July 31

Qonli Fransiya

1-qism

Assalomu aleykum. Bu hikoyamiz oddiygina qizning hayoti birgina uning suyaksiz tili orqali oʻzgarib ketishi haqida. Til suyaksiz, uni boshqarish bizga bogʻliq. Har narsani oʻylamasdan gapiraverish bir kun boshimizni yeyishi va hatto hayotimizni oʻzgartirishi mumkin. Endi esa hikoyani boshlaylik :)

Bu men Son Yoona

Son Yoona juda chiroyli ism shunday emasmi? ☺️hammasi yaxshi ketayotgan edi, toki… toki qiziquvchanligim boshimni yemaguncha.

Son Yoona judayam sodda boʻlishiga qaramasdan juda qiziquvchan intiluvchan hech ham uyda oʻtirmaydigan 17 yoshli qiz edi. Otasining erkatoyi boʻlgan Yoona oilada katta farzand edi va uning kichkina 12 yoshli singlisi ham bor edi. Yoona har kunini maktab va repititor darslariga borish, fanlarni va tillarni mukammal oʻrganish bilan ovora boʻlib oʻtkazardi. U hamma sohada juda mahoratli edi. Uyda ota onasi va singlisiga ajoyib shirinliklar pishirib berar va ularni huddi photograflardek video va rasmga olardi. U shunday mukammal videolar yasar ediki odam hayron qolardi.shunday qilib Yoona kamondan oʻq otish, ot minish, mashina haydashni ham bilar edi. U rus, ingliz, koreys va fransuz tillarini aniq bilar va bazida sayyohlarga gidlik ham qilardi. Unda birgina shior bor edi aynan shu qoida bilan yashardi.

"Men xohladimmi demak albatta qilaman!"

Bugun men darsdan uyga qaytar ekanman koʻnglim nimanidir sezgandek juda gʻash edi.boshqa narsalar bilan chalgʻib qoldim, uyga roʻzgʻorlik qildim, mahallamizdagi mushukchaga ham biroz ovqat berib quyosh botgach uyga qaytdim. Uyga kelishim bilan tezda oshxonada onamga yordamlashib ovqatlarni dasturxonga qoʻya boshladik. Dasturxonimizni kamtarona bezatgacha otam kelib oʻtirdi koʻzlaridan noqulaylikni sezish oson edi. Huddi shunday onam ham tinch emasdek koʻrinardi. Men oʻylanibgina soʻradim.

-Dadajon, biror.. biror muammo bormi..? Yuzingiz horgʻin koʻrinyapti…

Dad: uy-joy agentligidan habar keldi. Bino qurilish hududi ichida ekan, buzilarkan.

Mom:uyimizda ketgimiz kelmaydi lekin yangi uy topish kerak

-nega buzilarkan, ular avval bizdan buning uchun ruhsat olishlari kerak ediku

Dad: kimdir katta pul toʻlab allaqachon bino hududini sotib olgan, ularga bizning ruhsatnomamiz kerak emas ekan.

Mom: qizlar boʻldi buni oʻylamanglar, yangi uy yangi hayot boshlaymiz.

Singlim Heya har tomonlama oʻylaydigan qiz edi, u ajablanib soʻradi:
-yangi uyga koʻchsak yangi maktabga ham boramanmi? Opam esa univerdan uzoqlashib ketadimi?

Mom: yoʻq, shu uyimizga yaqinroq joydan topishga harakat qilamiz

-oyi unda men ham qidirib koʻraman...qoshnilar nima deyishyapti

Dad:ular shahar markaziga koʻchyapti ekan, bazilari qarindoshlarinikiga ketisharkan. Menimcha yangi uyda yangi qoʻshnilar bilan yashaymiz.

Mom: qani ovqatga qarang u sovub qoldi, ilohim yangi uyimiz barakali va fayzli boʻladi✨

Onam shunday deb men va singlimni tinchlantirmoqchi koʻnglimizni koʻtarmoqchi boʻldi. Lekin men shunchaki biroz jilmaydim ammo ichimda yoshligim oʻtgan uyni tashlab ketish oʻyi hatto ovqat yeyotganimni ham unuttirdi. Xonamga kirib kundaligimni ochdim. Odatda skrapbooking va planner yuritishni yaxshi koʻrardim, ichimdagi gʻalayon boʻlayotgan fikrlarni va mavzularni yozish bilan ancha yengillashardim.. bu safar qancha yozganimni bilmayman ammo deyarli ruchkamning zapasi ham tugab qoldi. Koʻzyoshlar esa quyilib kelardi. Soat 2gacha boshqa darslarimni ham tugatib soʻng uhlab qoldim

Erta tong lekin endi har doimgidek emas. Yoona uyidagi oxirgi kunlarini yashar edi.oʻzini ovutib boshqa hobbylari bilan shugʻullanishni davom ettirdi, unutishga harakat qildi. Yoona atbiatan koʻp narsalarni yuragiga yaqin oladigan qiz boʻlgani uchunmi uyini qattiq iztirob ila tark etib borardi. Bir haftalardan soʻng kechki soat 8da uyiga kelar ekan uzoqdan eshik tagidagi buyumlarni koʻrib darrov onasiga telefon qildi.

-Alo, onajon, men uyga kelgan edim…

Mom: ha Yoona senga hozir lokatsiya yuboraman yangi uyimiz. Osha binoga kelasan, taksi bilan kelaqol.

-lekin buyumlarchi?

Mom: ularni ertaga katta mashinada olib ketamiz.

Yoona taksida yangi uyi tomon ketdi ammo kim ham bilardi onasi aytgan ‘yangi uy yangi hayot’ iborasi Yoona uchun juda oʻzgacha boʻlishi va rostdan ham bu yangi hayot boʻlishi mumkinligini. Yoona oʻsha qimmat binoga oʻrnashib olishiga bir hafta ketdi va u hatto qoʻshni qizlar bilan tanishib ham oldi.oʻsha yerdan univerga borib kelishi biroz qiyinroq edi ammo ammalayotgan edi.endigina hayoti iziga tushgan edi, haftadir bir yoki ikki martta binoni yuqori qavatidagi katta terassali balkonga chiqib biroz fikrlari bilan yolgʻiz qolardi. U yerda yana qandaydir kompaniya bor edi, eshiklari qora, baland boʻyli gavdali yigitlar qora kiyimlarda u yerni qoʻriqlab turardi. Aynan oʻshalar bir ikki martta Yoonani haydamoqchi boʻlishdi lekin qiz qaysarlik qilib oʻz bilganidan qolmay yana balkonga chiqaverdi.

Tungi havo, miltillayotgan shahar chiroqlari va birgina manzara: buzilayotgan Yoonani uyi… aniq koʻrinib turardi. Orqa tomonda esa qora va qimmat kompaniya, lekin yoona yana va yana kelavergach kompaniya boshligʻi bundan habar topdi.

Qizaloq..?

Ortidan kelgan yogʻon tovush Yoonani biroz seskantirib yubordi. Ortiga qarashi bilanoq oʻtkir nigohli bir erkak unga qarab yurardi, chamasi Yoonani otasi tengi yoshlarda, koʻrinishidan kompaniya boshlagʻi shekil.

Yoona bir gap boshlamasdan u yetib keldi, yoona 1.50 boʻyi bilan uni oldida huddi chumolidek boʻlib qoldi.

Erkak: ogohlantirish olgan ekansan nega bu yerda oʻralashyapsan?

-men… men sizdan soʻrab bu yerga chiqishim kerakmi?

Yoona duduqlanib qoldi lekin hech boʻsh kelgisi kelmadi

Erkak: bu yer belgilangan hudud, qolaversa kompaniya bu yer!

-nima qilibdi kompaniya boʻlsa, men bu binoga yangi koʻchib kelganman va balkon hammaga tegishli!

Erkak: sen qiz…

-hamma oʻz huquqiga ega va men bu yer belgilangan degan hech qanday hujjat koʻrmayapman.

Yoona tezda ketib qoldi lekin uning ortidagi ikki koʻz uni yeb qoʻygudek qarab turardi, bir nima u koʻzlarda yonardi.

Erkak: seni hali tavbangga tayantirmasam boʻlmaydi shekilli… hech kim menga qarshi chiqa olmagan shu kungacha!

Yoona uyiga qaytib kirgan oyoq qoʻli qaltirayotganini sezib chuqur nafas oldi
-menga nima boʻldi, nega uni oldida.. aysh jin ursin balkon belgilanganmush, hh😏.. oʻzi odamlarga nima boʻlyapti? Hech qanday hat hujjatsiz xalqni uyini buzadi yana balkon meniki deydi tavba. Qonun va davlat qayerga qarayapti a?!

Yoona yana darslarini qildi, shirin pirog pishirgach oilasi bilan biroz suhbatlashishdi. Soat allaqachon kech boʻlganini bilgach hayollari bilan uhlab qoldi. Yana tongdan oddiy kunini boshladi, 2kundan soʻng yana oʻz bilganicha balkonga chiqdi