September 2, 2025

Toxic touch

22 — QISM BY : JINA

Hayotning oqu qorasi Arinni koʻz oʻngida yelday uchib oʻtib ketdi . Qiz sevgisi sabab koʻp qiyinchiliklarni koʻrdi lekin sinmadi yengilmadi yiqilgan joyidan turib ketishni oʻrgandi . Garchi bu ishq yoʻli tikonzor boʻlsada haqiqiy oshiqlargina uni bosib oʻtishga qodirdir manashu tikonli yoʻlni Jungkook va Arin qiyinchilik bilan bosib oʻta oldi .

.......

—sevgilim.....

Jungkook rasm chiqayotgan xotinini ortidan kelib quchdi va qizni boʻyniga labini bosdi qiz yigitni kulgancha oʻzidan itardi

—nima qilyapsan

—shunchaki zerikirib ketdim

—mittivoy seni bezovta qilmayapdimi

Jungkook xotini tomon egilib qorni anchagina bilinib qolgan xotinini qornini oʻpib qoʻydi

—deyarli yoʻq lekin tugʻruq kuni yaqin kechalari koʻp bezovta boʻlyapman qiynalib ketdim

Jungkook migʻiyida kulib qizni qoʻlidan tutib oʻrnidan turgʻazdi kun sekin botardi katta derazadan quyishni qizil shuʼlalari kirib Jungkook va Arinni yuziga tushib turardi ikkisini koʻzidan muhabbat chaqnardi

—endi 18 yoshga toʻlasan shu yoshda tugʻish osson ish emas

—toʻgʻri erjon meni sevasana

Yigit nigohini Aringa qadagandi yigitni yuzida mayin tabassum bor edi

—bu nima deganing nima shubhang bormi ?

Arin kuldi

—shubhamku yoʻq kel kelishib olamiz birinchi farzandi men tugʻaman ikkinchisini sen tugʻ

Jungkook xonani toʻldirib kulib yubordi yigit koʻp kulganidan ikki yuzi qizil tusga kirdi Arin ham oʻz gapidan kulib noligancha Jungkookni turtdi

—hoy kulma

—seni aqling joyidami erkak kishi tugʻmaydi

—sevsa tugʻadi bir meni oʻrnimga oʻzingni qoʻyib koʻr bu juda oʻgir kel shunday qilaylik

Arin aslida hazil qilayotgan edi Jungkook oxiri kulgidan oʻzini tiyib qizni sekin quchogʻiga bosdi qiz ham qoʻllarini yigitni beliga bogʻladi Jungkook qizni sochini silab turardi

—qani edi iloji boʻlsa bor dardingni oʻzim olardim sen meni ikkinchi boʻlagimsan bizni sevgimiz kitoblarga yozilmagan doston aslida ....

.....

Arin oshxonada xizmatkor xonim bilan bir ninalar tayyorlar edi shu payt zaldan nimadirni singan ovozni eshitildi Arin qorni bilan yugurishi qiyin boʻlsa-da oʻgʻli tomon yugurdi zal oʻrtasida bolani qoʻlidan qon oqqan yerda esa koʻza singan holda turardi qonni koʻrgan Arin qoʻrqib bolani yoniga tezda kelib uni quchogʻiga oldi bola hiqqilab yigʻlardi

—nima boʻldi senga nima qilding

—oyi ... Koʻza qoʻlimga tushib ketdi

—xonim dorilarni olib keling bogʻlab qoʻyamiz, oʻgʻlim dadang koʻrsa mendan ham sendan ham hafa boʻladi

—ogʻriyapdi.....

Bolani yigʻisini Arin koʻtara olmasdi ichi siqilardi uni nima qilib boʻlsa ham yupatkisi kelardi . Bolani qoʻlidagi qonni toʻxtatib Arin biroz yengil boʻldi bola ham yigʻlamay qoldi Arin bolani qoʻynida olib sochini oʻynan oʻtirardi

—onangni sogʻinasan mi

—onam sizsiz

Arin kuni bolani doʻmboq yuzidan oʻpib qoʻydi .

......

Kechki payt Jungkook oʻgʻlini qoʻlini koʻrib figʻoni falak boʻldi lekin Aringa ham xizmatkor ayolga ham indamadi chunki ularda emas oʻgʻlida ayb bor edi . Arin oʻgʻir oyoq oy kuni yaqin arang qadam tashlardi qiz ikki qoʻlini beliga bogʻlagancha chuqur chuqur nafas olib Jungkookni yoniga borib eshik yonida turib biroz ish ustida planshet koʻrayotgan eriga termuldi

—nimadir boʻldimi

Jungkook jiddiy ohangda planshetdan koʻz uzmay gapirdi

—yana bunday boʻlma shu holatingdan rosa qoʻrqaman meni yonimda kulib yur he mafiyalaringni oldida hoʻmrayib yurasan

Arin kulgu aralash gapirdi Jungkook qizga qarab biroz jilmaydi

—qani quchogʻimga kel

—men senga maydagina qizmanmi bu qorin bilan xojat xonada ham qiynalyapman jin ursin

Jungkookni oʻzi oʻrnidan turib qizni ortidan eshikni yopdi va qizni sekin devorga tiradi lekin Jungkook har doimgidek qizga juda yaqin tura olmadi (qorin halal berdi ) Jungkook qizni kalta sochlarini silab qoʻydi va unga mehr bilan ancha vaqt termuldi shu zaylda Arin ham undan koʻz uzmadi ikkisini ham yuzida biroz kulgu bor edi lekin shu vaqt Arinni yuzi buzilib ketdi

—ahhh jin ursin

Qizni oyoqlari orasidan suv tomchiladi

—Arin nima qilding

Jungkook kulib yubordi lekin yuziga tekkan shapaloqni deb Jungkook jim boʻlib qoldi

—jinnimisan boshlandi ...

Qiz xonani toʻldirib baqirdi

—nima rostdanmi men ... Men nima qilay

—bir nima qil hozir olib qolaman ah...

Arin yerga oʻtirib oldi shuncha odamni zor qahshatgan Jeon Jungkook birinchi martda xotinini oldida nima qilishini bilmasdi aslida u juda qattiq stressga tushib qolgandi . Jungkook qizni koʻtarib oldi

.....

Tugʻruq xonada har tomonga yugurayorgan faqat Jungkook edi yigit ham ayolini ham qizini sogʻ omon koʻrishga oshiqardi . Jungkookni oʻgʻli uy xizmatkoriga qolgan tugʻruqxonada esa Jungkook Eun Woo va janob Choi bor edi janob Choi hotirjam stolda oʻtirsa Eun Woo bosh barmogʻini tishlab asabiylashganidan derazadan tashqariga qarab tursa Jungkook uyoqdan buyoqqa yurardi .

—chiqishi qiyin boʻlib qoldi nega chiqmayapdi ...

Jungkookni gapini eshitgandek hamshiralar terlab pishib ichkaridan chiqib keldi Jungkook va Eun Woo hamisha yoniga oshiqsa janob Choi hissasini suyab sekin oʻrnidan turib keldi

—ayolim va qizim yaxshimi

Hamishani yuzida nim tabassum bor edi

—Jeon xonim dunyoga keldi onasi Jeon honim ham sogʻ omon kirishingiz mumkin

Jungkook va Eun Wooni yelkasidan togʻ agʻdarilgandek boʻldi va birinchi janob Choi ichkariga kirdi ortidan esa Jk va Eun Woo. Arin kravatida sochlari terdan hoʻl boʻlgan biroz hansiragan qoʻynida bolasini iforiga toʻygan holda oʻtirardi buni koʻrgan janob Choi juda xursand boʻldi

—bobojon.... Siz ham keldingizmi , Eun Woo sen ham shu yerdamisan

—sen tugʻasanu men yoningda turib bermaymanmi

—huddi ogʻriqlarimni kamaytirgandek gapirma

Arin va Eun Woo bir birga qarab kulib yubordi Jungkookni hayoki esa qizida edi Jungkook mittigina farishta misoli qizchani qoʻliga olib chaqaloqni chuqur hidladi

—huddi onasini hidi kabi yoqimli

—hoy uyatsiz bobom bor ...

—hechqisi yoʻq

Janob Choi stolda nabirasini qoʻlidan ushlab turardi

—hayotingdan manunmisan

—gap soʻz boʻlishi mumkin emas endi farzandim ham bor ikkita bolaga onalik qilyapman suygan insonim yonimda siz Eun Woo yonimdasiz bundan ortiq baxt yoʻq men uchun ....

....

2 kundan keyin Arin shifoxonadan chiqdi endi ular bir katta oila edi qizni ismini Yuna qoʻyishdi qiz juda yoqimli va kichkina edi . Arin hali bolaga qaraydigan yoshda emasdi qizga qiyin boʻlsa-da buni eplardi .

......

Arin Yunani yarim tunda qoʻliga ushlagancha xonani aylantirib uxlatardi Jungkook esa qizga termulib oʻtirardi

—endi seni navbating ol koʻtar

—lekin sen onasan bu seni vazifang

Arin kuldi

—uzuru bola osmondan tushmagan tomirida seni qoning oqyapdi ol koʻtar men charchadim

Arin qizini Jungkookni qoʻliga berib oʻzini devanga tashladi va uxlab yubordi

—hoy hazilni bu

Jungkook Arinni turtdi lekin u uxlab boʻlgandi Jungkook oʻrnidan turib yigʻlayotgan Yunani koʻtarib uxlatishga harakat qilardi

—kimsan Jeon Jungkook qanday kunlarga qolib ketdi agar buni kimdir koʻrsa aniq sharmanda boʻlaman

......

Ertasi kuni Arin oyna yonida sochini tarab oʻtirar ekan ortidan beliga sochiq bogʻlagan dushdan chiqib kelayotgan Jungkook qizni quchdi

—nima qilyapsan qoch

Arin nozlanib erini turtdi Jungkook kulgancha qizdan bir qadam ham nari ketmadi

—bilasanmi sen dunyodagi eng yaxshi ayolsan

—nega ekan

—xiyonatimni kechirding

—chunki seni sevaman

—farzandimga onalik qilding

—seni bolang meni bolam

—nozik va nimjon boʻlsang ham qiz farzand tugʻib berding ajrimdan keyin ham menga qayta olding

Arin yuzida tabassum bilan Jungkookga oʻgrilib uni qoʻlidan tutdi

—hammasi sen va senga boʻlgan sevgim uchun agar yana shu xatoni takrorlash kerak boʻlsa yana takrolay olaman

Jungkook qizni sochini silab uni labidan oʻpib qoʻydi

—seni sevaman umrimni oxirigacha

—seni sevaman soʻngi nafasgacha.....

𝘽𝙪 𝙛𝙞𝙣𝙖𝙡 𝙚𝙙𝙞 𝙨𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙮𝙤𝙦𝙙𝙞 𝙙𝙚𝙜𝙖𝙣 𝙪𝙢𝙞𝙙𝙙𝙖𝙢𝙖𝙣 🎀