Meni tingla
Bir shaharning chekkasida shunday joy borki, unda shodlik va muhabbat hukmrondek koʻrinadi. Ammo haqiqiy qoʻrquv va shu kabi salbiy hissiyotlar uyning yertoʻlasida boshqa bir dunyo berkitilgan login hech kim bilmaydi. Bu ikki dunyo oraligʻi boʻlib, yertoʻladan yuqorida insonlar oʻzlarining tinch taqdirlaridan borishsa, undan pastda barcha katta-yu kichik ruhlar zulmat ichra oh tortib, yorugʻlikni istashadi. Garchi ularni yorugʻlik kuydirib kulga aylantirsa ham, ikki dunyoni tutashtiruvchi bu eshik noaniq tarzda yoʻq qilinishidan oldin shunday edi.
Insonlar juda qoʻrqoq. Chunki ular nomaʼlum narsalarga qoʻrquv bilan boqadi. Garchi uning butun umri mutlaqo noaniqliklardan iborat boʻlsa ham.
Quyosh allaqachon oʻz joyini Oyga boʻshatib bergan. Shaharda tun, yoʻlchiroqlar yoqilganligi uchun kech tushganda shahar jozibali koʻrinadi. Aslida shahar yoki yoʻlchiroqlar boʻlmaganida biz tunning haqiqiy goʻzalligini koʻrishimiz mumkin edi.
Kechki ovqatdan soʻng yuqori maktab oʻquvchisi Julian Magnus bir oylik ogʻir va qiyin darsliklardan soʻng, oʻzi rejalashtirgani kabi endi 1 haftani video oʻyinlarga sarflab stressdan shu muddat ichida biroz uzoqlashishi mumkin.
Birinchi bosqich — gʻalaba.
Ikkinchi bosqich — gʻalaba.
Uchunchi bosqich — gʻalaba.
Magʻrur jilmaygancha qop-qora sochlarini qoʻli bilan ortga tarab:
— Men rostdan ham juda mahoratli man. Mening uslubim va strategiyam doim eng samaralisi boʻlgan — dedi oʻrindiqqa suyanib.
Oʻziga kuchli ishonch bilan keyingi bosqichga oʻtish uchun kompyuter sichqonchasini sekin surar ekan uning yonginasidan notanish ammo juda yoqimli va sokin ovoz eshitildi:
— Agar aqlli boʻlsang... Menga yordam bera olasanmi?
Yigit bundan ajablanib ortga qarar ekan, uzun boʻyli egnida qora kimoniga oʻxshash kiyingan, uning uzun va tekis sochlari butun yuzini koʻmib olgancha faqat nozik burni va rangsiz, balki sovuq lablari koʻrinib turardi ayolni koʻrdiyu yuragi tovoniga tushib ketdi.
— Yordam bera olasanmi? — gapini takrorladi u.
Endi bu safar u qabul qila olmay baqirib, eshik tomon yugurib ketdi. Ammo "notanish ayol" uning kiyimi ortidan oʻrgimchak oyoqlari kabi ingichka barmoqlari va uzun tirnoqlari bilan ushlab qoldi. Uning changalidan qutulish imkonsizdek koʻrinardi.
Julianning yuragi bo‘g‘ziga tiqildi. Mushaklari zo‘riqishdan qotib qolgandek edi, lekin u baribir jon-jahdi bilan silkinib, qo‘lini bo‘shatishga harakat qildi. Ammo ayolning barmoqlari temirdan yasalgan halqa singari uning bilagini siqib turardi.
— Qochma… — ayolning ovozi endi oldingidek sokin emas, balki quloqqa g‘alati g‘uvillash bilan uriladigan shivirga o‘xshab qolgandi.
Julian butun tanasi bilan unga tisarildi, lekin birdan joyidan jildi. U ortga qarashga jur’at eta olmadi. Nafas olishga ham qiynalayotgandi. Ko‘z oldi qorong‘ilashib, yuragi bo‘yniga chiqib ketayotgandek edi.
— Kim… Kim… sen? — Julian qaltiragan ovozda so‘radi.
— Menga ahamiyati yo‘q… — ayolning barmoqlari sekinlik bilan Julianning bo‘yniga ko‘chdi. Yigit titrab, qaltirashiga qaramay, aniq sezdi: bu qo‘llar tirik insonniki emas. Ular haddan tashqari sovuq, suyaklari ingichka, terisi esa qotib qolgan qog‘ozdek quruq edi.
Shu zahoti chiroqlar miltilladi. Kompyuter monitori bir lahzaga o‘chib-yonib, ekranda o‘yin o‘rniga qora fon ustida qandaydir matn paydo bo‘ldi:
"Agar aqlli bo‘lsang…
Yordam bera olasanmi?"
Julian tomog‘idan bo‘g‘iq ingrash chiqardi. Tanasi qimirlamas, miyasi ishlamasdi. U barmoqlarining sovuqlikdan qotib qolgani va ayolning siquvini his qilardi. Endi o‘zini bo‘sh qo‘yishdan boshqa iloji yo‘qligini anglab yetgan edi.
— Qanday yordam? — deya shivirladi u, lablari titrab.
Ayol uzoq jim qoldi. So‘ng asta, quloqni teshib o‘tadigan ohangda gapirdi:
— Men kelgan joyga qaytishim kerak…
Ayol endi yuzini biroz ko‘tarib, sochlari ostidan uning qizarib ketgan ko‘zlari ko‘rindi. Ko‘zlar… shunchaki moviy yoki qora emas edi. Ular ichkarisida qandaydir qorong‘u olov yonayotgandek tuyulardi.
— Sen ham ko‘rasan… Ko‘pchilik ko‘rmaydi… — ayol past ovozda davom etdi. — Sen menga kerak bo‘lasan…
Shu payt Julian yerto‘la eshigi g‘iyqillab ochilayotganini eshitdi. U qanday qilib bunday ovozni eshitayotganini tushunmadi, lekin ich-ichidan his qildi: u eshik ochilsa, bu joydan qaytib chiqolmaydi.
U bir zumda o‘z tanasini harakatga keltirib, bor kuchi bilan o‘sha qo‘llarni yulqib tashladi-da, polga yiqilib tushdi. Keyin tezda sapchib turdi va ichki instinktiga bo‘ysungan holda, xonasining eshigi tomon chopdi.
Uning o‘rnida… zulmat turardi.
Ayol esa ohangdor shivir bilan shunchaki takrorladi:
Julian dahshatdan butunlay karaxt bo‘lib qolgandi. Eshikning o‘rnida zulmat turardi. U esa qochib ketishning iloji yo‘qligini tushunib yetdi.
Ayol yerto‘laga ishora qilib, asta gapirdi:
— Iltimos, devordagi yozuvni o‘qib ber… Men o‘qishni bilmayman.
Julian bir necha lahza qotib turdi. Uning har bir muskuli, har bir asabi norozilik bilan qichqirayotgandek edi. Lekin bu ayolning changalidan qochib qutula olmasligini tushundi. U pastga qaradi. Yerto‘ladagi devorga nimadir qattiq bosib yozilgandi. Yorug‘lik yetarlicha tushmasa ham, u harflarni ajrata oldi.
Sekin, titroq ovozda o‘qiy boshladi:
— “Arvohlar hayotga qaytishi imkonsiz. Agar sen adashgan arvoh bo‘lsang, demak, sen ikki dunyo eshigining birlashishiga sababchi bo‘lgansan. Aybingni to‘g‘irlash uchun eshik qulfiga inson qonidan ikki tomchi tomir. Shunda hammasi tugaydi va sen aybing uchun jahannamda yonasan.”
Ovoziga o‘zi ishonmadi. Yuragi butunlay bo‘shashib ketdi. Xonada o‘lik sukunat hukm surdi. Keyin esa… Ayolning yelkalari titray boshladi.
Julian buni kutmagandi. Ayolning qaltiragan nafasi, boshi egilgan holati va butun vujudidan taralayotgan qayg‘u – bularning barchasi nihoyatda real edi.
— Demak… men qaytolmayman… — dedi ayol bo‘g‘iq ovozda.
Julian hech narsa demadi. U faqat qimirlamay turardi. Ayol esa sekin unga yuzlandi. Uning yonoqlaridan yosh oqardi, lekin ko‘zlarida nafaqat qayg‘u, balki iltijo ham bor edi.
— Iltimos… Men… Men aybdorman… Eshik yopilishi kerak.
Julian birdan orqaga tisarildi.
— Yo‘q! Men bunga aralashmayman! Bu men bilan bog‘liq emas!
— Qon kerak, — dedi ayol. — Ikki tomchi yetarli…
— Men buni qilmayman! — Julianning ovozi titradi.
Ayol unga uzoq termilib turdi. Keyin ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Sekin, yumshoq harakat bilan yigitning qo‘lini ushladi. Julian harakat qilmasa ham, yuragi urishdan to‘xtagudek bo‘ldi. Ayol uning barmog‘ini asta silab, past ovozda shivir qildi:
Keyin esa tirnoqlari bilan barmog‘ini yengil tirnab, nozik bir chiziq ochdi. Julian ingrab yubordi, lekin u qonni to‘xtata olmadi. Ikki tomchi qizil suyuqlik sirg‘alib tushdi… va eshik qulfiga tomdi.
Tuproq hidi taraldi. Yer ostidan shivir-shivir ovozlar eshitildi. Keyin birdaniga hamma narsa sokin tortdi. Eshikdagi zulmat asta-sekin tarqala boshladi…
Ayol chuqur nafas oldi. U boshini egib, yana pichirladi:
So‘ng birdan orqaga tisarildi. Uning tanasi xuddi tuman singari tarqala boshladi. Julian beixtiyor qo‘lini oldinga uzatdi, lekin juda kech edi. Ayolning vujudini qorong‘u chang yutib yubordi… va u butunlay yo‘q bo‘ldi.
Julian titragancha yerga cho‘kkalab o‘tirdi. Ko‘zlari hali ham ayol turgan joyga tikilgancha qotib qolgandi. U hozirgina nima yuz berganini tushunishga harakat qildi.
U yerto‘la devoriga yana bir bor qaradi. Lekin… yozuv yo‘qolgan edi.