February 18, 2025

"Jiminʼs promise"

5-qism

Jm/o: Yaxshiku unda tezroq ovqatlanib uxlagin ertaga ertaroq turib tayyorlanasan dedi jilmayib.

Jimin ham hoʻp deb ovqatlandi. Hursandligidan ichiga sigʻmay ketayotganday tuyilardi. Ovqatlanib boʻlib hammalariga gapirdi.

Jm: Men uxlagani kirib ketyapman yaxshi dam olinglar men sizlarni yaxshi koʻraman dedi

Ota onasi: Mayli oʻgʻlim ertagacha sen ham yaxshi dam olgin

Akalari: sen ham yaxshi dam ol

Jm: Hoʻp dedida xonasiga kirib yotoqqa oʻzini otdi va sizni risa oʻyladi.

Jm hayolida: albatta ertaga uni oldiga boraman. U mendan hafa boʻlib qolgani aniq, men unga chiroyli qizil atirgul olib olaman unga juda yoqadi degan hayollar bilan yotoqqa oʻzini qanday tashlagan boʻlsa oʻshanday uxlab qoldi.

Siz ham uxlagandingiz...

Erta tong har xil ovozlar, qushlarning ovozlari mashinalarning ovozlari eshitilib turardi.

Bizning Jimin uygʻondi turib dush qabul qilgani kirib ketdi va birozdan soʻng chiqib chiroyli kostyum shimini kiyib sochlariga qarab xushboʻy hidli atir sepib oldida sizning raqamingizga sms yozdi. (Raqamingizni sizni qidirganda topgan)

Sms da: Salom Yubin yaxshimisan sen bilan gaplashib olishimiz kerak. ****** Shu joyga kelsang xotirjam gaplashib olar edik. Men Jiminman.

Sizga qaytamiz...

Siz allaqachon turgan edingiz lekin koʻzlaringiz kecha yigʻlaganingiz uchun ishib ketgandi. Siz dush qabul qilib nonushta tayyorlash uchun pastga tushdingiz, siz nonushtani tayyorlab boʻldingiz va tepadan ota onangiz tushdi sizni koʻrib onangiz gapirdi.

K/Y: qizim senga nima boʻldi nega koʻzlaring ishib ketdi.

K/J: Ha qizim nima boʻldi seni kim hafa qildi.

Siz: aa haligiii mengaa deyotgan edingiz tepadan Tae tushib gapirdi

Tae: ona kecha men singlim bilan urushib qolgandim shunga yigʻladi

K/Y: Nimaaa nega urushding

K/J: Ha mayli oʻgʻlim lekin yaxshi ish qilmabsan yarashib oldinglarmi

Tae: Ha dada oyi men kecha kechqurun uzur soʻrab yarashib oldim

Siz Tae nega bunday deganiga hayron edingiz. Keyin ota onangiz stol yoniga ketishganda Tae sizga gapirdi.

Tae: Uzur singlim nima deyishni bilmay turganingga oʻzim gapirib yubordim

Siz: Hech qisi yoʻq akajon sizni yaxshi koʻraman deb quchoqladingiz

Tae: Men ham seni yaxshi koʻraman yur endi nonushta qilib olaylik deb sizni qoʻlingizdan ushlab yetakladi. Stol yoniga borib stulga sizni oʻtirgʻizdi siz raxmat deb oʻtirdingiz. Birga nonushta qildingiz keyin siz dasturxonni yigʻishtirib xonangizga chiqdingiz va telefoningizni qoʻlingizga olib qaradingiz sizga sms kelgandi siz ochib qaradingiz ich ichingizdan rosa hursand boʻldingiz, buni akangizga koʻrsatish uchun yana pastga tushdingiz Tae pastda tv koʻrib oʻtirgan edi. Siz yugurib bordingiz

Siz: aka aka qarang menga Jimin xabar yozibdi

Tae: Qani koʻraychi deb telefonni qoʻliga olib xabarni oʻqidi

Tae: Man telefoning deb telefonni berdi. Tae: Tezroq tayyorlan unda men seni oʻzim tashlab qoʻyaman. Dedi

Siz: Men tayyorman. Biram yaxshisiz akajon. Men aizni judayam yaxshi koʻraman.

Tae: Men ham seni yaxshi koʻraman singlim. Qani endi tayyor boʻlsang yur seni tashlab qoʻyaman deb tashqariga chiqib mashinaga oʻtirib aytilgan manzilga ketdinglar.

Jiminga qaytamiz...

Jimin sizga sms yuborganidan soʻng turib pastga tushib ketdi va pastda akalari turgan ekan.

J/h: Jimin ketyapsanmi

Jm: Ha akajon ketyapman

J/h: Yaxshi unda gul doʻkonidan gul olsh esdan chiqmasin hoʻpmi uka

Jm: Hoʻp boʻladi aka men ketdim

J/h: Mayli omad yaxshi borib kelgin

Jm: Hoʻp deb koʻchaga chiqdi va mashinasiga oʻtirib ketdi.

Oradan 15 minut oʻtdi...

Tae va siz yetib keldingiz

Siz: Boʻpti akajon koʻrishguncha deb mashinadan tushdingiz

Tae: Extiyot boʻlgin, chiqib menga telefon qil oʻzim seni olib ketaman hoʻpmi

Siz: Hoʻp aka deb ichkariga kirib ketdingiz

Tae mashinasini haydab ketdi. Orqasidan Jimin keldi va mashinasini chetroqda toʻxtatdi va tushib aytilgan joyga kirdi.