Qonli Fransiya
Salom, mening ismim Yoona Familiamga kelsak… familiam menga yoqmaydi, Kang. Kang Yoona. Bu mening ikkinchi familiam. nega ikkinchi ekanligini tarixi juda uzun . Birinchisi Son edi. Son Yoona. Endi esa mening daxshatli tariximni eshiting. Bu biroz gʻalati ammo bular bari real hayotim edi.
Oddiy oilada Seoulning markazida joylashga koʻp qavatli uyning 34 qavatida yashar edim. Uyimiz juda keng, dadam onam va singlim bilan yashaganman. Dadam meni qattiq oʻqishimni doimiy nazorat qilgan. Bir nechta tillarni maktabni tugatgunimcha mukammal oʻrganganman. Biz juda axil oila edik toki biz yashayotgan binoga buzilish rejasi kelmaguncha.
Bino 50 qavatdan iborat va ancha eski boʻlganligi sabab uni qayta qurish haqida habar keldi va biz koʻchishga qaror qildik. Shu yaqin atrifdan yangi bino topdik. Holati mukammal, narxi ham oʻziga yarasha… biz koʻchib oʻtdik. Bino tepasida qandaydir kompaniya bor deyishdi ammo hech kim qiziqmas ekan…
Meni qiziquvchanligim bir kun boshimni yeyishini bilardim. Bino tepasiga chiqdim. Asosan qora ranglardan iborat qimmat kompaniya. Qattiq qoʻriqlayotgan jiddiy qoʻriqchilar bilan oʻralgan. Kirishni iloji yoq. Tosatdan eshik ochildi va koʻrinishidan kompaniya boshligʻi chiqdi, orqasi toʻla odamlari bilan birga.meni koʻrgach fransuscha gapira boshladi. Men fransus tilini bilganim uchun ular nimani gaplashganini chundim
Ular Mafia… biroz qoʻrqdim ammo sezdirmadim. Ularni boshligʻi yonimga kelib koreyscha gapirdi
?: bu yerga chiqish befoyda… bu yerda aralashma! (Qattiq gapirdi biroz seskandim)
- bu yerdagi balkondan foydalansam maylimi?
Ensamni qotirdim va ortimga qaytdim. Tuni bilan uhlamay chiqdim. Naxotki mafialar bn bir binoda yashasak. Biroz qorquv va qiziqishim bor edi. Ertasi kunidan boshlar kompaniya yonidagi balkonga chiqa boshladim. Shaxar juda goʻzal koʻrinardi ammo bir saxna yaqqol koʻrinardi…uyim, bolalik oʻtkan uyim koʻz oldimda buzib tashlanardi. Koʻzimga yosh kela boshladi ammo orqamdagi issiqlikni sezgamimdan soʻng koʻz yoshlarim qayergadr ketib qoldi…ortimga qaraganimda kompaniyaning sovuq boshligi turardi
-men bolkondan eski uyimni korishga chiqayotgandim…
?:uyim degin? Hmm…
Yaqinda u bino katta kompaniyaga aylanadi. U yerni unut qizcha!
Gapim ichimda qolib ketdi. Keyin esa barchasini tushumdim. Bu usha binoni sotib olgan odam! Undan nafratlanaman! Shu kundan boshlab har kuni balkondan uyimni korib yiglar edim. Anu odamni tobora jaxli chiqar va meni u yerdan haydar edi chunki men sirli mafia qarorgihoni yonida turar edim.
Bir kuni ertalab otamga xat keldi. U yerda katta miqdorda jarima bor edi. Otam hayron, bu jarima nima uchun edi?