October 26

Boytoy

Be mine ?

Episode 1

Katta yoshdagi erkak boshliq eshigi yoniga yaqinlashar ekan , eshikning qarshisiga kelgan vaqt birdan barcha ishtiyoqi yo'qolgandek bo'ldi. Biroz o'ylanib turgandan so'ng ikkilanib eshikni ikki bor taqillatdi. Ichkari xonadan ''Kiring'' degan javob olgan erkak eshikni sekin ochib ichkariga qadam qo'ydi. Ish stolining orqasidagi katta monitorda sitatistikani turgan holda kuzatayotgan qizning asabiyligini ruchka bilan partaga tinmay urushidan aniqlab olish qiyin emasdi. Erkak sekin qadamlar bilan ish stoli oldiga keldi va ba'zi childdagi hujjatlarni stol ustiga sekin qo'ydi. Qiz buni sezgan ekan unga e'tiborini qaratdi.

- Bu arizami ?

- Ha.

- Janob Lee... Nega bu ishga bunchalik qa'tiy turib olganingizga hayronman. Nahotki meni shunchaki tashlab keta olsangiz ?

- Bilasizmi , men 15 yildan beri bu kompaniyada ishlayman. Otangiz boshliq bo'lgan vaqtda ham shu yerda bo'lganimni yaxshi bilasiz. O'tgan 15 yil ichida oilamga vaqt ajrata olmaganimni angladim... Meni tushundingiz nazarimda !?

- Ha , albatta... - u arizani qo'liga olgancha ish stoli yonidagi divanga o'tirdi. Ishdan bo'shash arizasiga ko'z yugurtirib chiqqan qiz yana erkakka nigohini qaratdi. - Yana 1 oy... Qola olasizmi ?

- Xonim...

- To'xtang... - u nigohini pastga qaratdi va xo'rsindi. - Bor yo'gi 1 oy... - u ko'rsatgich barmog'i bilan "1" raqamiga ishora qildi. - Janob Lee... Iltimos.

- Yaxshi... - biroz o'ylanib turgan erkak bosh irg'adi. - Ammo faqat 1 oy. Kelishdikmi ?

- Ha. - u divandan turgan ekan ish stoli tomon harakatlanib qo'lig bir child hujjat oldi va ularning ichidagi varoqlarni birma-bir axlat uchun ajratilgan idishga g'ijimlab tashlay boshladi. - Barchasi sizning arizalaringiz.

- Men ham shunday o'ylagan edim. Siz doim ularni yo'qotdim der edingiz , ammo unday emasligini anglash qiyin emasdi.

- Balki... Men shunchaki bunday yaxshi ishchimni qo'yib yubora olmayman. - u labining chetida kichik kulgu yasab javob berdi - Qolaversa , menda sizdan bo'lak boshqa maslahatchim yo'q. Siz ajoyib amakisiz.

- Balkim...

- Janob Lee. Bunchalik kamtar bo'lmang axir. Qanchalik yaxshi inson ekanligingizni ikkimiz ham bilamiz. - qiz child to'la varoqlarni axlat idishiga uloqtirib ish stoliga qaytib o'tirdi. Bir nechta hujjatlarni ochgan ekan , ularni ko'zdan kechira boshladi - Ketishingiz mumkin... Va aytgancha , ertaga sizning o'rningizni egallovchi kotib uchun nomzodlar keladi. O'zingiz ular bilan suxbatlashib eng mos nomzodni tanlab , shu 1 oy ichida uni ish uchun tayyorlasangiz bag'oyatda xursand bo'lardim. - hujjatlardan ko'zini uzmagan qiz javob berdi.

- Albatta , xonim. - u jilmaygancha xonani tark etdi.

_Qiz esa hujjatlarga bor e'tiborini qaratgan ekan , qo'ng'iroq uning fikrlarini butunlay tarqatib yubordi. Ekrandagi ismga qarab xo'rsingancha yashil tugmani bosdi. "Omma".

- Eshitaman.

- Oh , Sofi , band emasmisan ?

- Gaplaringizga vaqt ajratish uchun yetarlicha bandman... - u biroz xo'rsinib qo'ydi va gaplarini davom ettirdi - Eshityapman.

- Sofi... Bugun dadangning do'sti tug'ilgan kuni uchun ziyofat uyushtiryapti. 19:00. Kechikma!

- Men bandligimni har soniya eslatib turishim kerakmi ?

- Kiyimlaringni haydovchidan jo'natdim. 19:00da Kimlar xonadonida bo'l ! - u javobni biroz ham kutmay aloqani uzdi.

- Hoy !

_Qiz g'azablangancha telefon ekraniga qaradi.

- Jin ursin ! - u devorda osilib turgan soat millariga ko'z qiri bilan qarar ekan , allaqachon 17:40 ekanligini ko'rdi. Qiz telefonini kafti bilan qisgancha o'rnidan turdi va eshik tomon sekin qadam tashlay boshladi. Eshik tutqichiga qo'lini uzatgan ko'yi eshikni ochishga shaylangandi , eshik ortidan kimdur taqillatdi. Qiz eshikni ochib , uzun qora ko'ylak ushlab turgan haydovchisini ko'rdi holos.

- Hayrli kun xonim , buni sizga yuborishgandi. - u ko'ylakni qizga uzatdi va qo'lidagi qutini ham qizga tutqazdi - Va buni ham... Men sizni pastda kutaman. - u shunday deya tazim qilib u yerni tark etdi.

_Qiz eshikni yelkasi bilan itarib yopdi va divan yoniga yaqinlashib koylakni uning ustiga asta qo'ydi. Divanga o'tirib qutini tizzalariga qo'ygancha bog'ichini yecha boshladi. Qutini ochgan ekan , uning ichidagi bir juft bazm oyoq kiyimlarini yerga qo'ydi. Oyoqlaridagi oyoq kiyimni yechib , ularni asta kiyishni boshladi.

- Bejirim. - oyoq kiyimga tikilgancha past ovozda dedi.

_So'ng quti ichidagi varoqdag xat e'tiborini tortdi va uni qo'liga olib o'qiy boshladi.

- Bu oyoq kiyimlar sizga yarashishiga umid qilaman. Bazmga ular bilan kelsangiz xursand bo'lardim... - qiz xatni yana qutiga qo'ydi. - Didi ajoyib inson ekan. Ammo o'zini tanishtirmasdn turib xat yozish axmoqlik emasmi ? - u o'ziga-o'zi pichirladi.

_Keyingi daqiqalarda u maftunkor qora ko'ylakni qo'llariga olgancha kiyinish xonasiga kirin ketdi. Vaqt o'tmay u yerdan chiqqan ekan o'z javonlari yonidagi ko'zgu oldiga yaqinlashdi. O'z aksiga biroz tikilib turib telefonini qo'liga oldi va "Jungkook" ismi bilan saqlangan raqamga qo'ng'iroq yubordi. Hech qancha vaqt o'tmay telefon ortidan yigit kishining yo'gon ovozi yangradi.

- Eshitaman ?

- Siz jo'natdingizmi ?

- Sen bilan sir saqlash qiyin... Ha tahmining to'g'ri , bu men edim.

- Axmoqlik. Did bilan tanlangan oyoq kiyim , ammo sizday odam tomonidan. Ayollar oyoq kiyimini ko'p bor olgan va tajribali ko'rinasiz ?

- Oh... Kel bu mavzuda gaplashmaymiz... Undan ko'ra undan oldingi mavzuga qaytsak , u senga yoqdimi ?

- Ha. Ammo uni kiyishni emas , kolleksiyamga qo'yib qo'yishni xohlayapman.

- (