October 20

ㅡ DAY BY DAY ㅡ

-Janob chindan ham uni qamoqdan chiqaraylikmi? Ahir..bilishimcha u Mina xonimning o'gay akasi?

-Senga aytilgan ishni qil Yong-Su! Uni chiqarasan bugunoq! Yo'q hoziroq.

Yong-Su chuqur uf tortgancha javob qaytardi.
:Hop bo'ladi janob Taehyung! -dedi va xonadan chiqdi.

Yong-Su chiqib ketgandan so'ng Taehyung deraza oldiga borib, kechki oqshomning sokin manzarasini kuzatdi. tashqaridagi hamma narsa shubhali edi. Tillaqosh singari ingichka oydan tortib, uy darvozasi oldida ahlat titib yurgan savdoyi odamgacha!

:Nima uchun to'xtamayapman, u haqida o'ylashdan to'xtay olmayapman -dedi Taehyung qo'llarini derazaga tirab, hayol surar ekan! :Qiz bola oddiy bir qiz, yo'q u oddiy qiz emas, u Mina, mening Minam! ...nima deyapman!? Meniki? Aqldan ozdim, nega yuragim bunchalar bezovta? Qanday tuyg'u bu? Sevib..yo'q nimalar haqida o'ylayapman. Sevgi. -yosh bolalar uchun! Haqiqiy erkak sevmaydi! Ammo uni mening Minamni himoya qilishni, uning kichik ammo o'ziga yarashib turadigan jussasini quchishni hohlayapman! Uning keskin zaharhanda gaplarini jonqulog'im bilan kun bo'yi eshitishga tayyorman!
Yo'q....sevgi shirin so'zlar bilan qizning ko'nglini olish emas, sevgi bu- himoya! Mening himoyam, mening qanotlarim ostidir!

Bir necha soniyadan so'ng eshik ochildi.

-Janob ish bitdi!

-Yaxshi ularni yoniga boramiz!

-Nima?

-Akasini qandayligiga qiziqyabman.

-Tushunarli janob!

Taehyung bir zum sukutga cho‘mdi, lekin yuragi hali ham tinchimagan edi. Yong-Su eshik oldida kutayotganini payqab, shoshib bo‘ynidagi galstukni biroz bo‘shatdi. U kechki salqin shamolda yoniga olib chiqilgan kurtkasini kiyib, sekin qadam tashladi. Har qadamida ko'nglidagi chalkashliklar og‘irlashib borayotganday edi.

Mashina uydan uzoqroqda daraxt tagida to'xtadi. Minaning uy eshigi oldida erkak siymosi gavdalangandi. Bu o'sha- Minaing akasi. Sal o'tmay eshikdan Mina chiqdi.
Akasiga qarar ekan, qamoqdanxchiqgan mahbuzligini yaqqol ko'rsatib turgan tanasidagi tatularni paydqadi.

:Aka? ...

:Mina..-akam acha o'zgargan, uning ingichka qo'llari, baquvvat mushaklarga aylanibdi. Tanasida esa allaqanday bezori bolalarnikidak tatu chizilgan. Sochlari o'sibdi. Endi u yigitcha emas, balki haqiqiy erkak bo'libdi.

:Sizni sog'indim... -akamni beihtiyor bag'riga otildim. Menga tanish bo'lgan o'sha quchoqga, qamoqxonani zah hidi uforib turgan o'sha quchoqga. Akam ham barmoqlari bilan sochlarimni silar, goh qattiq, juda qattiq quchar, goh esa, yuzimni o'ziga qaratib kulardi. Taxmiman 5 daqiqa shunday turdik.

:Aka...kiring, uyga...-dedim men entikib.

:Puchuqvoy, katta qiz bo'lib qolibsankuu...-akam ko'zindan oqgan yoshlarni yashirishga urinardi. Ammo buni eplay olmasdi.

Uyga kirdik. Yo'lakning ohirgi xonasiga borgunimizcha, akam damba-dam uyni kuzatardi.

:Akajon shu uerga o'tirng, qo'lingizdagini menga bering! -dedim uni qo'lidagi katta sumkani sal nariga qo'yib. So'ngra, men ham uni qarshisiga o'tirdim. Akam astoydil meni tomosha qilardi. Huddi o'sha yillar kabi...
O'sha paytlar ham menga huddi shunday qarardi. Og'ay, tog'ri u o'gay -onam bilan dadam uni asrab olishgan. 5 yoshimda uyimizga kelgan bu 10 yasharlik yigitcha, menga huddi shunday qaragan edi. Har doim meni himoya qilgan o'sha yigitcha!

:Mina, meni kechir seni yolg'iz qoldirdim! -dedi akam o'sha tatu chizilgan mushakdor qo'llarini jipslashtirib.

:Aka....nimalar deyapsiz? Siz meni kechiring, qamoqxonaga bora olmadim, dadamni bilasizmku...

:...Ha aytgancha dadam qani? -dedi u.

:Kecha ketgani bo'yicha qaytib kelmadi...mayli uni qo'ya turing, siz men bilgan o'sha Chxvedan butkul boshqasiga o'zgaribsiz. Mushaklaringiz huddi -sportchilarnikidek -dedim kulib.

:Hazilkashliging haliham qolmabdi -deya u ham kulishni boshladi.

Birdan u keldi. Taehyung, yana qaysi teshikdan chiqdi bu ? Nima ishi bor?

:Yoshlar, beboshlar...o'gay aka-singil kechasi deng, taklif kiritmoqchiman. Kechangizda 3 shaxs ham bo'ladi ya'ni -men -deb stolda turgan olmani tishlab mening yobimga o'tirdi.

:Seni nima ishing bor la'nati....-dedim asablarimni boshqara olmay.

:Olma tahir ekan, boshqasi yo'qmi? -yuzimga qaradi Taehyung :Bo'ldi, bo'ldi asabiylashma, yo'q bo'lsa shunisini ham yeyaveraman...

:Hoy, sen kimsan? - dedi akam asabiy o'rnidan turib yengini shimargancha. Uning ko'zlaridan qattiq g'azablangani bilinib turardi.

:Menmi? -Taehyung menga yuzlandi :Meni kimligimni akangga aytmadingmi Mina? Yo xudoo-Taehung peshonasiga qo'lini qo'ydi. :Men.. sen..iii...- Mina qo'llarini Taehyungni lablariga bosdi.

:U demochiki, mening do'stim, tog'rimi Taehyung?

:Nima?

:Do'timsan tog'rimi?-deya pichirladi Mina.

:Ha. Do'stiman, biz do'stmiz! Chxve! Singling meni do'stim! Qadrdonim o'zimni -deya Minani quchishga tushdi Taehyung.

:Bo'ldi qo'yib yubor Taehyung, yur tashqarida gaplashib olishimiz kerek! Aka...hozir kelaman!
Yur....jin urgur...

Ular tashqariga chiqishdi.

:Sen esingni yedingmi? Akamga nima demoqchi eding?

:Bo'lgan voqeani aytmoqchi edim. Ya'ni sen qarshimda akang uchun yechinga....

:Jim jim...tshshsh...-Mina Taehyungga yaqinlashib lablari ustiga barmoqlarjni bosdi.

:Yaxshi..hech narsa demayman! Uyga kir!

:Nima?

:Uyga kir, shamollab qolasan! -Taehyungni zardali gapi bilan Mina uyga kirdi.

Mashina tomondanxesa Yong-Su kelardi.

:Meni lablarim...ga barmoqlari tegdi! Yong-Su buni sen ham ko'rsingmi?-Taehyung lablarini ushlab telbanamo tabassum qilrdi.

:Ketdik ertaga yana kelamiz Yong-Su!

:Janob ahvolingiz yaxshimi?

:Hayotimda bunday zo'r bo'lamaganman!

Mina nafasini zo'rg'a bostirib, ichkariga kirdi. Yuragi gursillab urayotgan edi, xonaga qaytganda akasi unga qiziqsinib qarar, bu vaziyatda qandaydir notinchlik borligini sezayotgandek edi.

— Akajon, choy ichasizmi? — Mina shoshib savol berdi, vaziyatni yumshatishga urinib.

Akasi unga javob bermadi, o'rniga ko'zlari bilan tashqariga qarab, ostonada Taehyung va Mina o'rtasidagi g'alati suhbatdan xavotirlanayotgandek ko'rindi. Uning yuzi xira, fikrlar girdobida edi. Nihoyat, u og'ir bir nafas olib gap boshladi:

— U yigit kim, Mina? Avval aytmadingmi? Sen bilan... qandaydir aloqasi bormi?

Mina akasining ko'zlariga tik boqolmasdi. Qo'llari titrab, choynakni stulga qo'ydi.

— Yo'q, aka, u... — Mina bir lahza to'xtab, so'zlarni izlay boshladi, ammo yelkalari qaltirab, tiliga kelayotgan so'zlarni yutib yubordi. — U shunchaki do'st,

— Do'st? — Akasining ovozi keskin, shubhalarga to'la edi. — Nega unda sening oldingga kelib, Menga biror narsa demoqchi bo'ldi.

Mina ovozi titraganini sezdirmaslik uchun past ovozda gapirdi:

— Aka, iltimos... u kimligini so'ramang. Faqat hozircha bilishingiz kerak bo'lgan narsa shu. Hammasi hal bo'ladi, lekin, sizni ortiqcha bezovta qilishni istamayman.

Bu gaplardan keyin bir lahza sukunat cho'kdi. Akasi nihoyat kresloda qaddini rostladi, nafas olishi chuqurlashdi. Ammo uning yuzida avvalgi tinimsiz xavotir va qo'rquv izlari qolgan edi.

— Agar men uchun biror xavf tug'dirmasa... hech narsa demayman, lekin sen mendan biror narsa yashiryapsan.

Mina esa tashqaridagi Taehyung tomonga qiyo boqar edi. Uning yuzidagi shubhalar akasining har bir harakatini kuzatib turganini sezgan edi.

Shu payt eshik ortidan Taehyungning tovushi kelib qoldi:

— Mina, meni eshityapsanmi? Tashqariga chiq, gap bor!

Mina eshik tomon bir lahza qadam tashladi, lekin akasining og'ir nigohini sezib, o'rnidan qimirlolmay qoldi. Orasidagi sir, soxtalik, Taehyungning ochiq gaplari uni tor burchakka tiqib qo'ygandek edi.

@pegasus_fanfic#Park Lilya#DAY_BY_DAY 📕