February 16, 2025

"Jiminʼs promise" 

4-qism

Bu vaqtda siz endi yoʻlda edingiz, chunki dugonalaringizni chaqirib ketar edingiz. Siz dugonangiz bilan maktabga yetib bordingiz va u yerda... Jimin turgan ekan siz uni darrovda tanidingiz va yugurib yoniga borib dedingiz

Siz: Salom Jimin yaxshimisiz

Jm: Uzur men sizni tanimadim. Biz tanishmizmi dedi sizga hayron qarab.

Siz hayolizda: Jimin meni nega tanimayapti, yoki unutganmi meni, yoki men tanimaydigan darajada oʻzgarganmanmi. Deb hayol surayotgandingiz va dugonangiz sizni yoningizga kelib gapirdi.

Dg: Yuraqol darsga kech qolyapmiz dedida Uzur janob sizni kimgadur oʻxahatib yubordi deb taʼzim qilib ketishdi

Jimin hayron boʻlganch oʻylanardi. Jm: Nega meni yuragim bunchalik tez uryapti. Nega u qizning koʻzlari chiroyli. Nima men yoqtirib qoldimmi, yoʻq yoʻq boʻlishi mumkin emas axir men Yubinga vaʼda berganman unga xiyonat qila olmayman. Lekin boyagi qizning koʻzlari menga Yubinni (yaʼni sizni) eslatyapti, agar u boʻlsa nega bunchalik oʻzgargan ʼ. Ha mayli men aniqlashtiraman. Deb kechgacha maktab yonida turdi. Bari bir sizni tanimadi.

Siz maktabdan dugonalaringiz bilan gaplashib chiqdingiz va koʻringiz Jiminga tushdi. Siz undan juda hafa boʻlgan edingiz shuning uchun uni koʻrmaganga olib oʻzingiz yugurib ketdingiz. Siz ancha yugurganingizdan soʻng charchagan edingiz keyin yurishni boshladingiz. Bu paytda Jimin sizni mashinada uzoqdan kuzatib kelardi. Siz yurib yurib oxiri uyga yetib keldingiz va uyga kirib ketdingiz.

Jimin sizni uyingizni koʻrib, u yerdan tez mashinasini haydab ketdi va yoʻlda kimgadur telefon qildi

Telefonda:

Jm: Alo

X: alo eshitaman janob

Jm: men ikki kun oldin top degan qizimni rasmini menga yubor

X: hoʻp boʻladi janob hozir yuboraman

Jm: Hoʻp dedida telefonni oʻchirdi va telefonga qarab rasmni joʻnatishini kutdi bir minutga qolmasdan rasmni yubordi va Jimin rasmni ochib koʻrdi va hayratdan yoqa ushladi. Albatta bu sizning rasmimgiz edi. Jimin oʻziga oʻzi gapira boshladi.

Jm: Bugun koʻrgan qizim bu Yibin ekanda demak shuning uchun yuragim tez uribdida. U meni birinchi koʻrganidayoq tanibdi men esa yoʻq, menimcha shuning uchun boya meni koʻrmaganga oʻxshab yugurib ketibdida deb rosa oʻylandi.

Yubin yaʼni sizga qaytamiz...

Siz uyga kirib eshikni yopdingiz va oʻtirib yigʻlab yubordingiz. Oʻtirib rosa yigʻladingiz, sizni yigʻlayotganingizni eshitib akangiz pastga tushib sizni yoningizga kelib quchoqlab gapira boshladi

Tae: mening jajji malikam nimaga yigʻlayapsan

Siz: aka akajon meni Jimin tanimadi

Tae: boʻldi yigʻlama yur ichkariga kiraylik Jimin kimligini menga aytib berasan hoʻpmi deb sizni yetalab oshxonaga olib kirdi. Siz hali ham yigʻlardingiz Tae esa sizni yupatardi. Siz yigʻlayverib holingiz qolmadi, akangiz sizni quchoqlab oʻtirardi, lekin sizni koʻrib akangizni yuragi ezilardi.

Tae: mening jajji malikam ovqatlanib ol kasal boʻlib qolasan

Siz: Hech nima yemayman deb xarxasha qildingiz

Tae: Hoʻp unda yur xonangga chiqamiz uxlab olasan siz ham hoʻp dedingiz va akangiz sizni yosh bolaga oʻxshab koʻtarib oldi va xonangizga olib chiqib yotogʻingizga yotqizib ustingizni yopib yaxshi dam ol singlim deb chiqib ketdi.

Jiminga qaytamiz...

Jimin uyga yetib bordi. U juda ham hursand edi. Uyga kulib kirdi. Kirsa ota onasi va ikkita akasi ovqatlanib oʻtirgan ekan. Jiminni hammalari koʻrib juda hayron boʻlishdi, chunki ota onasi Jiminni asrab olishgandan beri uni bunday koʻrishmagan edi.

Jimin ularning oldiga borib oʻtirdi keyin onasi gapira boshladi. (Jiminning onasini Jm/o deb ketaman)

Jm/o: Oʻgʻlim bugun juda boshqachasan nima boʻldi

Jm: Ha onajon men sizga aytgan yoshligimdagi sevgan qizimni topdim ertaga uni oldiga boraman dedi

Jm/o: Yaxshiku unda tezroq ovqatlanib uxlagin ertaga ertaroq turib tayyorlanasan dedi jilmayib