February 13

Oʻyin cheksizligi

9-qism. Nekromexis ovi

Kunning yarmi boʻlishiga qaramay havo biroz sovuq. Quyosh esa bulutlar ortiga berkingancha hammani zimdan kuzatib turibdi. Daraxtlarning nimjon shoxlari esa shamol taʼsirida sekin egilib, barglari havodan sokin yer bagʻriga tushmoqda.

Voltreonni qoʻlga kiritgan Mayaning jamoasi sekin qadamlar bilan oʻzlarining yer ostidagi sokin qarorgohlariga qaytishardi. Belgilangan yer ustida tizilib turib olganlaridan soʻng, doimgidek Damian hammani teleportatsiya orqali ichkariga kiritdi. Hamma holdan toygan va kiyimlariga chang tegib kir boʻlgan edi.

Damian barchadan oldin yuvinish xonasiga ketdi. Maya esa xonasiga kirdi, Rafael ovqatlanish uchun oshxonada qoldi. Nova va Solara jarohatlarni davolash uchun kerakli dorilar turadigan javon oldiga borishdi.

Solara stulga oʻtirib jarohatlangan qoʻli yengini shimarib shilingan joyini achishganligi tufayli puflab ogʻriqni qoldirishga harakat qildi. Nova buni kuzatib turar ekan, javonchadan spirt va bintni olib:
— Jarohatni tozalab tashlash kerak. Yoʻqsa yiringlab ketadi — dedi sokin ovozda Solarani bilagidan sekin tutib, oʻziga yaqinlashtirdi.

Solara tezda qoʻlini undan tortib oldi va:
— Oʻzim qila olaman. Shart emas, rahmat. Sen oʻzingga gʻamxoʻrlik qil hozir — yuz ifodasidan spirt jarohatni yanada achitishidan qoʻrquv bilinib turardi.

— Mayli. Menga ogʻriq qoldiruvchi yetarli. Axir maxluqni menga muxrladingiz — qisqa hoʻrsindi Nova, soʻng qoʻlidagi bint va spirtni javoncha ustida qoldirib, oʻziga tegishli boʻlgan dorini oldi-yu u ham xonasiga tomon gʻoyib boʻldi.

Novaning xonasi oʻrtacha kattalikda boʻlib, uning yotogʻi deraza oldida joylashgan. Devor oʻng tomonida u rejalashtirgan baʼzi yozma qogʻozlar va chizmalar devorga ilingan. Chap tomonda esa shaxsiy shkaf va katta tosh oyna bor.

U biroz oqsoqlanib yurib yotogʻiga oʻzini tashladi va charchoqdan koʻzlari yumilib shu holicha uyquga ketganini sezmay qoldi. U hozir hechnimani oʻylamasdi va tanasiga muxrlangan maxluq ham goʻyoki tinchlangandek uyquda edi. Ammo bu iblis uygʻonsa, uni boshqarish mushkul boʻlishi mumkin. Luna bilan boʻlgan holat Nova bilan ham takrorlanish ehtimoli yuqori...

Tong. Quyoshning yorqin nurlari xona derazasidan kesib oʻtib, Novaning yuziga tushdi-yu uni shirin uyqusidan uygʻotib yubordi. "Yana bir ogʻir kun boshlandi" dedi u ichida. Soʻng istamaygina oʻrnidan turib, joyini tartibga keltirgach xona derazalarini toza havo kirishi uchun ochib qoʻydi.

— Salom quyosh... Bugun yana kech turding — uni hech kim eshitmasada har tong shunday deyishga odatlanib qolgan.

Kiyimlari va sochlarini tartibga keltirib oshxona tomon qadam tashlar ekan hali yana qochib ketgan maxluqni tutishlari kerakligi haqida oʻylasa yanada charchoq bosadi.

Oshxona unchalik uzoqda emas, yaʼni birinchi qavatda. Ularning shaxsiy xonalari esa ikkinchi qavatda joylashgan. U zinalardan tushib borib, oshxonaga kirar ekan stol atrofida barcha hamrohlari yigʻilib nonushta qilishayotganini koʻrdi va oʻzi ham Mayaning yonidagi boʻsh stulni toʻgʻirlab joylashib oldi. Ular allaqachon qandaydir mavzuda fikr almashishni boshlab yuborishgan edi.

Rafael bir zum sukut saqlab jiddiy ohangda gap boshladi:
— Boʻlinib qidirmasak, ikkisini ham qoʻlga kiritish qiyinlashadi.

— Lekin biz boʻlinsak, bitta maxluqni tutish uchun uch kishi zaiflik qiladi — dedi Damian unga qarab.

— Unda shu ikki maxluqni yillab qidiramizmi? Yaxshisi, oʻzingiz shunday yuravering. Men esa maxluqlarni birinchi boʻlib topaman va Boss vaʼda qilgan eng yuqori darajadagi qobiliyatga ega boʻlaman.

— Hh, men shu ishni boshlaganingdan keyin nima boʻlishini tasavvur qila olaman. Xotiraning abadiy boʻladi va men seni dafn marosimingga atirgul olib boraman — hazilomus kuldi Maya.

Rafael biroz asabiylashib Mayaga oʻqraydi:
— Gullarni oʻzingnikiga saqlab qoʻy. Kim halok boʻlishini vaqt koʻrsatadi.

— Rafael, sen faqat vaʼda qilingan narsaga erishish uchun joningni hatarga qoʻymoqchimisan? Biroz gʻalati emasmi? Bu vazifa barchamizga aytilgan va oʻsha sen aytgan qobiliyat hammaga teng taqsimlanadi — suhbatga qoʻshildi Nova ham.

— Agar buni istayotgan boʻlsangiz menda bir gʻoya bor. Men Nekromexisni tutgani boraman. Sizlar esa Zarvadrak haqida maʼlumot toʻplab uni tutasizlar va qarabsizki bizda barcha maxluqlar bor — jilmayib gapni tugatdi Rafael.

Rafaelning bu harakati qolganlarni shubhalantirmay qoʻymasdi. Chunki u doim sokin va biroz ayyor koʻrinishli odam boʻlgan. Hozirgi jiddiy ifodasi esa buning teskarisi edi.

Nega u aynan Nekromexisni qoʻlga olishni tanlab bunday shijoat bilan soʻzlaganining sababi esa maxluq muxrlangan odam Luna. Luna esa Rafaelning suyukli singlisi. Shunday edi, toki maxluqni tutishga faqat eng yuqori darajaga koʻtarilganda ega boʻlish mumkin boʻlgan qobiliyat illuziyalar yaratish va shu taʼsirida oʻldirish mumkin boʻlgan qobiliyat mukofot sifatida taklif etilmasidan oldin. Bu qobiliyat bilan eng kuchli va buyuk jangchiga aylanish mumkin.

* * *

Oʻrmonga yaqin joydagi yogʻoch kichik uy... Tun. Havo ancha salqin. Oy esa zulmatni yoritishga urinar va unga yulduzlarning yorqin jilovlari yordamlashardi.

Rafael uyning siniq derazasidan ichkariga tomon qarar ekan uyda kimdir borligini payqadi. Hammasi u taxmin qilgani kabi silliq ketayotgan edi. Magʻrurlarcha jilmayib, deraza darchasidan uy toʻridagi sharpaga qarata oʻzining zaxarli oʻqidan uzdi. Inqillagan ovoz kelganiga qaraganda aniq moʻljalga tekkan. Soʻng derazani butunlayga bir turtib ochdi-yu ichkariga sakradi. Devor burchagidaki tik oyna qarshisida Luna yelkasidan jarohatlanib bir qoʻlida kichik hanjar ushlagancha unga teskari turganini payqadi. Uning koʻzidagi qoʻrquv aralash gʻazab oynada aks etib, zulmat ichra Rafaelga koʻrinib turardi.

— Hammasini bilaman — ifodasiz unga teskari qarab, katta tosh oynadan uning koʻzlariga shunchaki tikildi va bu qarashlardan aniq bir maʼno topish qiyin edi.
— Bu javobni kutgandim — deya xonadagi sokinlikni uning Luna tomon qaratilgan qatʼiyatli qadamlari tovushi buzib.
— Baribir seni ham oʻldiraman. Barchani. Oʻyindagi ishtirokchilarning barini.
— Bu ham oʻzing uchun emasligini bilmayman deb oʻylaysanmi? — uning ortidan baland koʻtarilgan koʻyi tanasi unikidan dyuyimlar uzoqda edi.
— Meni kimligimni bilmaysan. Buni hech kim bilmaydi. Men... — boshi toʻsatdan ogʻrishini boshlab bir zum muvozanatni yoʻqotgandek boʻldi.
— Men bilaman — uning katta va qattiq qoʻllari ohista Lunaning boshini silab toʻxtadi — sen shunchaki himoyaga muhtoj irkit mushukchasan. Ahvolingga qara, hozir yiqilib tushgudeksan. Juda qattiq boʻlishing shart emas. Undan tashqari senda mana deyarli qolmagan va hozir seni oʻzim oʻldirishim ham mumkin.
— Unda nimani kutib turibsan? — holsizlikdan zoʻrgʻa ovoz chiqara oldi. Qoʻlidagi ogʻir qurol esa tushib nafas olishi qiyinlashib, hansirashi kuchaydi "Zaharmidi bu... Ishlayapti..." — H-hozir...
— Sen odam yeyishing kerak... Sen maxluqsan. Eng soʻnggi darajadagi va men seni tiriklayinmi yoki oʻlikmi, ahamiyatsiz. Xullas seni topshirsam, ular menga eng kuchlisi va taniqlisi boʻlish imkonini berishadi... — dedi Rafael daxshatli jilmayish yuziga yugurib.