May 24, 2025

Qonli Fransiya

Aslida yoona Suga va yigitlar uchun kim? U shunchaki qutqarib olingan qiz edi halos… uni hayoti allaqachon izidan chiqqan, yigitlar uyoqda tursin hatto oʻz shaxsiy familiasi ham yoʻq boʻlgan qiz oʻzi uchun kim boʻlsin… ozodlikdagi qush birdaniga qafasga tushib qoldi va uni qafasdan chiqarishganda uchishni allaqachon unutgan edi… Yoona ham misoli shu qush kabi edi: ota onasini erkasi boʻlgan qiz birdaniga ulardan ayrilib birovning qushiga aylandi va endi u ozodlikda ammo erkinlikni unutgan edi…

Yoona ovqatlanib oʻtirarkan hayoli oʻylar bilan yugurdi.Butun hayotini koʻz oldidan oʻtkazar ekan bir nuqtaga tikilgancha qoʻlidagi vilkani oʻynatib oʻtirardi.
“Avvallari har kuni koʻchaga chiqardim, maktabga borardim, doʻstlarim bor edi… qanday qilib uyda oʻtirishga oʻragnib qoldim… ahir seoulni mendan yaxshi biladigan odam yoʻq boʻlsayu men uyda oʻtirsam… usha maxluqni (yani jokey) qoʻlida emasman shunday ekan shahar aylansam boʻladi! Endi ozodlikdaman :) “

Yoona uy atrofida qoʻriqchi juda kamligini koʻrdi. Havo mayin va salqinligi uchun yopiq kiyimlar kiydi, sevimli atirini sepdi, sumkasiga oʻziga yoqqan fotokamera va kerakli narsalarni soldi. Uydan chiqar ekan qoʻriqchilar uni tohtatdi.

: kichik Xonim, kechirarsin ammo tashqariga janoblarning ruhsatisiz chiqa olmaysiz!

- men ularga oʻzim javob beraman, yoʻlimdan qoch!!

Qoʻriqchilar indamay bosh egib yoʻl berishdi. Yoona koʻchaga chiqib ketdi. U oʻzi sevadigan bogʻga bordi, u yerda mazza qilib aylanar ekan soat 13:00 ekanligini koʻrdi. Yoʻlda ketar ekan bir kafe uni etiborini tortdi va shu yerga kirdi. Menyusi uncha qimmat boʻlmagan,atmasferasi juda nafis bir oddiygina kafe.. ikkinchi qavat balkonida oʻtirar ekan bu joy uni dardlarini tinglayotgandek sokin edi…shuncha ishdan keyin birinchi martda yoona koʻchaga tinch va betashvish chiqqan edi..

pov:

Bu kecha xizmatkor ayol ularni kelib ketganini ham sezmagan.bu yettilik shunday bir sirliki hatto eng katta jinoyat sodir boʻlgan joydan ham quruq chiqib ketadi. Ularni bu tabiati tufayli har biri bittadan katta respuplikaning dark ya’ni eng kuchli qirol mafiozi hisoblanadi. Ularning doʻstligi juda mukammal va ulardan eng kuchlisi bu Suga hisoblanadi. Uning qoʻl ostida Fransiya bor.Fransiya-barcha mafialarning makoni va nishoni hisoblangan bu davlatni Suga oʻz ilmi va aqlligi bilan mukammal tarzda boshqaradi. Kim Taehyung-V laqabi bilan tanilgan ispaniyaning Mafiasi. V giyohvandlik moddalarini savdosi boʻyicha dunyoda yagona hisoblanadi. Jung Hoseok- J-hope laqabi bilan tanilgan va uni koʻpchilik quvnoq holda koʻrgan. U Albaniyada odam savdosi va qurol savdosi bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik qizlar va yigitlar uning kulgisiga aldanib, sotilib ketgan Kim Namjoon-RM laqabi va aqli bilan AQShni bosib olgan. U hozirda zamonaviy jinoyat sindaktalarini yuritadi ya’ni odam va narkotik savdosi yoʻnalishini boshqaradi. Jeon Jungkook- JK laqabi va yovuz qiyofasini oʻzi hammani joyiga oʻtqizadi. Kolumbiyada u mafialarni quritish va kokain savdosi bilan shugʻullanadi.Park Jimin- shunchaki barcha joyda ismi bilan roʻl oʻynasada uni ismidan familiasi qoʻrqinchliroq. Jimin Yaponiyada katta mashina zavodlariga ega va hobbisi qimor, noqonuniy eksport-import ishlarini olib boradi.Kim seokjin- jin ismi bilan nafaqat Xitoy balki butun Osiyoda katta miqdorda noqonuniy bizneslar yuritadi.

Bizning Mafialarimizni hech birini hech kim koʻrmagan. Ularga pistirma qoʻyganlar, ularni malumotlariga qiziqganlar, ularga qarshi borganlar, ularni izlaganlarning hammasi yoki oʻlgan yoki izsiz gʻoyib boʻlgan…