URGANCH SHAHAR 19-SON MAKTABINING 11-E SINF ÒQUCHISI ALLABERGANOVA SEVINCHNING DAVLAT VA HUQUQ ASOSLRI FANIDAN LOYIHA ISHI MEHNAT QONUNCHILIGIDA YOSHLAR UCHUN IMTIYOZLAR
Yoshlar har qanday jamiyatning kelajagini shakllantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu sababli, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. O‘zbekistonda ham mehnat qonunchiligida yoshlar uchun qator imtiyozlar belgilangan bo‘lib, ular yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ish bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, ularni himoya qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonda davlat yoshlarning bandligini oshirish va ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish uchun turli dasturlar va kvotalar joriy qilgan. Xususan, ayrim davlat va xususiy korxonalarda yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida kvotalar belgilanishi mumkin. Bu esa yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasini kamaytirishga, ularni mehnat bozoriga jalb qilishga yordam beradi.
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar uchun mehnat qonunchiligida maxsus mehnat vaqti tartibi nazarda tutilgan. Bu ularning o‘qish va ishlash faoliyatini bir vaqtda olib borishiga imkon beradi. Qonunchilikka ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun ish haftasi 35 soatdan oshmasligi kerak. Bu esa ularning ortiqcha jismoniy va ruhiy yuklanishdan himoyalanishiga yordam beradi.