March 12, 2025

" Jiminʼs promise"

11-qism

Tae va siz birga ancha vaqtgacha drama koʻrib uxlagani oʻz xonalaringizga kirib ketdingiz. Shunday qilib yana bir yangi tong otdi. Siz uchun bugun muhim kun yaʼni sizning tugʻilgan kuningiz.

Shunday qilib, yangi tong otdi. Siz esa erinibgina koʻzingizni ochdingiz,dush qabul qilib boʻlib kiyimingizni kiyib pastga tushdingiz, qarabsizku u yerda hech kim yoʻq, keyin yana tepaga akangizni xonasiga chiqdingiz, eshikni taqillatdingiz akangiz javob bermadi va eshikni sekin ochib ichkariga kirdingiz va akangizni uxlab yotganini koʻrdingiz va oʻyladingiz.

Hayolingizda: Voy akam kichkina ayiqchaga oʻxshab uxlashini qaranglara, uxlaganda hech ham koʻrmagandim, akam ajoyib uxlarkan ha mayli endi uygʻotaqolay bugun axir mening tugʻilgan kunimku ertaroq turishi kerak. Dedingizda akangizni turtib gapira boshladingiz.

Siz: Aka akajon turing... turaqoliiing akaaaaa...

Tae: biroz uxlay singiljon

Siz: akaaaaa axir bugun tugʻilgan kunimkuuuu turaqoliiing endiii dedingiz erkalanib

Tae: hoʻp mayli jajji malikam turdim sen hafa boʻlmagin yana deb oʻrnidan turdi.

Siz: akajon yuz qoʻlingizni yuvib pastga tushibg men ungacha nonushta tayyorlab turaman dedingiz

Tae: nonushta tayyorlayman deb yondirvormaginaa singlim😅

Siz: Hoʻoʻoʻp akajon siz tezroq boʻling deb pastga tushib ketdingiz.

Yarim sotdan keyin Tae pastga tushdi siz ungacha hamma narsani tayyorlab boʻlgan edingiz. Akangiz kelib stulga oʻtirdi va sizga qarab gapirdi

Tae: Voooy boo shuncha narsani oʻzing tayyorladingmi yoki buyurtma berdingmi deb kuldi.

Siz: akajon albatta oʻzim tayyorladim qani tatib koʻringchi

Tae: Hoʻp mayli qani yeb koʻraychi deb birinchi quymoqni olib yeb koʻrdi, keyin mevali shirinlikdan yeb koʻrdi va dedi

Tae: Mening singlim pishirishni bilmaydi desam, qoʻli gul pazanda ekansanku aaa singlim dedi

Siz: Sizga yoqdimi akajon

Tae: albatta juda shirin chiqibdi. Rosa yeyishlik boʻlibdi oʻziyam deb yana yeyishni boshladi

Siz ham pishirgan narsalaringizdan yedingiz biroz oʻtib akangiz gapira boshladi.

Tae: Singlim bugun sen bir qiz bilan aylanib kelasan, oʻzim aylantirib kelmoqchi edim afsuski juda zarur ishim bor bugunga, ertaga seni oʻzim aylantirib kelaman hoʻp hafa boʻlmagin.

Siz: Mayli akajon hafa boʻlmayman lekin u qiz kim

Tae: Oʻzi kelsa soʻrab bilib olasan hoʻpmi oʻzimni jajji malikam

Siz: Hoʻp mayli

Tae: endi nonushta qilib boʻlgan boʻlsang tezroq tayyorlan, men aytgan qiz tez orada kelib qoladi

Siz: Hoʻp deb xonangizga chiqib ketdingiz va 15 minutga qolmay tayyor boʻldingiz, pastga tushsanhiz akangiz dasturxonni yigʻishtirayotgan ekan buni koʻrib gapirdingiz

Siz: akajon keling oʻzim yigʻishtiraman dedingiz

Tae: yoʻq singlim oʻzim yigʻishtiraveraman.

Siz: Shunday singlingiz boʻlganda siz yigʻishtirasizmi keling oʻzim yigʻishtiraman siz oʻtirib turing hoʻpmi

Tae: hoʻp boʻladi mening mehribon singlim deb kulib qoʻydi.

Siz esa dasturxonlarni yigʻishtirdingiz va idishlarni yuvayotgan edingiz birdan eshik qoʻngʻirogʻi chalindi buni akangiz ham eshitgani sababli sizga qarab

Tae: Sen idishlarni yuvaver men eshikni oʻzim ochaman dedi

Tae borib eshikni ochdi qarshisida esa oʻsha Tae kutgan qiz turar edi. Tae uni koʻrib juda xursand boʻldi. Uning ismi Sonhe edi.

Ismi Kang Sonhe. Kanglar oilasining yagona qiz farzandi. Uning bitta akasi bitta ukasi bor. U juda ham mehribon, aqlli, juda chiroyli qiz. Lekin harakterini Tae dan boshqa hech kim tushunmaydi hattoki ota onasi ham. Ajoyib harakterli qiz. U juda ham tomboy stilda kiyinishni yoqtirgani sababli shunday stilda kiyinib yuradi.

Tae Sonheni qoʻlidan ushlab oʻziga tortdi, Sonhe bir zumda Taening bagʻrida boʻlib qoldi Tae esa eshikni yopib Sonheni quchoqladi, albatta Sonhe ham shunday qildi. Tae Sonhega gapirdi.

Tae: Sevgilim yaxshi kelib oldingmi

Sonhe: Albatta sevgilim. Singlingiz qayerda? soʻradi Taega qarab

Tae: oshxonada, ha aytgancha u bizni sevishgan ekanligimizni bilmaydi bugun unga oʻzing aytasan va kechgacha koʻchada olib yurishing kerak uyga kelmasligingiz kerak hoʻpmi sevgilim

Sonhe: Albatta tushundim sevgilim men bu ishni qoyillataman. Menga qachon soat nechchida kelishimizni aytsangiz boʻldi.

Tae: hoʻp unda kechki soat 4 da shu uy yonida boʻlasizlar yetib kelib xabar yozib qoʻysang boʻldi. Qayerga borsangiz boraverasiz singlimni salonga olib borasanmi doʻkongami har holda 4 ga yetib kelsangiz boʻldi.

Sonhe: Hoʻp boʻladi unda yuring singlingizni yoniga boraylik tayyor boʻlsa kerak.

(Tae va Sonhe haqida qisqacha – ular bir yildan beri uchrashishadi, lekin buni oʻzlaridan boshqa hech kim bilmaydi. Tae Sonhega juda yaxshi muomalada boʻladi. Hozirgacha ular bir biri bilan qattiq urushib qolmagan. Hozir ularni yana bir kishi biladi bu ham boʻlsa siz.)

Ular sizning yoningizga borishdi, keyin siz va Sonhe biroz gaplashdingiz va chiqishib ketdingiz. Keyin sizni Sonhe Tae aytganidek koʻchaga olib chiqib ketdi. Tae esa ular ketishi bilan Jiminga qoʻngʻiroq qilib tez kelishini va yoʻldam uyni bezatish uchun narsalarni olib kelishini aytdi. Yarim soat oʻtmay Jimin yetib keldi. Tar bilan gaplashishdi biroz keyin ishni boshlashdi birinchi uylarni yaxshilab yigʻishtirib chiqishdi ( oʻzi chiroyli siz yilishtirib qoʻygan edingiz kecha lekin Jiminning harakteri boshqacharoqda yana tozalashni xoxladi xullas injiq yoki pasat deganday gapda) Ular yigʻishtirib boʻlib, uyni bezatishni boshlashdi ba bir necha soatlardan keyin bezatib boʻlishdi. Juda chiroyli chiqdi. Yana bir joyni chiroyli qilib bezatishgan edi, u yer esa sizning yotoqxonangiz edi lekin xonangizni boshqacha qilib bezatishdi. Xonaga yetib borish yoʻlagiga atirgul barglarini sepib chiqishdi. Hammasini qilib boʻlgach soatga qarashgach 3 boʻlganini bilishdi va birgalashib gul doʻkonidan gul olib kelish uchun ketib, 15 minutlarda uyga kelishdi va olib kelgan gullarini har joyga qoʻyib chiqishdi oʻziyam hamma joy atirgul bilan toʻlib ketdi. Uy juda chiroyli boʻlib qoldi va ular hammasini tugatishdi va ular oʻzlari ovqat tayyorlashni boshlashdi shirinlikni ham oʻzlari qilishga qaror qilishdi.

Bu vaqtdi siz va Sonhe birga kun boʻyi gaplashdingiz parkka birga bordingiz, mazza qilib aylandingiz Sonhe sizga Tae bilan munosabati haqida aytib berdi. (Sonhe bilan bir zumda chiqishib ketdingiz u sizdan bir yosh katta boʻlgani bilan bir kunda yaqin dugona boʻlib qoldingiz)Sizlar birga salonga bordingiz Sonheni ham sizni ham koʻrinishingizni ajoyib qilib qoʻydi salondagilar. Sonhe kechki soat 3 yarim boʻlganini bildi va siz bilan uyga qaytishdi. Yetib kelay deganda Sonhe Taega xabar yozdi.

Xabarda: Tae yaxshimisiz biz uyga yaqinlashib qoldik. Hamma narsa tayyormi.

Taedan: Ha kelavering hamma narsa tayyor hatto ovqat va shirinliklar ham😁

Tae esa Jiminga gapirdi.

Tae: Jimin boʻlaqol tezroq singlimni xonasiga berkinib ol.

Jm: hoʻp hoʻp boʻpti men ketdim.

Tae: hoy guldasta esingdan chiqdi

Jm: iyaa uzur deb orqaga qaytib guldastani oldida boʻpti meni aytib qoʻymagin hoʻpmi Tae deb sizning xonangizga chiqib berkinib oldi.