February 12

Oʻyin cheksizligi

8-qism. Oʻyindan tashqari

"Olivia uni yoniga oʻtirishimga qarshilik qilmaganida biroz yengil tortgandek boʻldim, ammo baribir uni tinchlantira olmayotganimdan biroz gʻalati tuygʻular aylanmoqda. U hali ham yigʻlashdan toʻxtamayapti, lekin men hozir u hotirjam boʻlishi uchun nima qila olaman? Axir umrim davomida biror marta yigʻlagan odam bilan birga oʻtirmaganman... Undan tashqari Olivierning oʻlimini va Luna aslida maxluq ekanligini men yashirgandim. Agar oʻshanda... Men ertaroq harakat qilganimda balki bunday boʻlmagan boʻlar edi... Yoki uning oʻrniga men oʻlganimda Olivia bunchalik tushkunlikka tushmasdi... Ammo hozir bu haqida oʻylashni payti emas. Men ham unga qoʻshilib yigʻlamoqchi emasman" — deb oʻylardi ichida Nico devorga suyanib choʻkkalab oʻtirgancha.

Olivia bir zum yigʻlashdan toʻxtab chuqur nafas olib, tinchlanishga urinmoqchi boʻldi. Ammo tomogʻida nimadir tiqilgandek, koʻp narsalarni aytgisi kelsada jim edim. Yuragi esa ayriliqdan azoblanib ogʻriq berishni boshlagan edi. U Nico hali ham uning yonida unga termilib oʻtirganini payqab biroz hijolat boʻlganday qoʻzgʻalib boshini devorga suyab oldi. Shiftga hali koʻzyoshlari bilan nam koʻzlar bilan termular ekan, biroz titroq ohangda:
— Sen buni bilgansan... Nega oldinroq aytmading, Nico? — soʻradi undan.

Nico oʻzini aybdor his qilib qoʻllariga qaragancha:
— Kechir... Men shunchaki... Tushkunlikka tushishingni istamagan edim... — dedi ikki qoʻlini bir biriga bogʻlab, bosh barmoqlarini qimirlatib qoʻydi.

— Baribir bir kun kelib bilardim. Hozirgi kabi... Men oʻylagandimki, u rostdan qattiq uyquda deb...
— Bu meni aybim edi... Men oʻshanda eʼtiborliroq boʻlganimda yoki tezroq harakat qilganimda balki hozir meni oʻrnimda Olivier boʻlar edi...
— Nima boʻlgandi oʻzi? Uni oʻlimiga nima sabab edi? — koʻzlarini bir kafti bilan sekin yopdi Olivia.
— Luna — istamaygina gapirdi Nico.
— U shuning uchun qochib kettimi?
— Shunday.
— Tushunarli — deb hoʻrsinib qoʻydi Olivia. Soʻng oʻrnidan sekin turdi-yu, yuziga tushgan soch tolalarini tartibsiz ortga taragancha yuvinish xonasiga chiqib ketdi.

Yuvinish xonasi unchalik katta emas. Eshikdan ichkariga kirganda chap tomonda rakovena va oʻng burchakda dush joylashgan. Olivia rakovena oldiga kelib, suvni yoqtida oynadagi aksiga tikilib oʻylanib qoldi:
— Luna hech qachon Olivierga bunday qilmagan boʻlar edi. Axir ikkalasi doim yaxshi kelishishgan... Balki u maxluqligi uchundir? Lekin nega aynan u maxluq? Qanday maxluqqa aylanib qolish mumkin edi? Bunga ishonish qiyin... Agar u rostdan ham bu ishni qasddan qilgan boʻlsa, u omon qolmasligiga ishonch hosil qilaman — soʻng yuzini sovuq suv bilan bir ikki marta yuvib, koʻzining qizarganini kamaytirdida, quritib boʻlgach xonadan chiqdi. Ammo hali hamon boshida ogʻriq borligi sezilib turar va yuzidagi yigʻidan keyingi qizarish ketmagandi.

Endi divanga oʻtiraman deganda eshik shiddat bilan sharaqlatib ochilib, Vernon qoʻlida bir nechta narsalar toʻla paket va ogʻzida saqichi bilan kirib keldi. Baxtiyor ohangda kulib:
— Men qaytdim! — dedi ikkala qoʻlini baravar koʻtarib, goʻyoki paketlarga ishora qilgandek — Men nimalar olib kelganimni bilasizmi?! Qayerda boʻlganim qiziqmi?! Mayli, mayli sizlarga hammasini aytaman! — hayajon bilan gapini tugatib atrofga qarar ekan doʻstlaridan darak yoʻq. Faqat toʻrdagi divanda Olivia humrayib oʻtiribdi.

— Qayerga yoʻq boʻlib ketding? — soʻradi Nico xonadan chiqib kelib, unga uzoqdan tikilib.

— Men bobom bilan edim — qoʻlidagi paketlarni Olivianing yonidagi stolga qoʻyib, magʻrur jilmaygancha gapida davom etdi — Ishonasizlarmi, men lobbida bobom bilan jiyanimni koʻrib qoldim! Bobom rostakamiga yosharib ketibdi, jiyanim esa oʻsha-oʻsha!

— Hm... Boʻlishi mumkin. Axir yuqori darajaga koʻtarilaversang, yangi koʻnikmalarga ega boʻlaverasan — dedi Nico.

— Bular nima oʻzi? — soʻradi Olivia paketning bir chetidan ushlab — Bobong berib yubordimi?

— Shunday desa ham boʻladi. Qolganlar koʻrinmaydi, ular qayerda?

— Menimcha endi ularni "doʻstlar" roʻyxatidan oʻchirishimizga toʻgʻri keldi. Nova kitobni oʻgʻirlabdi, Maya esa kimlarnidir chaqirib hujum qilib ketdi. Luna esa... — chuqur xoʻrsindi Olivia — Qisqasi uchalamiz qoldik — ovozida hali hamon hoʻrgʻinlik sezilib turadi.

Ogʻir judolikni boshdan kechirgan bu oʻtgan 3072-yil falokatli va xavf xatarga boy boʻldi. Olivia oʻzining bir parchasidan yaʼni Olivierdan ayrildi. Luna esa uning vaxshiylarcha oʻldirgan qotili ekanligi ayon boʻldi. Ular doʻst deb qabul qilgan va butunlay ishongan Nova esa ularni tashlab ketib, Maya bilan hamkorlikda xiyonat qildi. Ularda jamoa ham yetarli emas va chalkashliklar-u qaygʻu orasidagi boʻshliqda qolib ketishdi. Shunday boʻlsa-da, Nico hali taslim boʻlmagan... U Oliviani himoya qilishga va unga hech qanday zarar yetmasligi uchun uni himoya qilishga oʻziga vaʼda bergan edi. Bu sevgimi yoki achinish? Aniq biror nima deyish qiyin...

(2-yildan soʻng. Jang maydoni. Dushman minorasiga hujum)

— Nico, seni navbating! — baqirdi Olivia chega oʻtib.

Nico shiddat bilan yugurib kelib, Olivianing yonidan yashin kabi oʻtdi-yu qilichini yuqoriga koʻtargancha qarshisidagi ikki dushman oʻyinchilarni yer tishlatdi. Hatto ular himoyalanishga ham ulgurmay qolishdi. Soʻng atrofga qarab yana dushmanlar bor yoki yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun kuzatdi. Baland minora yuqorisida turgan kamonchilarni hammadan oldin payqagan Vernonning bobosi oʻqlarini ular tomon shaylab bir necha marotaba otganidan soʻng, ulardan biri yerga qulab tushdi. Soʻng ular kichik zinalardan koʻtarilib minora ichkarisiga qadam qoʻyishar ekan, atrof juda jim, ammo shubhali tuyuladi. Bu bunchalik oson boʻlishi mumkin emas. Hozir tun va shuning uchun qandaydir pistirma yoki tuzoqlar qoʻyilgan boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlishi aniq. Yana bitta oʻyinchi shu yerga berkingan. Minora ichidagi qorongʻu devorlar yaqinidan ehtiyotkor qadamlar tovushi eshitilib, goʻyoki soʻnggi oʻyinchi taslim boʻlishdan qoʻrqayotgan edi. Ammo uning qoʻrquvi uni qutqarib qolmaydi, faqatgina oʻlimga olib boradi xolos. Eng jirkanch oʻlim esa bu qoʻrquv bilan koʻz yumishdir.

Qorongʻuda hech nima koʻrinmaganligi uchun, Vernonning bobosi uning nabirasi Sofiada tunda koʻrish qobiliyatini bera olishi esiga tushib ketdi:
— Mening mitti yulduzcam bobosiga yordam bermaydimi? — dedi sokin ovozda jilmayib.

Sofia ham quvnoq qilmayib ularga tunni kun kabi tiniq koʻra olish imkonini berdi. Sofia Vernonning qarindoshi boʻlib, u hali endigina 5 yoshda boʻlsa-da oʻyinga kuratorlar tomonidan qoʻshilgan. Albatta, axir oʻyinda yosh chegarasi mavjud emas.

Atrofni tiniq koʻra boshlagan bobosi toʻgʻri dushman tomon sekin qadam tashlab, unga biroz yaqinlashganidan soʻng, kamonini oʻqlab uni moʻljalga oldi-yu:
— Oʻyin tugadi doʻstim. Endi sen "restart" qila olmaysan.

Dushmanga zarb otilgan bilan otilgan bu oʻq uning hayotiga rostakamiga nuqta qoʻygan edi. Vernon minora markazidagi qizil tugmani bosganidan soʻng, oʻyin tizimining sovuq ovozi eshitildi:

— Tabriklaymiz! Siz oʻyinni muvaffaqiyatli tarzda yakunladingiz!

Ular avtomatik ravishda lobbiga teleport qilinganlaridan soʻng, bobosi bolalarga qarab:
— Oʻtgan shu qisqa yil ichida ancha narsani oʻzlashtirib oldingiz. Barakalla! — dedi Niconing yelkasiga qoʻlini qoʼyib.

— Hammasi sizning sharofatigiz bilan boʻldi bobojon — qoʻshib qoʻydi Vernon ham kulib.

— Ha, rostdan ham yaxshi oʻyin boʻldi. Endi uyga qaytamizmi? Adashmasam bugun kimningdir tugʻilgan kuni — dedi Nico. Uning ham kayfiyati hozir ancha koʻtarinki edi. Lekin Olivia bundan baxtli boʻla oladimi?

* * *

Uy ichida mayin sham yorug‘ligi tebranib turardi. Stol ustida kichik tort joylashgan, ustida esa bor-yo‘g‘i bitta sham yonardi. Olivia o‘zining tug‘ilgan kunida bayram shukuhini his qilmasdi. Xonaga Nico, Vernon, bobosi va Sofiya jim holda qarashardi. Hech kim bu kunni qanday o‘tkazish kerakligini aniq bilmasdi.

Bu birinchi tug‘ilgan kuni edi... ukasisiz.

Bobosi sokin ovozda so‘zladi:

— Bugun seni quvonchli kuning bo‘lishi kerak, bolam… lekin biz bilamiz, senga hozir qiyin.

Olivia boshini egdi, ko‘zlarini shamga tikdi.

— U men bilan edi… hamisha. Har yili. Endi esa yo‘q, — uning ovozi shivirlagandek past chiqdi. Yuragidagi bo‘shliq yana o‘zini sezdirayotgandi.

Sofiya asta opasining qo‘lini ushladi.

— Lekin biz bu yerda bo‘lsak ham bo‘ladi, Olivia…

Nico jim turib, yengil bosh irg‘adi. U har doim so‘zlardan ko‘ra ko‘proq harakatni afzal ko‘rardi. Shu sabab, Olivia hech qanday gap-so‘zsiz, uning hamdardligini his qilardi.

Vernon chuqur nafas olib, boshini silkitdi:

— U shuni istagan bo‘lardi, Olivia. U seni xafa bo‘lishingni xohlamagan bo‘lardi.

Xonada bir necha soniya sukut cho‘kdi. Keyin Olivia past ovozda pichirladi:

— U men bilan… doim.

U asta tort tomonga engashib, shamni pufladi. Xona qorong‘ulashdi, ammo hech kim yurakdagi olovni o‘chira olmasdi.