February 9

Oʻyin cheksizligi

6-qism. Maxluq aslida kim?

(Hikoyadagi hozirgi vaqt)

— Damian, Rafael va Solara barchasini uddalashadi. Ular bilan biz 5 kishi boʻlamiz. Muhimi maxluqni qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
— Bundan oldin maxluq kim ekanligini aniqlash zarur — dedi Nova dadillik bilan.
— Qanday? Senda biror reja bormi? — soʻradi Maya.
— Albatta bor. Men shunchaki ularni barchasini oʻldiraman. Maxluq esa oʻlmaydi. U qayta tez tiklanish qobiliyatiga ega.
— Nega faqat oʻldirish haqida oʻylaysan-a? Men shunchaki jarohatlashni afzal koʻraman.
— Hh, mayli kettik — dedi-yu bezovtalik bilan eshik tutqichini burab, xonadan chiqib ketti.

Maya esa uni kuzatgancha xona ichkarisida qoldi. Derazadan hamrohlarini kuzatar ekan, ular allaqachon biri shu atrofdagi butalar bagʻriga, biri devor ortiga va yana biri shular kabi berkinish uchun qulay boʻlgan joylarga oʻrnashib boʻlishgan edi. Ular faqat eng yaxshi fursatda Mayaning qoʻl ishorasini kutishadi.

Hamma hotirjam oʻz ishi bilan band boʻlgan bir paytda ularni haqiqiy xavf kutib turganligi hayollariga ham kelmagan edi.

Olivia javondagi kitoblarni ehtiyotkorlik bilan tozalayotgan edi. Uning barmoqlari chang bosgan sahifalar ustidan sirg‘alib o‘tar, yengil hid burniga urilib, ko‘zlarini qisib qo‘yishiga sabab bo‘lardi. Yonida turgan Nico esa unga tikilib qolgandi, lekin Olivia buni sezmasdi.

— Qiziq… — dedi Nico ovozini biroz pasaytirib.

Olivia hayron bo‘lib unga qaradi.

— Nima qiziq?

Nico javob berishga shoshilmadi. U qo‘lidagi kitobning muqovasini ohista siladi, lekin nigohlarini Olivia tomondan uzmadi.

— Sen shu qadar mayin harakat qilasan, go‘yo har bir kitobning yuragi bor va sen uni shikastlamaslik uchun juda ehtiyotkor bo‘layotgandek…

Olivia kulib yubordi.

— Kitoblarning yuragi bo‘lishi mumkinmi?

— Ehtimol, yo‘q. Lekin sen ularga shunday munosabatda bo‘lasan.

Olivia bir lahzaga jim qoldi. U buni hazil yoki oddiy kuzatuv deb qabul qilishi mumkin edi, lekin Niconing ovozidagi g‘alati yumshoqlik uni beixtiyor o‘ylantirdi. U ko‘zlarini undan olib qochib, yana kitoblarga qaradi.

— Yaxshi narsalarga mehr berish kerak, — dedi Olivia yumshoq ovozda.

Nico jilmaydi.

— Demak, men ham mehrimni to‘g‘ri yo‘nalishga sarflayapman.

Olivia yelkasini qisdi.

— Balki. Kimga nisbatan ekanligini bilmasam-da.

Nico unga chuqur tikildi.

— Balki bir kun tushunib qolar…

Olivia uning nigohiga dosh berolmay, sekin kitobni qo‘yib, yangi birini oldi. Shu payt eshik ortida qandaydir shovqin eshitildi.

Nova.

U shunchaki yo‘lak bo‘ylab ketayotgan edi, ammo ichkaridan eshitilgan ohangdor ovozlar qulog‘iga chalinib, beixtiyor to‘xtadi. Behosdan eshik oldida qotib qoldi, lekin tinglash niyati yo‘q edi — gaplar o‘z-o‘zidan qulog‘iga urilayotgan edi.

"Bu yerda nimadir… Boshqacha."

U yengil esnab, eshik tutqichiga qo‘l uzatdi-yu, fikrini o‘zgartirib, yo‘lak bo‘ylab ketdi. Ichkaridagi suhbat esa davom etardi.

Olivia bir kitobni eng yuqori javonga qo‘ymoqchi bo‘ldi, lekin bo‘yi yetmadi. Nico hech qanday gap-so‘zsiz, tabiiy ravishda uning yoniga kelib, kitobni olib, javonga joylashtirdi.

— Har doim yordam bera olaman, — dedi u yengil kulib.

Olivia unga qaradi.

— Rahmat.

Nico bir lahzaga sukut saqladi, so‘ng:

— Sen men uchun faqat kitoblarga shunday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lasan, deb o‘ylardim, — dedi ohista.

Olivia uni tushunmadi.

— Nima?

Nico jilmayib qo‘ydi.

— Hech narsa.

U orqasiga burildi va javonning boshqa tomoniga qarab yurdi. Olivia esa unga qarab qoldi. Ichida g‘alati tuyg‘u uyg‘ongan edi.

Quyoshning issiq nurlari hamon deraza shishasidan oʻtib, ostidagi polni qizitmoqda. Hali beri xonada maxluq kim ekanligi haqidagi oʻylar bilan band Mayaning hayoliga birdan, bir necha kundan buyon hushsiz yotgan Olivier keldi:
— Axir oddiy odam bunchalik koʻp uxlashi mumkin emas... Ular u maxluq ekanligini sir tutishyaptimi? Olivia bu haqida unchalik qaygʻurmayotganini hisobga olganda shunday boʻlishi ehtimoldan yiroq emas... — oʻylab qoldi u derazani kesib oʻtayotgan yorugʻlikka tikilib — Unday boʻlsa... Endi shunchaki uxlab yotishingga yoʻl qoʻymayman, maxluq — dedi oʻziga past ovozda va chap qoʻliga taqilgan smartletni yoqib, uning ishorasini kutayotganlarga xabar berdi.

Soʻngra eshik tutqichini ohista surib tashqariga chiqar ekan, qadamlari yoʻnalishini Olivier yotgan xona tomonga yoʻnaltirdi. Qolganlar boshqa xonalarda baʼzi bir yumushlar bilan band boʻlganliklari uchun hozircha bunga befarq edilar. Ammo Maya va Nova bu paytdan unumli foydalanayotgan edi. Maya u "Boss" deb hisoblaydigan odamga uni xavfsizligini taʼminlashga vaʼda bergani va u Maya kuchli, tezkor, uddaburon boʻlganligi uchun qabul qilgandi. U hali oʻsmit boʻlsa-da, maxfiy ishlarni bajarishda usta, lekin aql borasida hech qachon Novaga teng boʻla olmaydi va aynan shu beqarorligi ularning rejasi fosh boʻlishiga olib keldi. U Olivier yotgan xona eshigini ochishi bilan devor yuqorisiga oʻrnatilgan qizil chiroqcha yonib oʻchib, signalizatsiya ishga tushib ketdi:
— Jin ursin! Demak u aniq maxluq boʻlgan! — deb nima qilishni bilmay bir zum qotib qoldi. Qayergadir qochishi kerak, lekin qayerga?

Serenaning baland ovozi eshitilib, uydagi barcha oʻyinchilar yugurib eshik oldiga kelishdi. Nova buni koʻrib hayratga tushib qoldi. Chunki Olivier allaqachon oʻlganligini bilardi. Endi buni nega unga aytmaganligini oʻylab ichida juda afsuslanardi. Hozir Maya yomon ahvolda boʻlganligi uchun Nova u tomonda boʻlishi kerak, lekin bir tomonda uning begunoh ammo ayni damda gʻazablangan doʻstlari ham bor. U xuddi ikki olov oʻrtasida qolib ketgandek edi.

Olivia eshik oldida sodir bo‘lgan shovqinni eshitib, shoshilinch yurib tashqariga chiqdi. Uning yuragi g‘azab bilan urayotgan edi. Hali ham mayin fe’l-atvori bor edi, lekin bu safar uning ichida yonayotgan olov o‘zgacha edi. Uning nigohlari to‘g‘ri Maya tomonga qadaldi.

— Nima tentaklik qilayapsan? — dedi Olivia tishini tishiga qo‘yib. — Bu qanaqa ahmoqona harakat?!

Maya ham bo‘sh kelmadi, o‘ziga xos ishonch bilan qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirdi.

— Ahmoqona? Sen buni ahmoqlik deb o‘ylayapsanmi? Axir sizlar maxluqni yashiryapsizlar! Olivier oddiy odam emas, shuni ham anglamaysanmi?!

Olivia Mayaning so‘zlaridan battar g‘azablandi.

— Olivier bizdan biri edi! — dedi u ovozini ko‘tarib. — Uni sen emas, biz himoya qilishimiz kerak edi. Sen esa…

Olivia gapini tugatishga ulgurmay qoldi, chunki koridorning narigi tomonida tez qadam tovushlari eshitildi. To‘satdan eshik ochilib, Rafael, Solara va Damian ichkariga kirdi. Ularning yuzlaridan g‘azab yog‘ilib turardi.

— Nima bo‘lyapti bu yerda?! — deya baqirdi Rafael.

Solara Mayani ko‘rib, nigohini undan Olivia, Luna va Nicoga burdi. Ular Mayani burchakka siqib qo‘ygandek edi.

— Bu… qotillikmi?! — dedi Solara hayrat va g‘azab aralash ovozda.

— Mayani o‘ldirmoqchimisizlar?! — deya qo‘shildi Damian ham.

Nico tirjaydi va sekin boshi bilan rad etdi.

— Axir bu juda kulgili, — dedi u past ohangda. — O‘ldirish? Mayani?

Ammo Rafael va Solara uni tinglashmadi. Damian bir zumda hujumga o‘tdi. U qo‘lidagi uzun pichoqni havoda aylantirib, Oliviaga tashlandi.

Luna yashin tezligida harakat qilib, Oliviani tortib oldi va Damianning pichog‘i havoda havoni kesib o‘tdi.

— Ehtiyot bo‘l, — dedi Luna sovuqqina.

Ammo Rafael ham ortda qolmadi. U o‘zining kuchli zarbasi bilan Nicoga tashlandi, lekin Nico undan ham chaqqonroq chiqdi va chapga chekinib, Rafaelning tizzasiga zarba berdi. Rafael turgan joyida titrab ketdi, lekin yiqilmadi.

Solara esa Olivia tomonga yugurdi. Olivia bir lahzaga ikkilanib qoldi. U jang qilishga tayyor emas edi, lekin hozir himoyalanishdan boshqa yo‘li yo‘q edi.

Nova esa bu manzarani jim kuzatardi. U nimadir qilish kerakligini bilardi, lekin ikkala taraf ham unga yaqin edi. U kim tomon bo‘lishi kerak? Mayaningmi yoki Olivia va Niconing?

Kurash avj olayotgan edi. Mayaning og‘zidan yengil so‘kinish chiqdi. U o‘zining rejasini to‘liq bajara olmadi. Olivier haqida ko‘proq bilishi kerak edi. Ammo hozir…

Hozir omon qolish haqida o‘ylash kerak.

Olivia esa oxirgi marta Niconing yonida turganini sezdi. U boshqalar kabi shoshilmagan edi. Uning nigohlari mayin, ammo ichkarida qandaydir sovuq hisob-kitob bor edi.

Damian bir muddat bo‘shashganini sezib, yana hujumga o‘tmoqchi bo‘ldi. U qoq markazga mo‘ljallab pichoq uloqtirdi. Olivia bunga tayyor emas edi. Ammo Nico chaqqon harakat bilan atrofga ko‘z yugurtirdi va yaqinida turgan qalin kitoblardan birini ushlab oldi. U pichoqni bexato tutib oldi—o‘tkir tig‘ kitobning qalin sahifalariga tiqilib, ichkariga chuqur singdi.

— Kitoblar faqat bilimni saqlamaydi, ba’zan hayotni ham saqlaydi, — dedi Nico keskin.

Ammo bu paytda Maya allaqachon harakatga tushgan edi. U hech kimga e’tibor bermay, belidagi to‘pponchani sug‘urib oldi va eshik tomon yugurdi. U bir lahza ham ikkilanmadi—qurolini eshik qulfiga to‘g‘rilab, tortilgan tetikning tovushi bo‘sh xonada aks-sado berdi. Qulf sinib tushdi. Maya eshikni itarib ochdi va ichkariga kirdi. Shu payt Niconing keskin baqirgan ovozi xonani titratdi:

— To‘xta, Maya! Olivier hozir hayot emas!

Olivia joyida qotib qoldi. Niconing so‘zlari ongiga yetib borguncha yuragi tez ura boshladi.

— Nima?! — deya pichirladi u, nigohi Niconing yuzida edi.

Ammo Maya uning ovozini eshitmadi yoki eshitishni istamadi. U xonaning qorong‘u burchagida yotgan Olivier tomon sekin yurib bordi. Uning ko‘zi bir necha kundan beri harakatsiz yotgan tanaga tushdi. Hamma narsa joyida edi: oppoq choyshab, oqarib ketgan lablar, sokin yotgan qo‘llar… Lekin hayot yo‘q edi.
Maya bir zum teskari qadam tashladi. U qattiq seskanib ketdi, yuragi shitirlagan tizzalarida urayotgandek edi.

— Yo‘q… — deya ingradi u past ovozda.

U yana Olivierga yaqinroq bordi, lekin qo‘llari titrardi. U avval bunga ishonmagan edi, ishonishni xohlamagan edi. Ammo hozir…

U mutlaqo harakatsiz edi.

Maya asta yoniga cho‘kkalab o‘tirdi. Bir lahzaga u hamma narsani unutdi. Qanday qilib? U buni qanday payqamadi?
Orqada Olivia qotib turgancha unga qarardi. Niconing so‘zlari, Mayaning reaktsiyasi, xonadagi g‘alati jimlik… Uning ichida qandaydir notanish, salbiy tuyg‘u uyg‘ona boshladi.

— Bu rost bo‘lishi mumkin emas… — deya pichirladi Olivia. Nigohida hayrat va ichki titroq bor edi.

Lekin bu haqiqat...

Olivierning joni allaqachon uzilgan emas...

Xona ichidagi havo birdan keskin o‘zgardi. Hamma narsa go‘yo sekinlashgandek, faqat bir narsani eshitish mumkin edi—Lunaning qaltiragan ovozi.

U yerga cho‘kkalab o‘tirdi, qo‘llarini boshi ikki tomoniga qo‘ydi va xirillagan ovozda takrorladi:

— Kechiringlar, kechiringlar, kechiringlar…

Ovozi shunchalik titrardiki, xuddi hozir butun dunyo unga qarshi chiqqandek edi.

— Men atayin qilmadim… Bu kutilmaganda bo‘ldi… Men atayin qilmadim… Meni aybim…

Olivia qotib qoldi.

U hech narsa demadi, hech qanday javob bermadi. Yuragi og‘riq bilan siqilib borardi. Rangi oqarib, yuzidagi barcha hislar o‘chib ketdi. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas edi.

Nico esa ichida qandaydir og‘ir yuk qulagandek his qildi. Endi hech narsani yashirib bo‘lmas edi.

Maya esa o‘ziga kelolmay, ko‘zlarini qisib, vaziyatni tushunishga harakat qilardi. Kim maxluq? O‘sha mudhish haqiqat birdan ochilib ketgan bo‘lsa-da, hamon bu haqiqat uning ongiga sig‘masdi.

Ammo Nova bu savolning javobini bilib bo‘lgandi. U qotib qolgancha Lunaga qaradi, so‘ng Mayaga istamaygina ko‘zi bilan ishora qildi. "Mana u. Mana maxluq."

Mayaning yuragi bir zumda gursilladi.

Shu payt Damianning jahldan yonayotgan ovozi eshitildi:

— U maxluq ekanligini yashirib yurgan ekan!

Solara va Rafael ham shunday qarorga kelishdi.

— Hamma zarbalarni unga yo‘naltiring! — deb buyurdi Rafael.

Hamma Lunaga qarata yugurdi.

Ammo… U oddiy inson emas edi.

U maxluq edi...

Luna qaltiragancha joyida o‘tirardi. Ammo harakatlar unga qarshi yo‘nalganini sezishi bilan, vujudiga qandaydir instinkt singib keldi. Juda tez! Juda tabiiy! U o‘rnidan sakrab turdi. Harakatlari shunchalik chaqqon ediki, oddiy odamlar uchun uni ko‘rishning o‘zi mushkul edi. Pichoq zarbalari havoda bo‘sh ketdi. Rafael unga yetib borishga harakat qilgan edi, lekin Luna bitta sakrash bilan shiftga yopishib, devor bo‘ylab sirg‘alib, oynadan tashqariga chiqib ketdi. Shu lahzada hamma qotib qoldi.

U qochib ketdi.