Oʻyin cheksizligi
10-qism. Jang
Qadimiy afsonalarga ko‘ra, Drakogrifentaurni yaratish uchun uchta sirli mavjudotning joni va mohiyati birlashishi kerak edi. Ularning har biri o‘ziga xos kuchga ega bo‘lib, faqat to‘g‘ri marosim orqali yagona mavjudotga aylana olardi.
Maya va uning jamoasi nihoyat bu uchlikni to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi: Voltreon—qudratli momaqaldiroq hayvoni, uning tanasidan chaqmoqlar otilardi; Nekromexis—o‘liklarning qorong‘u sehridan yasalgan tirik mavjudot; Zarvadrak—ajdod ulkan ilonlarning so‘nggi avlodi, olov va qudrat bilan yo‘g‘rilgan hayvon.
Ular nihoyat, marosim uchun eng qudratli energiya to‘plangan joy—Siyohvodiyaga yetib kelishdi. Yomg‘ir yog‘ayotgan, osmon g‘ira-shira, yer esa sehrli zarralar bilan qoplangandi.
Maya aylanaga chizilgan qadimiy belgilar o‘rtasida turib, ovozini baland ko‘tardi:
— "Qadimiy kuchlar, uyg‘oning! Uch olam qudrati birlashsin va Drakogrifentaurni dunyoga keltirsin!"
Jamoaning sehrgarlari har biri o‘z joyida turib, qadrdon tillardagi matnlarni shivirlashni boshladi. Havoda quyuq tutun ko‘tarildi, atrofdagi daraxtlar titrab, yer qimirladi.
Birinchi bo‘lib Voltreonning tanasi yorqin yashinlar ichida parchalanib, havoga singa boshladi. Uning kuchi havo va chaqmoq shaklida aylanaga tarqaldi. So‘ng Nekromexisning suyaklari qorong‘u tuman ichida erib ketdi, uning ruhiy mohiyati mavjudotga o‘tib borardi. Nihoyat, Zarvadrak osmonga sudralib sakrab chiqib, kuchli hayqiriq bilan tanasini olov ichida yoqib yubordi.
Bu uch mavjudotning mohiyati aylana ichida birlashdi. Yorqin, dahshatli energiya hosil bo‘ldi. Atrofda elektr uchqunlari uchib, havo bosimi pasaydi. Nihoyat, tuman ichidan ulkan siluet ko‘rindi…
Uning gavdasi qalin zirhli qoplangan, orqasida katta ajdaho qanotlari yoyilgan, panjalari esa griffonnikidek yirtqich edi. Uning ko‘zlari yashil olov bilan porlab, atrofga o‘zining mavjudligini his qildirdi. U osmonga tikildi va bir lahza sukut saqladi… so‘ng dahshatli hayqiriq bilan butun vodiyni larzaga soldi.
— "U endi bizning qismatimiz…" — Maya shivirladi, yuragi gursillab urar edi.
Ulkan maxluqni kuzatishar ekan Nova eshitilishi uchun ovozini balandlatib havotir aralash:
— Uni chaqirishga chaqirdik, endi nima qilamiz? Axir uni jilovlash imkonsiz!
— Bossning yoniga qaytamiz. Tayyorlaning teleport qilaman — dedi Damian jiddiy ohangda.
Ular doimgidek bir daqiqalik teleport orqali shu zahoti "Boss"ning saroyi ichkarisida uning huzurida tizilishdi. U ularni kutib turgani oldidagi uzun stolda taxlangan qurollar va unga sovut kiydirayotgan hizmatkorlarining shoshilinch harakatlaridan maʼlum edi. Hoynahoy jang boʻlishi mumkin. Boss uning oʻng tomonida maʼlumotlarni koʻzdan kechirayotgan yordamchisiga jiddiy ohangda buyruq vera boshladi:
— Bizda qancha jangchi borligidan qatʼiy nazar hammasini chaqir. Hayot mamot jangi nihoyat boshlanish arafasida — dedi qatʼiyatli ammo bundan mamnun emasligi koʻz ifodasidan bilinib turardi. Balki u jang boʻlishini istamas? Lekin hozir bu uchun juda kech. Hammasi allaqachon boshlandi va endi ortga chekinish haqiqiy qoʻrqoqlik boʻladi.
Bu qonli jang ikki oʻyin yaratuvchisi oʻrtasida tortishuv va kelishmovchilik yuzasidan paydo boʻlgan. Bundan bir necha yillar oldin Emory oilasida ikki oʻgʻil farzand boʻlgan edi. Ular juda qiziquvchan, aqlli va birga vaqt oʻtkazishdan doim zavqlanishardi. Katta oʻgʻilning ismi Bernard (ular "Boss" deb ataydigan kimsa), kichik oʻgʻilning ismi esa Robert boʻlib, ular doim turli xil kashfiyotlar qilishni va qogʻoz boʻlaklarini birlashtirgancha goʻyoki ikki jangchini yaratib kuch sinashishni yoqtirishgan. Ularning kashfiyotlari yildan yilga rivojlanib zamonaviylashib bordi va ular nihoyat oʻzlarining birinchi katta loyihalari "Minoralar moʻjizasi" nomli hamkorlikda ishlangan katta oʻyin yaratishdi. Oʻyin birinchi bor chiqishi bilanoq yuzdan ortiq oʻsmirlarni oʻziga jalb qila boshladi. Hatto bunga katta yoshli odamlar ham qiziqish bildirdi.
Hammasi shunday davom etayotgan paytda yaxshidek tuyulardi, toki ular tizimga yangilanish, yaʼni, kuchli vizaulizatsiya va illuziyalarni kiritmaguncha. Oʻyinni haqiqiy hayotdan ajratish mushkul. U shunchalik mukammalki huddiki uning ichida hayot surayotgandek tuyuladi va bu oʻyinga butkul shoʻngʻishga, haqiqiy dunyodan uzilishga olib keldi...
Bunday fojiali tomonga burilib ketganidan soʻng Bernard havotirlana boshladi va oʻyinni butkul oʻchirib, tinchlikni saqlashni maqul koʻrdi. Ammo uning ukasiga bu qaror lozim kelmay qarshilik qildi. Ularning tortishuvi qizigandan qizidi, soʻngra ikki qondoshni bir biriga dushman boʻlishiga olib keldi. Bernard tinchlik tarafdori, Robert esa zerikarli bir chiziqda davom etadigan hayotni biroz qiziqarliroq va daxshatliroq qilishni istaydi...
Havo salqin. Quyosh bu manzarani kprishni istamagandek yomgʻir yogʻish arafasida edi. Keng jang maydonida ikki dushman qoʻshini saf tortib bir biriga qarama qarshi turibdi. Atrofga chang koʻtarilgan. Osmonda esa Drakogrifentaur qanot yoygancha uzoqdagi baland binolarni oʻzining yondiruvchi nafasi va ajal tirnoqlari bilan yoʻq qilishda davom etmoqda...