Qonli fransiya 1-qism🖤
Assalomu aleykum. Bu hikoyamiz oddiygina qizning hayoti birgina uning suyaksiz tili orqali oʻzgarib ketishi haqida. Til suyaksiz, uni boshqarish bizga bogʻliq. Har narsani oʻylamasdan gapiraverish bir kun boshimizni yeyishi va hatto hayotimizni oʻzgartirishi mumkin. Endi esa hikoyani boshlaylik :)
Son Yoona juda chiroyli ism shunday emasmi? ☺️hammasi yaxshi ketayotgan edi, toki… toki qiziquvchanligim boshimni yemaguncha.
Son Yoona judayam sodda boʻlishiga qaramasdan juda qiziquvchan intiluvchan hech ham uyda oʻtirmaydigan 17 yoshli qiz edi. Otasining erkatoyi boʻlgan Yoona oilada katta farzand edi va uning kichkina 12 yoshli singlisi ham bor edi. Yoona har kunini maktab va repititor darslariga borish, fanlarni va tillarni mukammal oʻrganish bilan ovora boʻlib oʻtkazardi. U hamma sohada juda mahoratli edi. Uyda ota onasi va singlisiga ajoyib shirinliklar pishirib berar va ularni huddi photograflardek video va rasmga olardi. U shunday mukammal videolar yasar ediki odam hayron qolardi.shunday qilib Yoona kamondan oʻq otish, ot minish, mashina haydashni ham bilar edi. U rus, ingliz, koreys va fransuz tillarini aniq bilar va bazida sayyohlarga gidlik ham qilardi. Unda birgina shior bor edi aynan shu qoida bilan yashardi.
Men xohladimmi demak albatta qilaman!
Bugun men darsdan uyga qaytar ekanman koʻnglim nimanidir sezgandek juda gʻash edi. Uyga kelishim bilan tezda oshxonada onamga yordamlashib ovqatlarni dasturxonga qoʻya boshladik. Dasturxonimizni kamtarona bezatgacha otam kelib oʻtirdi koʻzlaridan noqulaylikni sezish oson edi. Huddi shunday onam ham tinch emasdek koʻrinardi. Men oʻylanibgina soʻradim.
-Dadajon, biror.. biror muammo bormi..? Yuzingiz horgʻin koʻrinyapti…
Dad: uy-joy agentligidan habar keldi. Bino qurilish hududi ichida ekan, buzilarkan.
Mom:uyimizda ketgimiz kelmaydi lekin yangi uy topish kerak
-nega buzilarkan, ular avval bizdan buning uchun ruhsat olishlari kerak ediku
Dad: kimdir katta pul toʻlab allaqachon bino hududini sotib olgan, ularga bizning ruhsatnomamiz kerak emas ekan.
Mom: qizlar boʻldi buni oʻylamanglar, yangi uy yangi hayot boshlaymiz.
Onam shunday deb men va singlimni tinchlantirmoqchi koʻnglimizni koʻtarmoqchi boʻldi. Lekin men shunchaki biroz jilmaydim ammo ichimda yoshligim oʻtgan uyni tashlab ketish oʻyi hatto ovqat yeyotganimni ham unuttirdi. Xonamga kirib kundaligimni ochdim. Odatda skrapbooking va planner yuritishni yaxshi koʻrardim, ichimdagi gʻalayon boʻlayotgan fikrlarni va mavzularni yozish bilan ancha yengillashardim.
Erta tong lekin endi har doimgidek emas. Yoona uyidagi oxirgi kunlarini yashar edi. Bir haftalardan soʻng kechki soat 8da uyiga kelar ekan uzoqdan eshik tagidagi buyumlarni koʻrib darrov onasiga telefon qildi.
-Alo, onajon, men uyga kelgan edim…
Mom: ha Yoona senga hozir lokatsiya yuboraman yangi uyimiz. Osha binoga kelasan, taksi bilan kelaqol.
Mom: ularni ertaga katta mashinada olib ketamiz.
Yoona taksida yangi uyi tomon ketdi ammo kim ham bilardi onasi aytgan ‘yangi uy yangi hayot’ iborasi Yoona uchun juda oʻzgacha boʻlishi va rostdan ham bu yangi hayot boʻlishi mumkinligini. Yoona oʻsha qimmat binoga oʻrnashib olishiga bir hafta ketdi va u hatto qoʻshni qizlar bilan tanishib ham oldi. Bu haftada u bino tepasida balkon borligidan habar topdi ammo qoʻshni qizlar u yerda qandaydir kompaniya borligi va balkonga shu sababdan hech kim chiqmasligini aytishdi. Lekin Yoona baribir qiziqib oʻsha balkonga chiqdi.
Tungi havo, miltillayotgan shahar chiroqlari va birgina manzara: buzilayotgan Yoonani uyi… aniq koʻrinib turardi. Orqa tomonda esa qora va qimmat kompaniya joylashgan, eshiklari qattiq qoʻriqlanardi. Qoʻriqchilar Yoonani bir necha bor haydashdi, lekin yoona yana va yana kelavergach kompaniya boshligʻi bundan habar topdi.