February 19

Shirinliklar festivali

I BOB. Oʻgʻirlangan shirin sir

#1

Biz oilamiz hatto ajdodlarimiz ham shirinlik tayyorlash bilan shugʻullanib tanilib kelishgan. Tabiiyki mazali shirinliklar-u tortlar tayyorlash mening ham qoʻlimdan keladi. Dadamning bobomdan qolgan "Золотая карамель" nomli oʻrtacha doʻkoni bor. Bu deyarli avloddan avlodga oʻtib keladi va shu yoʻsinda yangilanib zamonaviylashib boraveradi. Doʻkonimizda deyarli har soatda mijozlar kelib turishadi. Shahar boʻyicha faqat 3 ta shirinlik doʻkoni mavjud. Albatta ulardan birinchi oʻrinda turadigan va eng taniqlisi bizning doʻkonimizdir. Chunki shaharcha unchalik katta yoki mashhur emas. Bizda yuzdan ortiq xilma-xil shirinliklar-u tortlar retsepti va hatto mevali sharbatlarni ham tayyorlashni bir hafta oldin boshlab yubordik.

Oilaviy an'anamizga koʻra har bir oila aʼzosida oʻzining takrorlanmas taom yoki shirinlik retsepti boʻlishi kerak. Bu u tarixda abadiy qolishi va kelajda shirinliklar qatori kengayishiga yordam berar ekan. Chunki yangi retseptda nom boʻlmaydi va uni yaratgan odam oʻzi istagandek nomlay oladi. Nomni ham tanlash biroz qiyin albatta, nom jozibali va qandaydir maftunkor eshitilishi, qadoqlanganda oʻziga jalb qila olishi kerak.

Odamlar shirinliklarni shunchaki lazzatli taom yoki qorin toʻydirish uchun kifoyalanadigan vosita sifatida koʻrishadi. Aslida esa bu juda qiziqarli dunyo menimcha. Chunki baʼzi shirinliklarning kelib chiqish tarixi va kimgadir atab ajoyib koʻrinish, tam berilgani qiziqarli tuyuladi... Mana masalan "Tiramisu" – mashhur italyancha shirinlik bo‘lib, uning kelib chiqishi haqida turli rivoyatlar mavjud. Eng mashhur versiyaga ko‘ra, tiramisu 1960-yillarda Italiyadagi Veneto viloyatida joylashgan "Le Beccherie" restoranida yaratilgan. Shirinlikning nomi italyan tilida "menga kuch bag‘ishla" yoki "meni yuqoriga ko‘tar" degan ma’noni anglatadi. Buning sababi shundaki, tiramisu tarkibidagi qahva va kakao odamga tetiklik bag‘ishlaydi. Uning asosiy tarkibiy qismlari – savoiardi (ladyfinger) pechenyesi, mascarpone pishlog‘i, qahva va kakao bo‘lib, u nozik qatlamlarga joylashtiriladi va sovuq holda tortiladi. Hozirda tiramisu dunyo bo‘ylab sevib iste’mol qilinadigan shirinliklardan biriga aylangan.

Ha, aytgancha! Men sizlarga oʻzimni hali tanishtirmadim menimcha. Men Agata Ivanovaman. Doʻkon egasi Nikolay Ivanovning qizi. Meni deyarli shahar aholisining yarmidan koʻp qismi taniydi. Chunki oxirgi 3 yildan buyon vaqtim doʻkonda dadamga qarashish bilan oʻtmoqda. Haridorlar juda koʻp, har bir shirinlik uchun esa vaqt va mehr berish kerak. Lekin menga bu yoqadi. Erta tongdan doʻkonni ochganimizda yangi kichik kekslarni pishirishni boshlaymiz va dadam menga koʻproq shirinliklar tarixi haqida gapirib berishni yoqtiradilar. Men ham bu maʼlumotlarni bilishni yoqtiraman. Oldinlari pirog tayyorlash men uchun eng qiyin ish edi. Balki men shunday deb oʻylardim. Lekin hozirda bunga nisbatan munosabatim oʻzgargan. Men buni qiyinchilik emas zavq va yangi sarguzash sifatida koʻraman. Men odamlar doim tabassum qilishlarini istayman, huddi bobom kabi...

Ikki haftadan soʻng men orziqib kutgan "Shirinliklar festivali" boshlanadi. Bugun men oʻzimni yangi retseptimni tugataman va oʻsha kunda buni butun oilamiz nomidan bor mahoratimni ishga solib sinab koʻraman. Aslida bu festival shaharda atiga uchta shirinlik doʻkoni boʻlgani uchun har yili bellashuv boʻlib oʻtadi. Har safar mening oilam gʻolib boʻladi. Bu safar ham men pand bermasligimga ishonaman.

Tungi soat 22:08. Havo biroz salqin, ammo ichkari iliq. Sokinlik. Bu fikrlarni jamlash uchun eng asosiy narsadir. Ammo haqiqiy oshpaz har qanday holatda joziba yarata oladi. Oshxona peshtaxtasi qarshisida idish va atrofimga kerakli mahsulotlarni jamlar ekanman, biroz oldin qogʻozga yozgan retseptimga nazar tashladim.

Shirinlik nomi: Agata Karameli

Bu shirinlik yumshoq karamel va yong‘oq pastasi bilan to‘ldirilgan shokoladli sharchalardan iborat. Ular ustidan yaltiragan shakar sir bilan qoplanadi.

Retsepti:

Ingredientlar:

200 g quyuq shokolad

100 g shakar

50 ml qaymoq

50 g yong‘oq pastasi (funduk yoki yeryong‘oq)

30 g sariyog‘

1 choy qoshiq vanilin

1 osh qoshiq suv

Soʻng qogʻozni stul chetiga qoʻydimu gazni yoqqancha sekin shakarni suv bilan aralashtirib, oltin tusga kirgunicha eritdim. Soʻng muzlatgichsan sariyogʻ va qaymoqni olib, mehr ila eritilgan shakar ustiga soldim. Soʻngra tayyor boʻlgan karamelga biroz yongʻoq pastasi va vanilin qoʻshib, sovutish uchun biroz kutaman. Sovigunicha esa men shokolni eritib maxsus qoliplarga joylab turishim kerak. Keyin uning ichiga sovugan karamel-yongʻoq massasini solar ekanman, yaxshi chiqayotganiga ishonch hosil qilish uchun egʻtiborliroq boʻlishga harakat qilar edim. Endi esa faqag muzlatgichga 20 daqiqaga qoldirish qoldi xolos. Undan soʻng esa shakarning oppoq zarralarini sepaman.

Natijada og‘izda eriydigan, nafis shirinlik tayyor bo‘ladi!