan turli hil o'yin o'ynaydi ming afsus biz siz bilan yurtdoshmiz men ham siz ham korealikmiz

- ouv shundaymi....unda yurtdoshingizni himoya qilmaysizmi ??? - deb soxta tabbasum qildi.

- bilasizmi men advokatlikni ham bilan, korealik bo'lganingiz hurmati sizga biroz bo'lsada yordam beraman

- qoyil idealik timsolisiz ofitser xonim....

- raxmat, bugunchalik qamoqxonaning sovuq temirlari bilan suhbat qurasiz ertaga esa barini oydinlashtiramiz, hali aniq bir narsa topilmadi shuning uchun bizni nazoratimizda bo'lasiz - deya o'rnidan qo'zg'aldi

- xmmm, bularni bari yolg'on desamchi - o'zini oqlash uchun harakat qildi biroq bu samarasiz qiz uning so'zlariga etiborsiz javob qaytardi.

- buni ertaga gaplashamiz, hayirli oqshom janob kelishgan.... - deb eshikdan chiqishidan oldin havodan bo'sa yubordi va tergov xonasi eshiklar kuch ila yopildi.

- unga yaxshi qarang biz u bilan yurtdosh ekanmiz - katta qadamlar bilan binoning chiqish eshigi tomon borar ekan ortidan ergashib kelyotgan yigitlarga barini chuntirib borardi.

- sevgilim, sen unga juda ko'p etibor berib yubormadingmi nazarimda - sevgan qizini boshqa bir jinoyatchi haqidagi qayg'urishidan alamzada bo'lgan yigit ahiyra ichidagini aytdi.

Sofi eshitgan so'zlaridan to'xtadi va ortiga o'girilib yigitlarga qaradi uning yonida ularga tikilib turgan yordamchisiga ketishini imo qildi, so'ngra to'g'risidagi savol nigohida tikilgan yigitga yuzlandi.

- Taylor gaplaringni o'ylab gapirishing istardim bu meni vazifam sen aqilldan ozdingmi u bilan 40 daqiqa oldin tanishib ulgurdim yana u jinoyatchi bo'lishi mumkin sen qaysi miyang bilan meni unda rashk qilyabsan - deb yigitga qo'lini bigiz qilgancha ko'zlarini kosasida aylantirdi.

- Nega endi rashk qilmay ??? sen hechqachon jinoyatchilarga bu darajaga qayg'urmagansan

- hadingi bil Taylor sen ham aslida shundaylardan birisan qandaydir foxishalar bilan yurasan va meni oldimga kelib o'zingcha rashk qilasan, menimcha seni sevib qolgan paytim pushti ko'zoynakda bo'lganman, bo'lmasa seni... - ohirgi jumlalarida o'zini tiyishga urinib tishini tishiga bosdi biroz jag'i qisildi qo'llarini sochlari orasidan o'tqazgancha yer tepinin binoni tark etdi.

Taylor esa uning ortidan taranglashgan holda kuzatib turdi.

" Bu jinoyatchi va sen orangizga shunaqangi to'g'anoq bo'layki sen ham u ham bu ishda yutqazasizlar "

𝗧𝗵𝗲 𝗲𝗻𝗱...

| 𝓐𝓾𝓽𝓱𝓸𝓻: 𝓢𝓸𝓯𝓲 𝓑𝓮𝓵𝓵𝓪 𝓦𝓲𝓵𝓼𝓸𝓷