Gunohkorlar tunda uhlamaydi
- hoy bunday rasmiy bo'lmasangchi?!!!
- qarorgohingdagi asiring haqida baʼzi bir gaplarni eshitganday boʻldim? Bularga nima deysan.
- jungkook dadangiz qarorgohga kelyabdi ekan. Taxminan 1 soatlarda shu yerda boʻladi.
Namjoon jungkookga yaqinroq kelib qulogʻiga pichirladi.
Jungkook ichida soʻkdi. Jihonning gapi uning asabini shu qadar buzdiki... Avvaliga qizlar bilan qilgan hurmatsizligi, keyin esa taehyung haqida aytgan gapi... Agar otasi kelmaganda aniq unga bir nima boʻlardi. Jungkook oʻzini bosish uchun chuqur nafas olib chiqardi. Oʻrnidan turib ketish uchun Jihonning yoniga bordi.
- keyingi safar koʻrishguncha amaki. Siz bilan boshqa safar albatta boshqacha gaplashib olaman.
Jungkook ohirgi gaplarni uning yuziga yaqinroq kelib gapirdi.
Jihoon ogʻzi ochilib qolib ketti.
Jungkook u yerdan chiqib tashqarida kutib turgan mashinaga chiqdi.
- Joon bu haqda qanday bilding?
Jungkook mashinaga chiqar ekan gapirdi.
- otangizning eng yaqin hizmatchisi bilan doim aloqadaman.
- nega kelyabdi ekan jin ursin.
"Jin ursin. Taehyungni yashirishim kerak. Otam bu haqda bilmaydi. Doim olgan asirlarimni oʻldirishimni butun Mafia aʼzolari biladi. Jin ursin. Otam bu haqda nima deydi."
Jungkook qarorgohga yetib borgancha shu haqda oʻylab ketdi. Mashinani tez haydashni aytganidan keyin ular erta kelishdi.
Jungkook tezroq mashinadan tushib qarorgohga yugurdi. Taehyung joylashgan qavatga chiqib xonani qidirdi.
Taehyung honada bekorchilikdan rasm chizib oʻtirardi.
- senga nima boʻldi? Nega yuzing havotirli?
Taehyung qoʻlidagi qalamlarni qoʻyib unga qaradi.
Jungkook nafasini rostlab xonadagi stolga oʻtirdi.
- dadam sen haqingda bilmaydi. Doim olgan asirlarimni oʻldirib yuborganman. Bu haqda bilsa aniq nimadir boʻladi.
Taehyung hayron qolib unga qaradi.
- menda hozircha bir fikr bor.
Jungkook umidli koʻzlari bilan unga qaradi.
- jazo honasiga ( punishment rooms )
- Biroz vaqt oʻsha yerda boʻlasan.
Jungkook oʻrnidan turib xonadan chiqdi. Tae esa uning ortidan ergashdi. Ular oʻsha qora eshik yonida toʻxtashdi. Bu xonaga hech kim kelmasdi. Chunki taqiqlangan edi. Jungkook eshik kalitini ochgach ikkalasi ham honaga kirishdi.
Taehyung shunchaki soʻzsiz qoldi. Chunki oʻsha ziyofatdagi tun haqida oʻylar ekan oʻzidan jirkandi va baʼzi uyalish hissini ham his qildi.
- shu yerda boʻlib tur. Keyinroq oʻzim kelaman.
Jungkook uning yelkasiga qoʻlini qoʻydi.
Tae indamadi. Jungkook esa xonadan chiqib ketdi.
Jungkook xonadan chiqqach oʻzining xonasiga borib kiyimlarini yangiladi. Keyin esa ofisga otasini kutib olish uchun chiqdi.
Tashqaridagi qoʻrqinchli yigitlar Jungkookning dadasiga salom berishdi. Katta yoshli erkak mafialarga hos uslubda kiyingan, oʻtkir insonni oʻziga qaratuvchi atir hidi va albatta qoʻriqchilar bilan qarorgohga keldi.
Qarorgoh ichiga kirishgach ofisga koʻtarilishdi. Kirishdan oldin oʻziga bir qarab oldi va oʻgʻlining yoniga kirdi.
Jungkook kelib otasini qattiq bagʻriga bosdi. Ikkisi uzoq vaqt koʻrishmaganligi sabab bir birini ancha sogʻinishgan edi. Janob Jungkookni asrab olgan boʻlsa ham uni yaxshi koʻrardi. Oʻzining farzandi yoʻq chunki narkotik qabul qilgani sababli farzandli boʻla olmasdi.
Jungkook unga oʻtirish uchun joyni koʻrsatdi.
Janob xizmatchi qoʻygan choydan hoʻplar ekan gapirdi.
- bizda hammasi yaxshi. Hamkorlar bilan shartnomalar ham joyida.
- siz tomonda qanday yangiliklar?
- biz tomonda ham doimgidek. Va yana senga bir muhim gapni aytish uchun kelgan edim.
Jungkook biroz havotirga tushdi. Agar bu gap u oʻylagandek chiqsa u tamom boʻladi.
- bilasan men va minxo qalin doʻstlarmiz?!..
Jungkook hotirjam blin yelkasidan togʻ agʻdarilgandek boʻldi.
- albatta men Minxo amakimni yoshligimdan beri yaxshi taniyman
- xa bu yaxshi. Shunday qilib Minxo biz bilan katta shartnoma imzolamoqchi. U Amerikadan sifatli va qimmat dorilar olib keladi. Agar biz shartnomani maqullasak bizga katta foyda keladi.
- menga qolsa hoziroq shartnomani imzolagan boʻlardim. Lekin yana bir ish bor.
PovJk: " Jin ursin men aniq bilaman bu lekinning ortida uning axmoq va erka qizi bor. Bekordan million soʻmlik shartnoma taklif qilishmaydi "
- uning qizi seni yaxshi korib qolgan.
- ota bu shartnoma kerak emas.
- nega endi sen unga uylanasan. Boʻlmasam qachongacha yolgʻiz yashamoqchisan?
Jungkook hotirjam edi. Chunki unda allaqachon shunday odam.bor edi.
- Yoshing 27 da. Uylanish vaqti keldi deb oʻylamaysanmi?
Janob Woo Jkni asrab olgan boʻlsa ham oʻz oʻgʻlidek koʻrardi. Albatta jk ham. U shuncha qilgan yaxshiliklari uchun hech boʻlmaganda uning iltimosini bajarishi kerak edi.
- lekin ota men uni yaxshi koʻrmayman.
- keyinchalik til topishib ketasizlar.
- lekin men va u qiz bilan aniq unday boʻlmaydi.
- boshimni qotirishni bas qil. Men keyingi hafta seshanba kuniga uchrashuv belgilaganman. Oʻsha kuni ikki oila uchrashishadi.
Jungkook soʻzni choʻzib huddi erkalanganday qilib aytdi.
- mendek qari otangni aytganini qilmaysanmi? Hech boʻlmasam bir marotaba.
- ota axir men bunday demadim.
- mayli faqat mening ham bir shartim bor.
- men u qiz bilan uchrashaman. Agar u menga yoqmasa..
- men baribir bilganimni qilaman.
- ota deyarli 4 oy deganda endi keldingiz shunda ham men bilan janjal qilishni oʻylaysiz🤨
- unday emas kettik meni qarorgohni sayr qildir. Bu yerni ancha sogʻindim.
Jeon Woo Jungkookni birinchi bor koʻchada koʻrib qolgan vaqti uning koʻzidagi shijoat va yonib turgan olov uni oʻziga tortgan edi. U vaqti Woo janob unchalik ham qari emas edi. Shu sabab shaharning ichkari va tor koʻchalarida politsiyadan qochayotgan edi. Qorongʻu koʻchalardan oʻtar ekan bir uyning devori tagida tizzasi bilan koʻzini berkitgancha qoʻllariga yashiringan bolakay yigʻlab oʻtirardi. Kecha juda qorongʻu va suv quygandek tinch edi. Bu hattoki katta odamni ham qoʻrqitardi. Jeon Woo politsiya ortidan kelmayotganiga amin boʻlgach bolaning oldiga sekin qadam tashladi.
- senga nima boʻldi? Onang qayerda?
Jungkook baribir koʻzini ochmadi.
U jungkookni koʻzini ochish uchun qoʻlini uzatdi. Ammo shu zahoti kichkina bolakay uning qoʻliga urdi.
Jungkook koʻzini ochib unga qaradi va fuck you koʻrsatdi.
Woo uning bu harakatidan oʻziga kela olmadi. Bu holat ham kulguli ham uyatli edi.
Jungkook unga shu qadar oʻqrayib qarab turdiki agar Woo ning oʻrnida biror hayvon boʻlsa bu qarashga chidolmasdan dumini tukkan boʻlardi.
Jungkook qatʼiy oʻziga ishonib gapirdi.
- voy nomard men senga yordam bermoqchi edim.
- menga yordamingiz kerak emas. Oʻzim eplayman.
- yo xudoyim buncha qaysar boʻlmasa.
Woo yuzinidan qoʻlini yurgazib osmonga qaradi.
- hozirgi bolalarga nima boʻlgan. Bu qanday odobsizlik boʻldi.
- yo xudoyim men bunga ortiq chidolmayman. Seni oʻz uyimga olib ketib tarbiyalamasammi.
Woo Jungkookni koʻtarib oʻng yelkasiga tashladi.
- qoʻyib yubor!!! Qoʻyib yuboring meni. Pastga tushiring.
- baribir seni hech kim eshitmaydi.
Bu koʻcha it topmas koʻchalardan biri boʻlgani sababli hech kim yashamas va eshitmas edi.
Woo uni koʻtargancha mashinasi yonigacha piyoda bordi. Bola nihoyat ovozi qolmagach tinchidi. Balki uhlab ham qolgandir.
Shunday qilib Jeon Woo Jungkookni oʻzi tarbiyaladi. Unga familiyasini berdi. Unga kerakli boʻlgan hamma narsani qildi. Toʻgʻri qattiqqoʻl edi ammo bu uchun hozir afsuslanmaydi. Chunki Jungkook haqiqiy mafia boʻlib katta boʻldi. Bu esa uning bittayu bitta orzusi edi. Oʻzidan keyin avlod qoldirish.
- oʻquvchilar tinchlik saqlang. Bu Park Jimin. Koreadan keldi. Yangi doʻstingiz. Tanishing.
Oʻqituvchi sinfdagilarga uni tanishtirdi.
- Jimin borib anavi yerdagi boʻsh joyga oʻtir.
Jimin yelkasidagi ryukzakni qoʻliga olib jingalak sochli bolaning yoniga borib oʻtirdi. Shundan soʻng dars boshlandi. Jimin sumkasidan oʻziga kerakli daftar va ruchkalarini oldi. Yonida oʻtirgan "jingalak" esa uning har qilgan ishini kuzatib turdi. Chunki uning tugatishini kutayotgan edi.
Jimin jiddiy ohangda gapirdi. Birinchi kunligi sababli oʻzini biroz gʻalati his qildi.
Jimin unga etibor bermaslikka harakat qilib ustozdan koʻz uzmasdi. Ingliz tilini yaxshi bilganligi sabab u bilan bemalol gaplashardi.
- mening ismimni soʻramaysanmi?
Jimin unga biroz koʻz qiri bilan qarab qoʻydi.
Jingalak soch ham undan koʻz uzib darsga eʼtibor qildi.
Ohiri bor yoki yoʻqligi bilinmas bu darslar ogʻir oqibat 4ga yaqin tugadi.
Jimin kollejdan chiqqan zahoti otasi unga tayinlagan mashinaga chiqdi. Endi Jiminning har bir harakati nazorat ostida edi.
Jimin mashinaga chiqqach doim Taehyung bilan birga eshitadigan muziqasini qoʻydi. Mashina oynasiga boshini qoʻygancha Amerika koʻchalarini kuzatib ketdi.
- bir vaqtning oʻzida yoqimli ammo yoqimsiz.
Jimin unga taʼsir qilayotgan ikki kombinatsiya haqida normal fikrga kela olmadi.
- bu yer hali ham oʻzgarmagan doimgidek tinch ammo iflos.
Tashqaridan oddiy bir doʻkon kabi koʻringan bu qarorgoh juda nopok ishlar va insonlar bilan toʻlib toshgan.
- balki unchalik ham emasdir. Chunki bu yerda siz borsiz dada.
Jungkook dadasining ortidan sekin yurar ekan unga iltifot qildi.
- ha sen qaysi vaziyatda nima deyishni juda yaxshi bilasan.
- sizning oʻgʻlingiz boʻlganim sababli.
Ular qarorgohni sekin yurib birgalikda suhbatlar bilan aylanishdi.
Oshxonaga yetib kelishgach allaqachon ovqat vaqti boʻlgan edi. Ular ochligi sabab shu yerda toʻxtashdi. Doimgidek butun oila kechki ovqat uchun kelishardi. Avvaliga Namjoon xonaga kirib keldi. Jeon Woo ularni doim yaxshi koʻrardi.
Suga xonaga Wooni koʻrib hursandchilik bilan kirib keldi.
- ihmmm mening mushukcham allaqachon shu yerda.
- hey men sizga necha marta qayta aytishim kerak men hech qanday mushukcha emasman
Suga uzun sochini tarab oshxona stoliga oʻtirdi.
- nega hammangiz mushukcha deysiz?!
Suga Woo bilan koʻrishar ekan nolidi. ( Huddi mushukcha kabi🤭 )
- mendan boshqa yana kim seni bunday deb chaqirishi mumkin?!
Suga hech qanday reaksiya bilan ovqatlana boshladi.
Jin qoʻlida mevali salat bilan ularning yoniga kirdi. Chunki bu eng ohirgi taom edi. Jinga tayinlangan yordamchi ishchi esa boshqa hamma ishni qilgani sababli Jin ularning yoniga endi tashrif buyurgan edi.
Jeon Woo bagʻrini ochib uni quchogʻiga oldi.
- men seni ancha avval koʻrgan edim lekin sen hali ham birinchi koʻrishganimizdeksan🤭
Wooning gapiga hamma kulib yubordi.
- amakijon bilasiz men dunyodagi eng goʻzal yigitman.
- u hech qachon oʻzini maqtashdan charchamaydi.
Namjoon ovqatlanar ekan Jinga qarab gapirdi.
- sen meni doim koʻrolmagansan😏
- hey boʻldi qiling qachongacha bunaqa urushib yurasiz.
Suga ovozlarga chidolmasdan gapirdi.
Namjoon hech kim eshitilmas qilib gapirdi. Xonadagi baqir chaqirdan hech kim eshitmadi.
Namjoon qoʻlini artib yoniga qarar ekan unga shunday qiyofa bilan qarab turgan Jkni koʻrib qoʻrqib ketdi.
Rm yuziga ishora qilib u ham toshdek qotdi.
Jk yuzini toʻgʻirladi chunki haqiqatdan ham bu ikki emotsita qoʻshilishi biroz yoʻq balki undan koʻproq gʻalati edi. Va bir vaqtning oʻzida kulguli ham.
Jk uning qulogʻiga pichirlab qoʻydi.
- jungkook telefoningiz xonada qolib ketibdi.
Eshik tagida koʻk futbolkadagi yigit qoʻlida telefon bilan turardi. Ichkaridagi hamma hayron qoldi. Birinchi navbatda Jk.