March 1, 2025

"Jiminʼs promise"

9-qism

Siz: Jimin mening ishim chiqib qoldi ketishim kerak deb yugurib ketib qoldi

Jm: Toʻxta deb qolib ketdi.

Siz yoʻlda oʻylanib koʻzingiz yoshga toʻlib turardi, ozginadan soʻng koʻz yoshingizni tutib turolmay yigʻlab yubordingiz va oʻzingizga oʻzingiz gapirib ketdingiz.

Siz: Nega bunday boʻldi, axir Jimin vaʼda bergan ediku. Nimaga😭 uni endi topdim deganimda bunday boʻldi. Menga shuni ravo koʻrdimi axir sendan boshqasini sevmayman, boshqasiga qaramayman degandiku. Nimagaa😭😭 deb yigʻlab yurib yurib uyga yetib kelganingizni sezmay ham qoldingiz. Uyga kirdingiz. Akangiz yaʼni Tae oʻtirgan edi. U endi gapirayotgan edi.

Tae: Yaxshi yetib keldingmi, senga nima boʻldi

Siz esa eʼtibor bermasdan xonangizga chiqdingiz va burchakka oʻtirib oldingiz orqangizdan esa Tae kirib keldi sizni yoningizga borib, hech nimani soʻramasdan quchoqladi va

Tae: Nima boʻlganini soʻramayman, lekin vaqti kelganda oʻzing aytib berasan hoʻpmi meni jajji malikam dedi erkalab

Siz: Raxmat akajon yaxshiyam siz borsiz siz boʻlmaganingizda hozir oʻzim yolgʻiz boʻlardim. Sizni yaxshi koʻraman akajon dedingiz ozgina jilmayib

Tae: Men ham seni yaxshi koʻraman nima boʻlgan boʻlsa ham hammasi yaxshi boʻlib ketadi buni oʻylab hech ham siqilmagin dedi yelkangizga qoʻlini qoʻyib.

Siz: Hoʻp akajon men unda turib kiyimimni almashtirib olay keyin birga ramyon qilamizaa akajon

Tae: Sen nim desang shu unda men pastga tushib turaman tezroq tushgin deb peshonangizdan oʻpib qoʻydi va xonangizdan chiqib ketdi

Siz bir zumda kiyimingizni almashtirib olib pastga tushdingiz keyin birga akangiz bilan birga ramyon qilib yeb oldingiz keyin kun boyi akangiz bilan birga drama koʻrdingiz, uy ishlarini qildingiz, bugungi kuningiz Jimin hafa qilganini hisobga olmaganda juda zoʻr boʻldi

Jiminga qaytamiz.....

Jimin siz ketganingizdan keyin tezda uyiga bordi, xonasiga kirib oʻzidan bunday qilgani uchun nafratlanib ketdi. Rosa oʻylanib qoldi.

Jm/hayolida: Nega men bunday qildim, u aniq mendan hafa boʻlgan, endi nima qilaman, bekor bunday qildimda. Lekin bunday qilmasam meni sevishini xaqiqiyligini, meni rashk qilishini bilolmaymanda. Mayli nima boʻlsa boʻldi ertaga koʻrishaman nima der ekan agar vaziyat ogʻir boʻlsa unga hammasini aytaman.

Shunday deb oʻylanib qolgandan soʻng turib kiyimini almashtirib oldi va ivqatlanib olib biroz tv koʻrdi va uyqusi kelgani uchun xonasiga qaytib kirib uxladi.

Sizga qaytamiz......

Kechqurun boʻlgani uchun rosayam uyqingiz keldi, bu vaqtdi siz Tae bilan drama koʻrayotgan edingizda, Tae uyqingiz kelganini sezdi va gapirdi.

Tae: jajji malikam uyqing kelibdi tezroq xonanga chiqib uxlayqol yana 2 kundan keyin tugʻilgan kuning 😊 qara meni esimda ekan deb xursand boʻlib gapirdi.

Siz: Ha akajon lekin jimin menimcha men bilan birga nishonlamasa kerak tugʻilgan kunimni dedi uyqusirab

Tae: Hech nima qilmaydi men bilan nishonlaysan hoʻpmi endi boraqol uxla deb sizni xanangizga chiqarib yubordi. Keyin esa Tae sizni xonangizda ekanligingizga ishonch hosil qilib Jiminga qoʻngʻiroq qildi. Uzoq chaqiruvdan soʻng Jimin telefonni oldi va Taega javob berdi.

Telefonda...

Tae: Alo Jimin yaxshimisan, uxlayotganmiding.

Jm: Ha yaxshi oʻzingchi, ha uxlab qolibmanda

Tae: Hoy rejangni oshirib yubormagin bugun uyga yigʻlab keldi

Jm: Havotir olma axir ataylab qilyapmanku.

Tae: 2 kundan soʻng tugʻilgan kuni esingdami

Jm: Ha albatta. Meni bir rejam bor

Tae: Aytaqol.

Jm: Sen hech kim bilmaydigan sevgiling borku oʻshanga ayt Yubinni biror joyga olib borsin keyin men seni uyinga bezatish uchun kerakli narsalarni olib boraman, oʻzimiz bezatamiz. Ha keyin Yubinga qaysi gul yoqadi.

Tae: qizil, oq va koʻk atirgul yoqadi

Jm: Sen oq atirgulga zakas berib qoʻy gul doʻkoniga.

Tae: Hoʻp lekin sen koʻp harajat qilmayapsanmi.

Jm: Mendan hafa boʻlib qolgani aniq, uni xursand qilishim kerak.

Tae: Hoʻp mayli unda yaxshi dam ol indinga ertalab tel qilaman.

Jm: Hoʻp sen ham yaxshi dam ol.

Qoʻngʻiroq yakunlandi. Va Jimin ham Taehyung ham uxlashdi.

9-qism tugadi sizlarga yoqadi deb umid qilaman😘🥰