September 2, 2025

Darbadar qalb

10 — qism

Nara kun boʻyi deraza ortiga qarab oʻtirardi uni yagona bezovta qilayotgan narsa Jake uni yoniga kelib qolmaslik edi qiz shu ilinj bilan kun oʻtkazardi mana oradan 2 hafta ham oʻtdi qiz tuzalishini oʻrniga axvoli negadir yomonlashadi shifokorlar qoʻldan kelgancha uni davolay muolajalatni vaqtida qilardi lekin alqachon kasallik qizni tanasini qamrab olgandi . Qiz oʻlimidan hafa emasdi u Yoongini yolgʻiz tashlab ketishdan hafa edi.
......
Nara shifoxona zalini sayr qilib yurar ekan qiz bogʻga termuldi
Nara / pow
Aslida bu yer juda chiroyli joy lekin har kuni menga oʻxshagan kasallar keladi va undan oldin kelgan kasallar esa vafot etadi meni ham shu taqdir kutyapdi oʻlim... Yoʻq men undan qoʻrqmayman shundoq ham bir necha yil oldin ruhan oʻlib boʻlganman men faqat Yoongi uchun yashashni butun umr u bilan birga boʻlishni istayman qani edi shunday boʻlsa ....
Qizni qulogʻi ostiga issiq havo urilib bellarida erkak kishini qoʻlini his qildi va Nara birdan ortiga qaradi
—qoʻrqitib yubording
—nima qilyapsan tashqarida
Yoongi qizni yuziga nim tabassum bilan gapirdi qiz Yoongiga kulib qarab turardi
—shunchaki ichkarida siqilib ketdim
Yoongi shunchaki kulib qoʻydi aslida Narani oʻrniga Yoongi oʻlayotgandek edi har kun va tun Yoongini hayolida Nara va uni yaqinlashib kelayotgan oʻlim kuni edi shu narsani oʻlyagani sayin Yoongi ham oʻlib tirilar edi .
Yoongi aiz tomon oʻgrilib qizni sochlari orasiga qoʻlini botirdi
—shu uzun sochlarim va sizdan sizni sevaman, sochlarim ham nen uchun qadrli edi shifokorlar ularni olib tashlash kerak dedi
Qizni yuziga koʻz yoshi yumaladi Yoongi qizni koʻksiga bosdi qiz Yoongini yurak urishini his qilib turardi
—hammasi yaxshi boʻladi iltimos menga ishon sen uchun hammasini qilishga roziman hohlagan insoningni oʻldirishga istagan ishingni qilishga tayyorman faqat qoʻrqma sen tuzalib ketasan
Yoongini oʻzi ham bu gaplarga ishonmasdi lekin Naraga kuch berish uchun ham bu soʻzlarni ishlatdi lekin Nara indamadi u shunchaki Yoongini qoʻynida har bir yurak urishini hisoblab chiqardi .
Yoongi kechga yaqin kelib Narani olib ketishini aytdi Nara Yoongi ketgach ham stol ustida oʻtgan qaytgan mashinalarni sanab oʻtirardi
Shuncha yil yashab eng katta yutugʻim bu Yoongi boʻldi baʼzilar meni oyoq osti qildi yetimsan deb kansitdi baʼzilar esa dalda berib yupatdi lekin men shuncha yil oldimda turgan seni sevdim degan insonni osongina unutdim buni qilishga ba yuragim na vijdonim yoʻl qoʻymadi lekin qalbin doim Yoongi tomon talpindi u meni kamchliklarimga qaramay sevadi balki sevmadi lekin mehr berdi u meni butun borligʻimga aylanib ulgurgan hayotimda qilgan eng toʻgʻri qarorim bu sensan Min Yoongi....

Qiz shularni oʻylab biroz koʻzi namlanadi u oʻrnidan turmoqchi edi lekin katta qoʻllar qizni yelkasidan ushlab stolga qayta mixlandi
—Yoongi bu senmisan
Qiz biroz tabassum bilan ortiga qaramay gapirdi
Jake qizni qulogʻiga shivirlashi bilan qiz oʻrnidan turmoqchi edi lekin Jake qizni yelkasidan tutib turardi . Shifoxonani ikkinchi qavatida Yoongi yongan ketgan hamshira jin ularni videoga olardi . Nara havotir bilan atrofga alangladi va koʻzidan oqqan yoshni artib tipirchilay boshladi
—shirinim yaqinda oʻlasan kel menga qilganlarning uchun meni qoʻllarimda jon ber ....

—qoʻyib yubor dedim men senga tinch qoʻy meni

Nara oxiri Jakeni itarib oʻrnidan turdi yigit biroz nariga qadam tashladi yigitni yuzida ayyorona kulgu bor edi

—nega tinchgina hayotimdan yoʻq boʻlib ketmaysan nega ... 1 oy atigi 1 oy meni tinch qoʻy oʻshanda seni ham bu olamni ham tark etaman nima shungacha sabring yetmaydimi

Qiz qoʻllari bilan ogʻzini yopib hoʻngrab yigʻlab yubordi Jake aslida qizni sevardi sevsada qizga azob berishni uni tashlab ketgani uchun Narani pushaymon qilishni istardi . Yigit qizga yaqinlashdi va sekin qoʻllari bilan qizni belini oʻradi

—mayli seni tinch qoʻyaman butunlay hayotingdan chiqib ketaman oʻzing hohlagandek yasha shuncha yilgi xotiralarni shunchaki unutadigan darajada menga nohaqlik qilding lekin mayli oʻzing istagandek oʻzing istagan insonlar bilan birga boʻl

Jake shunday deb qizni yuzidan mayin oʻpdi va qizdan uzoqlashdi qiz hiqqilagancha yigitni ortidan qarab turar ekan Nara shu top oʻzidan juda uyaldi va qanchalik Jake uchun nohaqlik qilganini tushunib yetdi bir paytlar bir biriga jonini fido qilishga tayyor boʻlgan bu ikkisi Nara tufayli orasi ochiq boʻldi Nara koʻz yoshini qoʻllari bilan artar ekan Jake undan ancha nariga ketgandi yigit shifoxona bogʻidan chiqar chiqmas butalar orasidan oʻq ovozi eshitilib toʻgʻri Jakeni boshiga qadaldi yigit bogʻ oʻrtasida oʻlik holda yerga yiqildi Nara koʻzi bilan koʻrgan narsasini miyyasi qabul qilolmay bor ovozi bilan baqirib Jake tomon yugurdi . Qizni koʻz oldida Jakeni boshiga oʻq joylandi buni koʻrgan Nara nima qilishni bilmasdi . Qiz yerga oʻtirib Jakeni boshini soniga qoʻyib qon bilan belangan boshini ushlab turardi

—koʻzingni och Jake unday qilma oʻlib qolma iltimos tirik qol nafas ol .... Kim bor yordam bering axir bu yer shifoxona....

Narani figʻoni falak boʻlib jahli chiqdi sababi shunday katta shifoxonadan hech bir kimsa Jakega yordam bermasdi . Nara yigitini boshini quchib koʻkraklariga bosdi qizni koʻzidan oqqan yoshlar yigitni yuziga sizidi . Yigitni nafas olishi yurak urishi eshitilmasdi . Oxiri Nara oʻrnidan turib shifoxona ichkarisiga kirdi

—u yerda odam oʻlyapdi yordam bering

Hech kim Naraga etibor bermasdi hamma shunchaki oʻz ishi bilan band edi

—nima meni eshitmayapsizmi sizga aytyapman u oʻlyapdi ...

—xoʻsh shunga nima boʻlibdi

Qizni orqasidan Yoongini ovozi eshitilishi bilan qizni yuragi haymiqib ketdi va sekin ortga qaradi

—Yoongi....

—kim uchun bunchalik qaygʻurib yigʻlayapsan

—men haligi ....

Qizni ovozi duduqlanib chiqdi Yoongi biroz kulib qizni yuzidan ushladi

—xoʻsh kim oʻlyapdi

Qiz koʻzini olib qochdi

—aytaqol

—haligi tashqarida bir odamni mazzasi qochib qoldi shunga ....

Yoongi kuldi

—sen bular uchun qaygʻurma hamshiralarni oʻzi hal qiladi sen xonaga kirib damingni ol birozdan keyin seni olib ketaman

—lekin ... Hammasi joyidami

Qiz bu ishni Yoongi qilgan deb oʻylagan edi yigit mayin kulib javob berdi

—nimadir boʻlishi kerakmidi

—yoʻq hammasi yaxshi

Qiz indamay palataga kirib ketdi u ketishi bilan bosh hamshira Yoongini yoniga yugurib keldi

—janob oʻlikni nima qilaylik

—biror joyga olib borib koʻming a keyin bu ishda meni qoʻlim borligini Nara aslo bilmasin

—hoʻp janob lekin....

—nima lekin

—nega Nara xonimni shunchaki qoʻyib yubordingiz xatto urishib ham qoʻyganingiz yoʻq

Yoongi chuqur xoʻrsinib qoʻydi

—sanoqli kunlarini yaxshi oʻtkazishini istayman agar bu boshqa vaziyat boʻlganida uni ham oʻsha yigit kabi oʻldirgan boʻlardim lekin Nara ... Uni qancha yashashini ham bilmayman kim bilsin balki shu kecha jon berar buni siz ham men ham bilmaymiz uni sevganim uchun barchasiga koʻz yumaman lekin Naraga qoʻl tekkazishga hech kimni haqqi yoʻq hatto kafaniga ham oʻz qoʻllarim bilan oʻrayman ....