February 5, 2025

"Hamma hohlaydigan baxt".                                                       9-qism  

Har doimgidek qushosh nurlari xonani yoritar edi. Sizning esa hali turish niyatingiz yoʻq. Onangiz bugun erta turgani uchun sizni oldingizga kirib sizni uygʻotmoqchi boʻlib gapirdi.

Onangiz: Qizalogʻim turaqol yuz qoʻlingni yuvib nonushtangni qilib ol.

Siz: Ha hoʻp onajon deb koʻzingiz yumuq holida gapirdingiz.

Onangiz: Bugun ishlarim juda koʻp kech qaytishim mumkin xavotir olmagin va qoʻrqmasdan oʻtirgin.

Siz: Ishingiz oxirgi kunlarda koʻp boʻlib ketdiyaa onajon.

Onangiz: Axir ertaga toʻyingku oʻshani harakatida yuribmanda. Ha mayli men shoshilyapman. Ketdim yaxshi oʻtirgin deb sizni peshonangizdan oʻpib ketdi.

Siz: Hoʻp deb yana uxlab qoldingiz.

Bu vaqtda Tae yuz qoʻlini yuvib boʻlib, nonushta qilayotgandi keyin singlisi Rona uygʻonib pastga akasini yoniga keldi.

Rona: Aka yaxshi dam oldingizmi

Tae: Ha singlim turdingmi yuz qoʻlingni yuvib kel birga nonushta qilamiz dedi jilmayib.

Rona: Yuz qoʻlimni yuvdim deb stulga oʻtirib nonushta qila boshladi.

Birozdan soʻng Tae nonushta qilib boʻlib kompaniyasiga ketdi. Tae kompaniyasiga yetib kelib kun boʻyi kompaniya ishlari bilan mashgʻul boʻldi.

Siz kun boʻyi uxlash bilan band boʻldingiz.

Rona esa uy ishlarini qildi, nimadurlar yasadi, drama koʻrdi har holda kun boʻyi oʻzini zeriktirmadi.

Kechqurun ham boʻldi mana. Ertaga toʻyligi uchun Tae uyga keldida xonasiga kirib ertaroq uxlayman ertaga ertaroq turishim kerak dedida koʻzini yumdi va bir zumda uxladi. Rona ham ertaga toʻy deb xursand boʻlib u ham erta uxlashga qaror qilib xonasiga chiqib uxladi. Siz biram uyquchi edingizki hali ham uxlayapsiz. Onangiz bu orada uyga kelishga va uxlashga ulgurgan edi. Xullas kechqurun boʻlgandi hamma uxladi.

Bugun toʻy boʻladigan kun. Tongi soat 5:37 boʻlgan. Hamma tinch uxlayapti. Lekin siz ancha oldin turgansiz chunki kecha kun boʻyi uxlahaniz uchun. Bugun toʻyingiz ekanligini oʻylab yotar edingiz.

Hayolingizda: Rostan ham meni toʻyim bugun boʻlyaptimi. Hech ham ishongim kelmayapti. Nahotki men sevgan insonimga turmushga chiqyapman. Bu juda ham ajoyib ekan. Men erkak kishi bergan mehr xissini endi tuyyabman. Menga otam umuman mehr bermagan. Tashlab ketganligi sababli men umuman ota mehrini tuyolmadim. Lekin endi men baxtli boʻlaman. Chunki yonimda Tae boʻladi. Men juda ham xursand boʻlib ketyapman. Mayli qani endi turay axir bugun toʻyimku deb oʻrningizdan turdingiz. Siz dushga kirib choʻmildingiz, dushdan chiqib oʻziz eng yoqtirgan chiroyli koʻylagingizni kiydingizda, make up qildingiz. ( Aslida siz tabiiy goʻzalsiz sizga hamma havas qiladi. Siz uchlalik boʻyanmadingiz shunchaki pomada,tush va kosmetika qoʻydingiz holos). Siz oʻrningizdan turib pastga tushdingiz, nonushta tayyorladingiz. Keyin onangiz sizni yoningizga kelib gapira boshladi (siz onangizni uxlayapti deb oʻylagan edingiz lekin u sizdan oldin uygʻongan edi, siz turishingizni kutayotgan edi)

Onangiz: qizalogʻim buncha erta turding.

Siz: Kecha kun boʻyi uxlagandimda shunga erta turdim onajon.

Onangiz: ha mayli qani nonushtaga tayyorlagan narsangni olib kel nonushta qilib olaylik bugun ishlarimiz juda koʻp qizim.

Siz: hoʻp onajon deb tayyorlagan narsalaringizni olib kelib qoʻydingiz va birga nonushta qildinglar.

Bu paytda Tae va Rona ham turib nonushta qilayotgandi. Birdan Rona gap boshladi.

Rona: akajon mening sabrim sabrim yetmayapti, Yuna bizni uyimizga kelin boʻlib kelishiga hech ishongim kelmayapti.

Tae: Men ham ishonolmayapman. Men juda ham hayajonlanyapman.

Rona: Men ham aka deb nonushta qilishni davom ettirishyapti.

Bu yoqda siz dasturxonni yigʻishtirib, onangiz bilan gaplashib oʻtiribsiz.

Siz: Onajon men juda hayajonlanyapman.

Onangiz: Bu tabiiy hol men ham toʻyim boʻladigan kun hayajonlanganman.

Nonushta qilib, gaplashib oʻtirganlaringda soat 7:10 boʻlgan.

Toʻyga hamma taklif etilgan edi. Sizning dugonalaringiz, qarindoshlaringiz. Uyingiz esa juda ham chiroyli qilib bezatilgan edi. Taening uyi ham bezatilgan, u ham qarindoshlarini doʻstlarini va eng muhimi ota-onasi hamda ukasini taklif qilgan edi. Chunki ota-onasi va ukasi Amerikaga ketishgan edi. Buning sababi ukasi 14 yosh boʻlganligi sababli Amirikada oʻzi yasholmas edi. Ulasining oʻqishi oʻsha yerda edi.

Shunday qilib oradan 5 soat vaqt oʻtdi hamma hursand, toʻyga tayyorgarlik koʻrilayotgan edi. Sizning kelin koʻylagingiz kelgan, uni kiyib boʻlgandiz, siz toʻyga tayyorsiz. Toʻy toʻyxonada boʻladi. Toʻyxonani esa Tae band qilib qoʻygan edi. Tae uyda kostyum shimini kiydida pastga tushdi, qarasa singlisi ham tayyor chiroyli koʻylak kiyib olgan edi. Ular birga sizning uyingizga ketishdi. Birozdan soʻng ular yetib borishdi va ichkariga kirishdi. Siz tepada oʻz xonangizda oʻtirar edingiz onangiz esa pastda u ham tayyor edi. Rona onangiz bilan gaplashib turardi. Tae esa sizni yoningizga chiqdi. Ochkariga kirdida sizni koʻrib hayratdan qotib qoldi. Chunki siz oldingidanda chiroyli boʻlib qolgandingiz. Tae oʻziga kelib, sizni quchoqlab oldi. Va gapira boshladi.

Tae: Sen juda goʻzalsan malikam. Nihoyat sen menikisan seni hech kimga bermasdan oʻzimniki qilaman bugun. Dedida kuldi.

Siz: Raxmat. Albatta men siznikiman. Yuring endi pastga tushaylik dedingiz jilmayib.

Tae Hoʻp degancha boshini qimirlatdi va sizni qoʻlingizdan ushlab oldi va pastga tusha boshladingiz pastda onangiz va Rona turar edi. Ular sizni koʻrib hayron qolishdi.

9-qism nihoyasiga yetdi menimcha keyingi qismida hot joyi boʻladi🤭🤭