March 4, 2025

"Jiminʼs promise"

10-qism

Qoʻngʻiroq yakunlandi. Va Jimin ham Taehyung ham uxlashdi.

Ertalab siz qoʻzlaringizni zoʻrgʻa ochib turdingiz. Koʻzingizni ishqalab ishqalab dushga kirib ketdingiz va oynaga qarab turdingizda keyin yuz qoʻllaringizni yuvdingiz. Keyin pastga tushib biroz oʻtirdingiz va akangiz yoningizga keldi u ham yaqinda uygʻongandi. Siz va Tae oʻzingiz uchun nonushta tayyorladingiz. Nonushtani birga qildingiz lekin sizni kayfiyatingiz yoʻq edi. Tae esa kayfiyatingizni koʻtarish uchun rosa harakat qildi lekin oʻxshamadi. Keyin Tae gapirdi.

Tae: Singlim Jimin bilan gaplashib olishing kerak,balkim seni sinayotgandir.

Siz: Hoʻp akajon gaplashib koʻraman. Faqat ertaga bugun hech qayerga chiqmayman uyda boʻlaman.

Tae: Hoʻp mayli oʻzing bilasan. Lekin uyda zerikib ketmaysanmi.

Siz: Yoʻq akajon men bugun uxlayman mazza qilib dedi biroz jilmaydi.

Tae: Hoʻp mayli bugun biroz ishim bor. Ishimni tugatgunimcha uxlab tursang. Keyin Uyga kelsam birga drama koʻramiz ovqat pishiramiz hoʻpmi senga nima olib kelay ayt

Siz: menga Mochi bilan muzqaymoq olib kelsangiz boʻldi.

Tae: Hoʻp boʻladida meni jajji malikam.

Ular nonushta qilib boʻlishdi, Tae ishini hal qilgani ketdi. Siz esa dasturxonni yigʻishtirib boʻlib xonangizga kirib ketdingiz va yotoqqa oʻzingiizni tashladingiz. U yoqqa bu yoqqa dumalab dumalab oxiri ixlab qoldingiz.

Bu paytda Jimin endi turgan edi u ham yuz qoʻllarini yuvib pastga tushdi. Pastda ota onasi va akalari oʻtirgan ekan. Borib siz ham saflariga qoʻshildi.

Jm: Otajon onajon yaxshi dam oldingizmi

Ota onasi: Ha oʻgʻlim yaxshi dam oldik oʻzing yaxshi dam oldingmi

Jm: Ha yaxshi dam oldim. Akajon sizlar ham yaxshi dam oldinglarmi.

Akalari: Ha albatta

Jm: Yaxshi.

Jm/o: oʻgʻlim nega hafa boʻlgandek koʻrinyapsan. Nima boʻldi.

Jm: Yoʻq onajon hafa emasman. Shunchaki kecha Yubinni hafa qilib qoʻydim.

Jm/o: nega, qanday qilib hafa qilding

Jm kechagi boʻlgan voqeani, ataylab qilganini, hamma hammasini aytib berdi

Jm/o: Oʻgʻlim yaxshi qilmabsanda nima boʻlganda ham sen u bilan yoshlikdan beri tanishsan, yana u seni sevgiling uni boshqa hafa qilmagin. Namjoon Hoseok bu gaplarim sizlarga ham tegishli agar sevgan qizingiz boʻlsa uni chin dildan seving ularga hech qachon xiyonat qilmang tushundingizmi.

Jimin Namjoon va Hoseok. Hoʻp boʻladi onajon aytganingizdek qilamiz deb kulib yuborishdi. Keyn yigitlarning onasi ham otasi ham kulib yubordi. Ular nonushta qilib olishdi. Keyin hamma oʻz ishiga ketdi.

Jimin Taehyung ga telefon qildi.

Jm: Alo Taehyung

Tae: Eshitaman Jimin

Jm: Gullarga buyurtma berdingmi

Tae: Ha hozir oʻsha gul doʻkoni yonidaman. Senchi buyurtma berdingmi

Jm: Yoʻq hali buyurtma bermadim, menga oʻsha gul doʻkonini manzilini yubor men hozir yetib boraman.

Tae: Hoʻp dedida manzilni yubordi.

Jimin esa 10 minutga qolmay yetib keldi chunki Jiminning uyiga yaqin edi. Jimin Tae bilan koʻrishib gul doʻkoniga kirib koʻpgina gulga buyurtma berdi va ertaga mashinada Tae ning uyiga soat 10 da olib borishlarini aytdi. Jiminni Tae gul doʻkonining tashqarisida kutib turgan edi. Jimin chiqdi va ular birga suhbatlashib yoʻllarini davom ettirishdi.

Jm: Tae Yubinga nima yoqadi.

Tae: Unga qulupnay, apelsin, shirinliklar yoqadi va kichik sovgʻalar yoqadi. Uni hursand qilish juda ham oson. U kichik narsalarga ham hursand boʻladi

Jm: Unda unga yur birorta sovgʻa olamiz. Deb uni yetaklab ketdi.

Tae bilan Jimin birinchi kiyim doʻkoniga borishdi, ular juda chiroyli koʻylaklar olishdi. Keyin ular shirinlik doʻkoniga borishdi ular oʻzlari bilan ozgina shirinlik olishdi. Ular keyin mevalar sotadigan joyga borib qulupnay,apelsin yana turli xildagi mevalardan olishdi. Hammasini olib boʻlgach taxiga oʻtirib uyg borishdi birga siz bu vaqtda mazza qilib uxlayotgan edingiz. Tae va Jimin yetib keldi uyga sekin kirishdi Jimin olgan narsalarini uyga olib kirishga yordam berdi va Tae bilan xayrlashib oʻz uyiga ketdi. Tae esa koʻylaklarni olib yashirib qoʻydi. Shirinliklarni likopchalarga terib qoʻydi, mevalarni esa olib stol ustichekkasiga qoʻyib qoʻydi. Tae sizni yoningizga chiqdi va sizni uygʻotdi siz uygʻondingiz keyin birga pastga tushdingiz tushishingiz bilan koʻzingiz stol ustidagi shirinlikka va mevalarga tushdi va siz akangizga gapirdingiz

Siz: Aka stol ustidagi shirinliklar va mevalar kimga

Tae: Kimga boʻlardi albatta sengada jajji malikam

Siz: Vooooy🥹🥹 rostanmi raxmat akajon deb akangizni quchoqlab qoʻydingiz.

Tae: Senga yoqqan boʻlsa boʻldi deb jilmayib qoʻydi.

Siz: Menga yoqdi keling ikkalamiz shirinliklarni yeb drama koʻramiz kech ham boʻlib qolibdi qorningiz ochgan boʻlsa ham kerak lekin meniki juda ham ochdi dedingiz erkalanib

Tae: mayli unda qani shirinliklarni olaylikchi dedi va birga shirinliklarni va yoniga mevalarni ham oldingiz keyin TV si bor xonaga kirdingiz va birga ancha vaqtgacha drama koʻrib uxlagani oʻz xonalaringizga kirib ketdingiz.

Bu koʻylaklar sizga olingan koʻylaklar
Bu shirinliklar siz uchun olingan