Gunohkorlar tunda uhlamaydi.
Eshik tagida koʻk futbolkadagi yigit qoʻlida telefon bilan turardi. Ichkaridagi hamma hayron qoldi. Birinchi navbatda Jk.
- janob telefoningiz jiringlayabdi.
Boʻyi biroz pastroq burnidan qon oqayotgan va butun yuzi koʻkarishlar bilan toʻlgan inson jk tomon keldi. Qoʻllari qaltirab unga telefonni uzatdi.
Bola unga taʼzim qilib, xonadan oqsoqlanib chiqib ketti.
Ichkarida hamma soʻzsiz qoldi. Bu yana jkning asabiylashgan vaqti qilgan ishi edi.
Hamma suhbatlashib ovqatlanib boʻlishgach ketishdi.
- endi men uyga ketaman oʻgʻlim. Bu yerda bilasan qolomayman. Oʻzimning joyimdan boshqa joy boʻlsa uhlash ham qiyin.
Woo janob uchinchi qavatda sigaretini tutatar ekan qorongʻu osmonga tikildi.
- bilaman siz hech qachon qolmagansiz.
- shunday ekan boya gaplashgan barcha gaplarimiz esingda deb oʻylayman.
Jungkook yutindi lekin tomogʻidan juda qattiq oʻtdi. Goʻyoki biror nima toʻsqinlik qilayotgandek edi.
- yaxshi. Sen yaxshi bilasan jungkook doim shunday boʻlib qol.
Woo bu gaplarni taʼkidlab aytdi. Avval gaplariga ishora qilgandek hisobda.
U sigaretidan bir tortar ekan gapirdi.
Jungkook telefonni olib qoʻngʻiroqlar varagʻidan oʻziga kerakli raqamni qidirdi.
- hyonsok yigitlar bilan chiq.
Jungkook telefonni oʻchirdi va dadasi bilan hayrlashish uchun oʻrnidan turdi.
Wooning yigitlari kelgach u uyiga ketdi.
Jungkook dadasini mashina orqasidan kuzatgach qattiq uhh tortdi. Ichkariga qaytib kirgach yelkasidan togʻ agʻdarilgandek boʻldi.
- yuzing horgʻin koʻrinadi jungkook. Biror nima istaysanmi?
Jin ichkarini yigʻishtirar ekan kelayotgan jungkookga gapirdi.
Jungkook oyogʻini sudragancha oshxona stoliga oʻtirdi.
Stolga qoʻllarini choʻzin osmonga qarab oʻylab qoldi.
Yaxshiyam otam tezda ketdi. Jim ursin. Men qilgan buyurtmamni tezroq olib kelishsa yaxshi boʻlardi.
- bu yerda kimdir oʻlganga oʻxshaydi.
Namjoon ham oshxonaga kirgach gapirdi.
- mana sizning buyutmangiz janob jungkook.
Jungkook koʻzlarini ochib gapirdi.
- ana stolning ustiga qoʻydim.
Jungkook hursandligidan sovgʻani tezda qoʻlga oldi. Tashqarisidan ushlab har bir joyini tekshirar ekan yuziga quvonch biroz boʻlsada yugurdi.
- ularni eson omon olib kelgan boʻlsang boʻlgani.
Namjoon Jinning yoniga borar ekan jungkookga koʻz qisib qoʻydi.
Jungkook jin tayyorlab bergan qahfani olib oshxonadan chiqib ketti. Qoʻlidagi narsaga qayta qayta qarar ekan sevinchi ichiga sigʻmasdi. Bu sovgʻa taehyung uchun edi. Uning qanday hursand boʻlishini oʻylab shoshardi. U yoʻl boʻyi qahfasini ichib tugatdi. Qoʻli tekkan qayergadir boʻshagan idishni qoʻydi va Taehyungni tashlab ketgan xona yonida turar ekan bir muddat oʻylab qoldi. Keyin esa eshikni ochdiyu tabassum va baqiriq bilan ichkariga kirdi.
Jungkook bor ovozi bilan baqirganini xonadan kelgan aks sado orqali his qildi. Qora va qizil ranglardan iborat qoʻrqinchli xonada mittigina Taehyungning uhlab yotishi yagona ezgulik va mayinlik timsoli edi. Jungkook joyida qotdi chunki u bunday goʻzal manzaraga ikkinchi bor qarama qarshi kelishi edi. Huddi avtobusdagi kabi Jungkookni oʻzi bilmaydigan hislar qamrab oldi. Jungkook yurib qoʻlidagini kravat ustiga qoʻydi, oʻzi esa sekin qadam bilan taehyung uhlab yotgan joyga yaqinlashdi. Ovoz chiqarmaslik uchun bor kuchini sarflab yerga oyoqlarini chalishtirib oʻtirdi. Bu joy taehyungning qarshisi edi. Chunki u devorga qarab uhlab yotardi. Jungkook doim ichida unga qaraganida tushunib boʻlmas nimanidir his qilardi. Bu narsa juda tushunarsiz edi.
Taehyung ochlikdan oqargan terisi, qurigan lablari va jigar sochlari xonaning chirogʻi ostida rangsiz koʻrinardi.
Jungkook ichida boʻron boshlandi. Doim ichida unga tegmaslik va Taehyung uchun azobli boʻlgan tunni yana qaytarmaslik uchun kurashardi. Chunki u koʻpincha rashk va gʻazabini jilovlay olmasdi. Bu uning uchun eng qiyin ish boʻlib kelgan edi.
Jungkook 10 daqiqa qimirlamasdan unga qarab oʻtirdi. Hech qanday hayol va oʻylarsiz. Hissiz tarzda.
"p/s avtor:
Bilasizmi azizim insonning nigohi shu qadar kuchliki u hattoki boshqa bir insonning tushlariga ham taʼsir qilishi mumkin. Huddiki sizda boʻlgan holat yaʼni tush koʻrayotgan vaqtingiz yigʻlaysiz va uygʻongan vaqtingiz yanoqlaringiz yoshlanganini sezasiz. Bu ham shu kabi real hayot bilan bogʻliq"
Taehyung nimadandir seskanib uygʻonib ketti. Hech nimani anglamasdan koʻzlarini uyoq buyoqqa yugurtirdi. Qarshisida unga hali hamon qarab oʻtirgan Jungkookni koʻrib biroz hayron qoldi.
Taehyung koʻzlarini yumib yubormaslik uchun kattaroq qilib ochdi.
Jungkook uning dovdiragan ifodasidan kichik jilmayib qoʻydi.
- hozir tun Tae hali bugungi kun tugamadi.
Taehyung endi uygʻongani sabab nimadir gapirish uchun tili biroz kelishmadi shu sababli gapirishdan bosh tortdi.
- bu yerda yoʻqligimda nima qilding?
Jungkook undan koʻzini uzmasdan gapida davom etdi.
- men shunchaki kimnidir kutdim. Xonani deyarli yodlab oldim chunki men bu yerda kuni bilan yolgʻiz qolib ketdim...
Taehyung labini burishtirib jungkookga ensasini qotirdi.
- bilaman mendan qandaydir tarzda bugungi kun uchun ranjigansan?
Jungkook oʻrnidan turib avval qoʻygan joyidan narsani oldi. Jentelmenlar kabi yurib taehyungning tepasiga keldi.
- bularni senga berishni hohladim.
Jungkook huddi turmush qurish uchun kimningdir qoʻlini soʻrab uzuk ochgandek karobkani ochdi.
Taehyung ichidagi xilma xillikni koʻrib uyqusiragan yuziga qayoqdandir quyosh tashrif buyurdi.
Taehyung yorqin koʻzlari bilan qarab turardi.
- menga turmushga chiqishga rozimisan Kim Taehyung🙂↔️
Jungkook yuzida norozi ammo toʻlaqonli ifoda bilan unga qaradi.
Sovgʻa ochilgan vaqti ichida koʻplab shirinliklar, oʻrtada qulupnay va muzqaymoq bor edi. Hammasi ajoyib qilib taxlangan va ranglarga boy edi.
Taehyung oʻrnidan sakrab turib jungkookni qattiq quchoqladi. Boʻyi biroz pastligi sabab unga biroz yetolmaganini hisobga olmaganda bu juda yoqimli edi.
Jungkook uning bunday hursand boʻlib ketganini koʻrib avval ham shunday qilmaganidan afsuslandi. Lekin hali imkoni bor edi. U ham uni qattiq bagʻriga bosdi. Ikkisi bir muddat shunday qoldi keyin esa taehyung Jungkookning katta quchogʻidan sirgʻalib sovgʻani qoʻliga oldi.
Taehyung birinchi navbatda qulupnay yeyishini kutib turgan jungkook haqiqatdan ham shunday boʻlgach kuldi.
Taehyung mittigina tabassum qildi. Tezda qoʻliga eng chiroyli qulupnaydam birini olib Jungkookga uzatdi
- yoʻq menga shirinliklar uncha yoqmaydi.
Taehyung yana olishi uchun ishora qildi.
Taehyung unga yaqinroq kelib qulupnayni uning yuziga yaqinlashtirdi.
Jungkook unga bir qarab ogʻzini ochdi.
Taehyung qulupnayni uning ogʻziga joylab qoʻygach qayta ishini davom ettirdi.
Taehyung borgan sari yeyishga berilib ketti. Hattoki Jungkookning allaqachon oʻrnidan turib uning yoniga oʻtirganini sezmadi ham. Va jk hali ham unga qarab toʻymasdi.
Taehyung koʻzlarini ola kula qildi
Jungkook qoʻlini uning yuziga yaqinlashtirib labining chetidagi bir oz belgini artib tashladi.
Taehyung shunchaki bu psixologik tegishdan joyida toshdek qotdi. Koʻzlari jk bilan kontakni buzmasdan turardi. Hayajondan olovrangda yonayotgan irislar Jkni magnit kabi oʻziga chorlardi. Jungkook oʻzi bilmagan xolatda unga yaqinroq keldi. Qoʻlini avvaliga uning boʻynidan keyin esa sochlari orasidan oʻtkazdi. Taehyung nima qilishini bilmasdi. Yarim tun va hozirgi xona... Bularning bari biroz gʻalati emasmi? Nima dedingiz?
Suga Seulning shovqin koʻchalaridan oʻtar ekan qoʻllari asabdan bukilgan edi.
U oʻziga oʻziga shu savolni qayta qayta berardi.
- Parklar oilasi yaqinda Amerikaga uchib ketishdi. Menimcha hali qaytishmaydi.
Qandaydir hujjatlarni titkilar ekan bir ayol eʼtiborsiz Sugaga gapirdi.
- menga nega va qayeriga ketganini batafsil aytib bering.
Suga olov boʻlib yonar ekan gapirdi.
- kechirasiz biz bunday shaxsiy mal.....
Ohir oqibat sabri tugagan Suga stol ustiga zarb bilan musht urdi.
- hammanga tupurdim menga tezda bu haqda maʼlumot toʻplaysan yoki mana shu yerdan sening oʻligingni oʻz qoʻlim bilan olib chiqaman.
Ayol qoʻrqib ketganidan qoʻllari qaltirab kompyuter klaviaturalari tugmalarini tezroq bosishga harakat qildi. Ichidan muzdek terlar ekan Suganing yuziga qaytib qarashga botina olmadi.
Hammasini tugatgach kerakli maʼlumotlarni qogʻoz qilib chiqarar ekan tugatgach egilib uni Sugaga uzatdi.
Suga qiyofasida hech qanday oʻzgarish yoʻq edi.
- agar hozirgi narsalar haqida kimdir biladigan boʻlsa men senga aytgan gaplarim roʻy beradi. Shuni esingdan chiqarma.