September 27, 2025

Toxic desire

2 — qism

—Jeon honim - eshik ortida kelgan ovoz qizni ertalabki shirin uyqusini buzdi qiz koʻzlarini ishqalagancha arang oʻrnidan turib xona eshigini ochdi

—xonim nonushtaga tushing soat 7 : 30 gacha stol atrofida boʻlishingiz shart janob Jeon kechikkanlarni yoqtirmaydi

—hoʻp xonim - qizni mayin lan chetidagi tabbasumi xizmatkorga ham xush yoqdi va xizmatkor ketgach qiz eshikni yopdi va qoʻllarini keng yoyib chuqur esnadi huddiki u butun darslaridan qutilgandek edi otasidan ketgani va Jungkookni uyiga kelgani u uchun tushunib boʻlmas baxt edi .

.....

Qiz uzun zinalardan mayda qadamlar bilan shoshmasdan tushib kelar ekan oshxonada stol atrofida nonushta qilib oʻtirgan Jungkookni koʻrib koʻngli yorishdi lekin uni yonida parvona boʻlayotgan Yunadan havotirda edi Jina oshxonaga kirishi bilan Yuna Jungkookni yonidan uzoqlashdi

—kel oʻtir - qisqa va eʼtiborsiz gap Jinani gʻashini keltirdi chunki 1 daqiqa oldin Jungkook Yunaga kulib muomila qilayotgan edi .

Afsus Jinani hech narsa deyishga hozircha haqqi yoʻq Jina indamay oʻtirdi katta va uzun stul Jungkook stulni u boshida boʻlsa Jina bu boshida oʻtirardi