February 15

Oʻyin cheksizligi

10-qism davomi

Drakogrifentaur havoga koʻtarilganida, uning gigant qanotlari havoni larzaga solar, chang bosgan yerlar esa yorilib ketgudek boʻlardi. Ogʻzidan chiqqan olov osmonga tirmashib, qoraygan shahar vayronalarini yutib yubordi.

Jang boshlanish arafasida edi. Jangchilar qoʻllariga qurollarini koʻtarib, sergak turishar baʼzilari esa jang oldidan turli xil damlamalarni ichib yanada kuchga toʻlishda davom etishardi. Oradan bir necha soniya oʻtsa hamki jangni hech kim birinchi boʻlib boshlashni istamasdi. Balki ular bir biriga qarshi chiqishni istashmas? Ammo allaqachon bu sodir boʻlmoqda va hozir haqiqiy hayot mamot jangi.

Bernard qat'iy turgancha hali qilichini yalongʻochlamasdan turib, bu muammoni tinchlik bilan hal qilishni taklif qildi. Ammo uning gʻazablangan ogʻasi bunga rozi boʻlmay shiddatli va qonli jangni boshlab yuborishdi. Ikki chumolilar butun boshli toʻdasi kabi tizilgan oʻyinchilar, tuproqdan chiqqan chang yuqoriga koʻtarilgan zamon chaqmoq kabi tez harakatlanib aralashib ketishdi. Bu qadimgidagidek kabi oddiy qurol va aslahalar bilan boʻladigan urush emas, balki barcha oʻz qobiliyatlarini bemalol namoyon qilishi mumkin boʻlgan shunday joy edi. Kimdir olov bilan, kimdir suv unsurini ishga soladi, yana kimdir zamonaviy lazer texnologiyalaridan foydalanadi. Qurollarning sonlari, nomi va qobiliyatlari shunchalik koʻpki, bu jang butun yer sharini larzaga solardi.

Oradan bir soat oʻtgach yerga ogʻir jarohatlangancha yotgan chalajon oʻyinchilarning ogʻriqdan baqirib ingrashlari eshitilar, baʼzilari esa allaqachon jon berishga ulgurib oyoq ostida jasadlari ezilib ketgan edi. Ammo hali hamon hech kimning taslim boʻlish niyati yoʻq. Jang maydoni butunlay jonsiz jasadlar bilan toʻlsada ikki aka-ukaning qonga belangan qilichlari gʻazabi hamon tushmagan, hamon chaqnab bir biriga urilganida kichik choʻgʻ uchqunchalari quloqni teshuvchi baland ovoz bilan birga atrofga sachrardi.

Bernard ukasini oʻldirishni istamaydi. Bu u uchun juda ogʻriqli va imkonsiz boʻlgan ish. Ammo hozir u bular haqida unutadi. Chunki ukasini toʻxtatishning iloji yoʻq. U allaqachon maxluqqa aylanib boʻlgan. Vujudini va tanasini iblisga topshirgan, inson qiyofasida porlovchi maxluq misoli...

Uzoq davom etayotgan jangning oxiri koʻrinmas darajaga yetib kelganda, ular ikkisi ham holdan toyib ogʻir hansirab nafas olishlari biroz qiyinlashishni boshlaganda, qilichlari yana bir biri tomon toʻqnashib ketdi. Shunda Bernard baland ovozda deyarli baqirib, qoshlarini chimirgancha:
— Robert! Buni toʻxtat hammasini tinchlik bilan hal qila olamiz! — dediyu soʻnggi kuchini ishlatib uni qattiq itarib yubordi, Robert koʻzlarini yumgancha yerga ortga yiqildi, qilichi esa akasi tomonga sirgʻalib ketdi.

— Hh, tinchlik bilan? — koʻzlari toʻla gʻazab va nafrat bilan oʻrnidan turishga harakat qilar ekan — Bu oʻyin uchun qancha mablagʻ va qancha vaqt sarflaganimni bilasanmi?! Sen meni orzularimni yoʻq qila olmaysan! Unga endigina erishdim deganda hammasini tugata olmaysan aka!

— Bu seni orzuyingmi? Shu jang sen istagan narsami? Atrofingga qara, Robert! — u tomon engashib yoqasidan qattiq tutib oldi — Senga ishongan odamlarning ahvoliga qara! Ular oʻlgan, balki chalajondir, ammo bu oʻyindan zavqlanish emas! Axir ular azob chekayapti! Sen hech qachon buni istamagansan. Sen doim zavqlanish mumkin boʻlgan mukammal oʻyin yaratmoqchi eding, ogʻriqli jahannamni emas!

Robert Bernardning soʻzlarini eshitib bir zum hayratdan koʻzlari kattlashib harakatsiz qoldi. U yana nimadir haqida oʻylayapti yoki hozirgi manzaradan taʼsirlangan boʻlishi mumkin. Ammo undagi insoniy hislatlar allaqachon yoʻq bolib boʻlgan va unga hech qanday soʻz hozir yordam bera olmaydi..

Bernard uning koʻzlariga hamon moʻltillab tikilib turar ekan, uning yoqasini sekin boʻshatdi va undan uzoqlashib, teskari qaragancha ketish oldidan:
— Hozirgi sen... Bu sen emas.

— Toʻgʻri... Men xato qildim — dedi afsuslanib Robert — Men tuzatib boʻlmas xato qildim... Ammo... —barmoqlarini yerda yotgan qilichi tomon choʻzib — Bilasanmi... Sen doimgidek axmoqsan! — dediyu qilichni qoʻliga olgancha shiddat bilan Bernardning boʻyniga suqib oldi. Buni payqashga ulgurmay qolgan akasi karaxt boʻlgancha yerga yiqildi...

Bernardning ko‘zlari kattalashib, qontalash tusga kira boshladi. Og‘riq butun tanasiga tarqaldi, nafas olish tobora qiyinlashardi. Jang maydoni, qonga belangan qurollar va azob chekayotgan jangchilar ko‘z oldida g‘ira-shira harakatlanayotgan sharpalarga aylandi. U go‘yo borliqdan uzilib, bo‘shliqqa qulayotgandek his qildi o‘zini.

Qilich bo‘ynidan kirib, yelka orqali orqaga chiqib ketgandi. Issiq qon bo‘g‘zidan sizib, sovuq po‘latning bo‘ylari orasidan oqib tushardi. Og‘zidan chiqqan qon laxtalari bilan birga siniq nafas olib, ukasining g‘azabdan titrayotgan yuziga qaradi. Robertning ko‘zlari endi oddiy inson ko‘zlari emas edi. Unda faqat qasos, nafrat va vahshiylik aks etardi.

Bernard qo‘llarini oldinga cho‘zdi, lekin kuchi yetmadi. Barmoqlari qaltirab, havoni changalladi. Oyog‘ining osti bo‘shab, tanasi asta-sekin yerga qulay boshladi. Yiqilib tushganida qattiq zarbadan qilt etmay yotdi. Uning qulog‘iga faqat uzoqlashayotgan jang tovushlari va ukasining og‘ir nafas olishi eshitildi.

Qonga belangan qo‘llari titrab, yerga suyanishga harakat qildi, lekin tanasi unga bo‘ysunmasdi. U yulduzlarga to‘la osmonga qaradi. Ularga tikilgancha, ichki ovozi bilan o‘ziga so‘zsiz murojaat qildi: “Men uni to‘xtata olmadimmi? Shu qadar ojiz edimmi?..” Yuragi asta-sekin urishni bas qilayotganini his qildi. So‘nggi bor nafas oldi, bu nafas uning hayotdagi oxirgi lahzasi edi. Qilichning muzdek po‘lati hanuz vujudiga sanchilgan, ammo endi og‘riq yo‘q edi. Uning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi. Ko‘zlari sekin yumildi.

U endi tirik emasdi.

Bernardning jasadi qonga belangan jang maydonida sukut bilan yotar, atrofdagi hayot esa o‘z yo‘lida davom etardi…