February 14, 2025

"Jiminʼs promise"

3-qism

Siz: Hoʻp ona deb yana oʻyiningizni davom ettirdingiz. Dadangiz ham onangiz bilan birga oshxonaga ketgan edi. Siz akangiz bilan suhbatlashib oʻyin oʻynadingiz. Akangiz sizni juda ham yaxshi koʻrib qoldi sizni erkalab jajji malikam dedi siz akangizni gapidan juda ham uyaldingiz sababi bunday soʻzlarni hech kim sizga aytmagandi.....

Kech tushdi sizlar birga dasturxon atrofiga oʻtirib ovqatlana boshladingiz va dadangiz dedi

K/J: Qizim ovqatlanib boʻlib darrov uxlagin men maktabingni hal qildim, ertaga maktabga borishing kerak.

Siz: Hoʻp dadajon dedingiz

K/J: Seni ertaga maktabga akang tashlab qoʻyadi hoʻpmi dedi Tae ga qarab

Siz: Hoʻp boʻladi dadajon deb kulib qoʻydingiz

Ovqatlanib boʻldinglar va siz onangizga dasturxonni yigʻishtirgani yordamlashib qoʻydingiz va xonangizga chiqdingiz.

Bu sizning xonangiz. Ota onangiz katta boʻlishingizni oʻylab katta qizlarnikiday bezashgan.

Xonaga kirganingizdan soʻng yotoq ustiga oʻzingizni tashladingiz biroz shunday yotdingizda, keyin koʻrpani ichiga kirib yotib oldingiz va ozginadan keyin uxlab qoldingiz. Tuni bilan mazza qilib uxladingiz umringizda bunaqangi mazza qilmagandingiz.

Erta tong siz erinibgina oʻrningizdan turib yuz qoʻlingizni yuvdingiz va koʻylaklaringizni koʻrishni boshladiz keyin oʻzingizga yoqqan koʻylakni kiyib pastga tushdingiz, ota onangiz va Tae bilan birga nonushta qildinglar. Soʻng siz maktab formangizni kiyib tushdingiz, sizni akangiz kutib turgan ekan. Sizni koʻrib dedi

Tae: Kettikmi jajji malikam

Siz: Ha aka kettik dedingiz hursand boʻlib

Tae sizni qoʻlingizdan mahkam ushlab oldi, birga koʻchaga chiqqaninglarda mashina turgan ekan u Tae ning mashinasi edi. Siz akangizga qaradingiz va

Siz: Akajon iltimos mashinada ketmaylik, piyoda ketaylik deb erkalik qildingiz.

Tae: Mayli jajji malikam siz nima desangiz shu boʻladida deb qoʻlingizni qoʻyib yubormay yetalab ketdi. Siz esa indamay ketardingiz. Ancha yurganinglardan keyin maktabga bordinglar va toʻgʻridan toʻgʻri oʻqituvchilar xonasiga bordinglar. Shundan soʻng Tae yoningizga keldi oʻqituvchi bilan. Tae ketdi oʻqituvchi esa sizni sinfxonaga kirib sizni tanishtirdi. Siz darrovda joyingizga borib oʻtirib oldingiz... Darslar tugadi siz uyga bordingiz.

Jiminga qaytamiz... Jimin ham juda yaxshi oilada yashayapti, ota onasi va akalari bilan tezda chiqishib olgan edi. Ular koreadan Amerikaga ketishgan edi. Chunki Jiminning dadasi yani oʻgay dadasining ishini Amerikada davom ettiradigan boʻlib ketib qolishdi.

Xullas oʻtkizib yuboramiz... Oradan 6 yil oʻtib ketdi. Jimin ham ancha katta boʻldi, oʻzi oʻqidi, ish topdi. Lekin bu yil ular ona yurtlariga yaʼni koreyaga qaytib keladigan boʻldingiz. Shu 6 yil ichida siz ham tanib boʻlmas darajaga oʻzgargan edingiz, juda ham chiroyli shu kungacha aqlli oʻquvchi boʻldingiz.

Bu sizning hozirgi koʻrinishingiz. Ancha oʻzgargansiz
Bu esa Jimin. U ham juda oʻzgargan.

Bu yilning aprel oyida siz 18 yoshga toʻlasiz. Aprelgayam bir oygina vaqt qoldi. Jimin sizni hali ham unutmagan edi va vaʼdasiga vafoli boʻlib hech kimni sevmadi hattoki qizlarga eʼtibor ham bermadi. Albatta siz ham Jiminni unutmadingiz, siz hma hech kimni sevmadingiz, ortingizdan nechtalari yalinib yurdi siz hattoki qayrilib ham qaramadingiz.

Hozirgi vaqt.

Ertalab quyosh nuri koʻzlaringizni ochishga majbur qildi. Siz turib dush qabul qilgami kirib 20 minutlarda chiqdingiz. Tabiiy chiroyliligingiz sababli uncha make up qilmasdingiz, faqatgina labingizga pomada surib oldingiz va maktab formangizni kiyib pastga tushdingiz, ota onangiz va akangiz nonushta qilayotgan ekan yugurib borib dadangizni, onangizni quchoqlab oʻpib qoʻydingiz, akangizni faqat quchoqladingiz, bunga akangiz indamadi siz ham oʻtirib nonushta qilib olib maktabga shoshildingiz. Sumkangizni olib men kettim deb maktabga ketdingiz.

2 kun oldin Jimin ota onasi va akalari bilan Amerikadan qaytishgan edi. Jimin qaytishi bilan sizni qidira boshladi va sizni qaysi maktabda oʻqiyotganingizni topdi va bugun oʻsha maktabga bormoqchi boʻlib yoʻlga tushdi mashinada boʻlgani uchun bir zumda maktab oldida boʻldi.

Bu vaqtda siz endi yoʻlda edingiz, chunki dugonalaringizni chaqirib ketar edingiz. Siz dugonangiz bilan maktabga yetib bordingiz va u yerda.......